|
45-son 5–to’plam iyun 2023 Sahifa: 75 Boshlang'ich ta’limda matematika fanlari o'qitilish usullariBog'liq 75-79www.pedagoglar.uz
45-son 5–to’plam iyun 2023
Sahifa: 76
qo‘shiluvchi hosil bo‘ladi.) Komponentlaridan birining o‘zgarishi bilan arifmetik
amallar natijalarining o‘zgarishi kuzatiladi. Algebra elementlarini kiritish, chuqur,
tushunilgan va umumlashgan o‘zlashtirish maqsadlariga javob beradi: tenglik,
tengsizlik, tenglama, o‘zgaruvchi tushunchalari konkret asosda ochib beriladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilariga matematikani muvaffiqiyat bilan o'qitish uchun
mehnat faoliyatini boshlovchi o'qituvchi matematika o'qitishning ishlab chiqilgan
tizimini, ya'ni boshlang'ich sinflarda matematika o'qitish metodikasini egallagan
bo'lishi va shu asosda mustaqil ravishda ijodiy ishga kirishishi kerak. «Metodika»
grekcha so'z bo'lib, «metod» degani yo'l demakdir. Matematika metodikasi
pedagogika fanlari tizimsiga kiruvchi pedagogika fanining tarmog'i bo'lib, jamiyat
tomonidan qo'yilgan o'qitish maqsadlariga muvofiq matematika qonuniyatlarini
matematika rivojining ma'lum bosqichida tadqiq qiladi. Matematika boshlang'ich
ta'lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat: Matematika o‘qitishdan koʻ
zda tutilgan maqsadlarni asoslash. (nima uchun o'qitiladi). Matematika o'qitish
mazmunini ilmiy ishlab chiqish (ya'ni matematikadan qaysi material boshlangich
sinflarda o'rganilishi, nima uchun aynan shu material tanlanishi, boshlangich sinflarda
kursning har qaysi ayrim masalasi umumlashtirishning qanday darajasida o'rganilishi,
mavzular qanday tartibda o'rganilsa, eng ratsional bo'lishi ko'rsatiladi). O‘quvchilar
matematika darsida olgan bilimlarini kundalik hayotda uchraydigan elementar
masalalarni yechishga tatbiq qila olishga o‘rgatish, o‘quvchilarda arifmetik amallar
bajarish malakalarini shakllantirish va ularni mustahkamlash uchun maxsus tuzilgan
amaliy masalalarni hal qilishga o‘rgatish, matematika o‘qitishda texnik vosita va
ko‘rgazmali qurollardan foydalanish malakalarini shakllantirish. Bunda asosiy e’tibor
o‘quvchilarning jadvallar va hisoblash vositalaridan foydalana olish malakalarini
tarkib toptirishga qaratilgan. O‘quvchilarni mustaqil ravishda matematik bilimlarni
egallashga o‘rgatish. O‘quvchilar imkoni boricha mustaqil ravishda qonuniyat
munosabatlarini ochishlari, kuchlari etadigan darajada umumlashtirishlar qilishlari,
|
| |