|
45-son 5–to’plam iyun 2023 Sahifa: 75 Boshlang'ich ta’limda matematika fanlari o'qitilish usullariBog'liq 75-79www.pedagoglar.uz
45-son 5–to’plam iyun 2023
Sahifa: 77
shuningdek, og‘zaki va yozma xulosalar qilishga o‘rganishlari kerak. O‘qitish
samaradorligining zaruriy va muhim sharti o‘quvchilarning o‘rganilayotgan
materialni o‘zlashtirishlari ustidan nazoratdir. Didaktikada uni amalga oshirishning
turli shakllari ishlab chiqilgan. Bu o‘quvchilardan og‘zaki so‘rash; nazorat ishlari va
mustaqil ishlar; uy vazifalarini tekshirish, testlar, texnik vositalar yordamida sinash
kabi usullardir. Didaktikada dars turiga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga va h.k.
bog‘liq ravishda nazoratning u yoki bu shaklidan foydalanishning maqsadga
muvofiqligi masalalari, shuningdek, nazoratni amalga oshirish metodikasi yetarlicha
chuqur ishlab chiqilgan. Boshlang‘ich maktabda matematika o‘qitish metodikasida
mustaqil va nazorat ishlari, o‘quvchilardan individual yozma so‘rov o‘tkazishning
samarali vositalari yaratilgan. Ba’zi didaktik materiallar dasturning chegaralangan
doiradagi masalalarining o‘zlashtirilishinireyting tizimida nazorat qilish uchun,
boshqalari boshlang‘ich maktab matematika kursining barcha asosiy mavzularini
nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ayrim didaktik materiallarda (ayniqsa, kam
komplektli maktab uchun mo‘ljallangan) o‘qitish xarakteridagi materiallar,
boshqalarida esa nazoratni amalga oshirish uchun materiallar ko‘proqdir.
Boshlang‘ich maktab matematikasida barcha didaktik materiallar uchun umumiy
topshiriqlarning murakkabligi bo‘yicha tabaqalashtirilishidir. Bu materiallar
tuzuvchilarning g‘oyasiga ko‘ra ma’lum mavzu bo‘yicha topshiriqning biror usulini
bajarishi o‘quvchining bu mavzuni faqat o‘zlashtirganligi haqidagina emas, balki uni
to‘la aniqlangan darajada o‘zlashtirganligi haqida ham guvohlik beradi. Matematika
o‘qitish metodikasida “o‘quv materialini o‘zlashtirilish darajasi” tushunchasining
mazmuni to‘la ochib berilmagan.O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda didaktik
materialning u yoki bu topshirig‘i qaysi darajaga mos kelishini aniqlashga imkon
beradigan mezonlar aniq emas. Amaliyotda o‘qituvchilar ko‘pincha biror
topshiriqning usullarini biri boshqalaridan soddaroq yoki murakkabroq deb aytadilar.
Bundan tashqari, didaktik materiallar qanchalik san’atkorona tuzilgan bo‘lmasin,
|
| |