• 5.3. Tokarlik-gardanlash stanoklari
  • 5 – mavzu: Aylanuvchi jism turidagi detallarga ishlov berish stanoklari (Lathes) Tokarlik stanoklari




    Download 257.8 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/4
    Sana19.09.2023
    Hajmi257.8 Kb.
    #82741
    1   2   3   4
    Bog'liq
    5 Lecture
    Xosmas integral Aniq integral taqribiy hisoblash 2022 12 10 , so`rovnoma usti, bayonnoma seminar, 1- lobga material, 1403345369 44898, 1111111111, намунавий усимликшунослик2019, QL tarmoq xavfsizligi, uyushiq gaplar, Falsafa 2 (1), 29-amaliy ish-1, BahodirXXX, Документ Microsoft Word (2), Toshkent chirchiq davlat pedagogika universiteti
    Stanoklarni sozlash—texnologik uskuna (stanok) va jihozlar (moslamalar)ni 
    malum texnologik operatsiyani bajarish uchun tay-yorlashdir. Buning uchun kinematik 
    zanjirlar sozlanadi—stanokning tezliklar qutisi, surish qutisi va boshqa organlarini 


    boshqarish dastaklari zarur holatlarga keltirib o'rnatiladi, almashinuvchi tishli 
    g’ildiraklar, shuningdek kopirlar, cheklagichlar va shunga o'xshashlar tanlab olinadi va 
    o'rnatiladi. 
    O'rganiiayotgan stanok yuqorida keltirilganlardan tashqari konussimon yuzalarga 
    ishlov berish va ko'p kirimli rezbalarni kesish uchun sozlanadi. 
    Konussimon yuzalarga ishlov berishninig quyidagi usullari mavjud: 
    a) orqa babka kоrpusini ko'ndalang yo'nalishda h masofaga surish orqali; bu usul 
    katta uzunlikdagi va konus uchidagi yarim burchak a < 8° bo'lgan konussimon detallarga 
    ishlov berishda qo'llaniladi; b) keskich salazkalarini burish orqali; bu usul katta 
    burchakli kalta konussimon detallarga ishlov berishda qo'llaniladi; 
    d) konus lineykasi yordamida ishlov berish universal va eng qulay usul hisoblanadi. 
    Tokarlik stanoklarini har xil operatsiyalarga sozlashda normallash-gan moslamalar 
    (3 va 4 kulachokli, pnevmoyuritmali, povodokli patronlar, planshaybalar, lyunetlar, 
    markazlar, opravkalar)dan foydala-niladi. 
    5.3. Tokarlik-gardanlash stanoklari 
    Bunday stanoklar shakldor kesuvchi asboblar tishlarining orqa yuzalariga egri 
    chiziq (Arximed spirali) bo'yicha shakl berishda qo'llaniladi. Kesuvchi tishlar orqa 
    yuzasining bunday profilga ega bo'lishi, orqa burchakning va kesuvchi qirra shaklining 
    old yuza bo'yicha qayta charxlashlarda o'zgarmas bo'lishini ta'minlaydi. Bunday ishlov 
    berish shakldor (fason), modulli chervyak, modulli disk, taroqsimon, shlitsli frezalar, 
    shuningdek to'g’ri va vintsimon tishli metchiklar uchun zarur bo'ladi. 
    Arximed spirali ishlov o'tadigan (3.1-rasm) freza (1) ning tekis aylanma harakati 
    va keskich (2) ning freza o'qiga perpendikularyo’nalishda tekis surilishi (ko’ndalang 
    surish sk) natijasida hosil bo’ladi. Surish harakati maxsus kulachok (5) yordamida 
    amalga oshiriladi, uning ishchi qismi BA Arximed spirali shaklida yasalgan. 
    Kertilayotgan freza bir tishga burilish vaqtida kulachok to'la bir marta aylanadi. Rolik 
    (4) kulachokning BA qismi bo’yicha dumalab harakatlanganida support (5) ning keskich 
    (2) bilan birga ishchi harakati sodir bo’ladi - qirindi kesiladi. Rolik kulachokning to’g’ri 
    chiziqli AB qismiga to’g’ri kelganida prujina (6) ta'sirida support tezda frezadan qochadi 
    (salt yurish). Kertuvchi asbob sifatida shakldor keskich yoki jilvirlash doirasi olinib, 
    ularning shakldor profili kertilayotgan tishlar profiliga mos qilib charxlangan bo'ladi. 
    Zagotovka har bir to'la aylanishdan so'ng keskichga ko'ndalang surish (qiymati) 
    uzatiladi. 
    I-freza; 
    2-keskich; 
    3-kuIachok; 
    4-rolik; 
    5-support; 


    3.1-rasm. Freza orqa yuzasini gardanlash sxemasi. 
    Tokarlik - gardanlash (tоkarnо-zato’lоvоchno’y) stanoklarining tashqi ko'rinishi 
    tokarlik-vintqirqar stanoklarga o'xshash bo'lsa-da, ularda o'ziga xos maxsus 
    konstruksiyaga ega bo'lgan support mavjud. Bu support gardanlash operatsiyasi uchun 
    zarur bo'lgan harakatlar-ni amalga oshiradi. 
    1B811 modelli universal tokarlik-gardanlash stanogida bir va ko'p kirimli modulli 
    chervyak frezalari, shuningdek taroqsimon, modulli disk va fason frezalar hamda tishlari 
    to'g’ri, qiya yoki yon qismida joylashgan asboblar kertiladi. Bu stanokda bundan 
    tashqari barcha tokarlik ishlarini bajarish mumkin. 

    Download 257.8 Kb.
    1   2   3   4




    Download 257.8 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5 – mavzu: Aylanuvchi jism turidagi detallarga ishlov berish stanoklari (Lathes) Tokarlik stanoklari

    Download 257.8 Kb.
    Pdf ko'rish