|
5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi
|
bet | 5/9 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #271524 |
Bog'liq 5-Amaliy mashg\'ulot5.5-rasm.Karbyuratorning
tuzilmalari:
A-aralashmani kompensatsiyalash tuzilmasi;
B-salt ishlash tuzilmasi;
V-tezlatgich tuzilmasi;
D-yurgizib yuborish tuzilmasi.
|
Salt ishlash tuzilmasi. Salt ishlash tuzilmasi dvigatel yuklanishsiz va tirsakli val kichik aylanishlar sonida ishlaganda yonuvchi aralashma tayyorlab berishga mo’ljallangan. Bu maromda dvigatel silindrlarda ko’p miqdorda ishlatilgan gaz qoladi, ish aralashmasining yonish tezligi sekinlashadi, shu sababli dvigatel ishlashishi uchun quyuq yonuvchi aralashma zarur.
Tezlatish nasosi. Avtomobil qiyalikka ko’tarilishi yoki oldida ketayotgan avtomobilni quvib o’tishda dvigatel tirsakli valining aylanishlar sonini yoki yuklanishni tezlik bilan oshirishga to’g’ri keladi. Bu holda yonuvchi aralashma suyuqlashib, natijada dvigatel o’chib qolishi mumkin. Tezlatish nasos drossel zaslonka tez ochilganda yonuvchi aralashmaning ortiqcha suyuqlashmasligi uchun qo’shimcha miqdorda yonilg’i berish yo’li bilan qisqa vaqtda aralashmani quyuqlashtirish vazifasini bajaradi.
Tirsakli valning aylanishlar chastotasini xavo bilan rostlash.
Yuk avtomobillarida dvigatelning eng katta quvvati yoki tirsakli valning aylanishlar chastotasining maxsus havoli cheklagich yordamida rostlanadi, ya’ni cheklanadi. Dvigatelning aylanishlar chastotasining cheklash maqsadida karbyuratorga havoli yuritmaga ega bo’lgan cheklagich moslamasi o’rnatilgan (7.7-chizma)
Bu turdagi cheklagich markazdan qochirma datchik va diafragmali mexanizmdan tuzilgan. Markazdan qochma datchik taqsimlanish shesternyasining qopqog’iga maxkamlangan. Datchik rotori 8 dvigatelning taqsimlanish validan harakat qiladi. Buning uchun taqsimlash valining oldi qismiga yuritma valigi maxkamlangan bo’lib, uning uchi rotor valigining uyig’i 9 kirib turadi. Diafragmali mexanizm karbyuratorning drossel zaslonkalari 16 ga ta’sir qiladi. Mexanizm karbyuratorga maxkamlangan. Datchik naylar 5 va 6 vositasida diafragmali mexanizmga va karbyuratorning kirish nayi 4 ga biriktirilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi
|