|
5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi
|
bet | 8/9 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #271524 |
Bog'liq 5-Amaliy mashg\'ulot5.8-rasm. Elektromagnit forsunka
1-to’zitgich; 2-klapan; 4-prujina; 5-elektromagnit; 6-filtr; 7-elektr kontakt.
Yonilg’i forsunka korpusiga filtr (6) orqali shlang vositasida yuboriladi. Forsunka korpusining ichiga bir uchiga to’zitkichi (1) bo’lgan klapan (2) hamda tez ta’sir etuvchi elektromagnit (5) joylashtirilgan bo’lib, elektromagnit cho’lg’amlarining uchi korpusdan izolyatsiya (himoya) qilingan kontaktlar (7) orqali tashqariga chiqarilgan. Elektromagnit to’ksizlangan paytida, klapan, prujina (4), ta’sirida o’rniga bosib turiladi. Forsunka kontaktlariga boshqaruvchi elektr impulьsi yuborilganda klapan taxminan 0,1 mm ga ochiladi. Bir komplekt forsunkalarda yonilg’ini tsiklik (davriy) uzatishdagi farq, kam uzatishda 4 % ko’p uzatishda 1.5 % gacha bo’lishi mumkin halos.
Bu esa aralashma tarkibini tsilindrlar bo’yicha, karbyuratsiyalash, yoki markaziy purkashga qaraganda bir xilligini sezilarli ravishda yaxshilashni ta’minlaydi.
Benzin nasosi (5.9-rasm) elektr yuritmaga ega bo’lib, uni dvigatelni yurgazish paytida stater tirsakli valni aylantirishidan oldin (o’t oldirish qulfidagi kalitni burab) ulash mumkin. Buning natijasida, dvigatel hali ishga tushmasdan turib haydash magistralida yonilg’ini purkash uchun kerakli bo’lgan bosim hosil qilishga erishiladi. Ba’zan elektromotorni yaxshilab sovitish uchun, elektr nasosi germetik holda ishlanib, bakdagi yonilg’i ichiga tushirib qo’yiladi.
5.10-rasm. Nasosning ishlash tsikli (davri).
a-benzinni so’rish; b-haydash; 1-benzinning kirishi; 2-nasos rotori;
3-roliklar; 4-roliklarning tayanch yuzasi; 5-benzinning chiqishi.
Nasos rotori (2) (5.10-rasm a) korpusiga (4) nisbatan ekstsentrik joylashgan va elektromotor yakori bilan birgalikda aylanadi. Roliklar statorning tayanch yuzasiga bosilgan holda rotorning ariqchalarida harakatlanadi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
5-Amaliy mashg’ulot Mavzu: Karbyuratorli dvigatelning ta’minlash tizimining vazifasi, sxemasi, umumiy tuzilishi va ishlashi
|