|
Yonilg’i aralashmasining tarkibi va uning xususiyatlari
|
bet | 3/9 | Sana | 18.09.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #271524 |
Bog'liq 5-Amaliy mashg\'ulotYonilg’i aralashmasining tarkibi va uning xususiyatlari. Benzin dvigatel silindrlarda yonish jarayoni vaqtida to’la yonishi uchun uni havo bilan yaxshi va bir tekis aralashtirish lozim. Bu jarayon tirsakli 2500-4000 ayl/min aylanishida sodir bo’ladi va har bir takt taxminan 0.01s davom etadi.
Dvigatelning ish maromi (rejimi)ga muvoffiq yonuvchi aralashmaga qo’yilgan talablar.
Ichki yonuv dvigateli ish sharoitiga qarab 5 xil maromda ishlaydi:
Sovuq dvigatelni yurgizish, dvigatelni salt yurgizish, o’rta yuklanish, eng yuqori yuklanish va tezlanish maromlari.
Sovuq dvigatelning yurgizish uchun quyuq aralashma zarur, chunki bu holatda tirsakli valning aylanishlar soni kichik bo’lganligi sababli havo oqimining tezligi kichik bo’ladi, aralashmaning alangalanishi uchun aralashmadagag’i yonilg’i bug’lari yetarli bo’ladi.
Dvigatel yuklanishsiz va tirsakli val sekin aylanib, salt ishlaganda, silindrlarga kirishayotgan aralashmaning miqdori juda kam, sifati past bo’ladi. SHuning uchun bu maromga quyuqlashgan yonuvchi aralashma kerak bo’ladi.
Dvigatel o’rtacha yuklanish Bilan ishlaganda undan to’la quvvat talab etilmaydi, shu sababli suyuqlashgan aralashma ishlatiladi, bu esa aralashmaning to’la yonishini ta’minlaydi va yonilg’i sarfini tejaydi.
Eng kata yuklanishlar uchun quyuqlashgan aralashma kerak, chunki bu maromda dvigateldan to’la quvvat talab etiladi.
Tezlanish maromida tirsakli valning aylanishlar soni tezda ortishi kerak, buning uchun aralashmani qisqa muddatda quyuqlantiriladi, aks holda dvigatel o’chib qoladi. Bu ishlarning hammasini karbyurator bajaradi.
4. Oddiy karbyuratorni ishlash usuli.
Oddiy karbyurator va unda yonuvchi aralashmani tayyorlanishi.
Atomobillarda asosan havo oqimi yuqoridan pastga yo’nalgan karbyuratorlar ishlatiladi.
|
| |