• Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqlar.
  • Qisqacha nazariy ma’lumot
  • 5-laboratoriya ishi Mavzu: btda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish. Ishning maqsadi




    Download 0.9 Mb.
    bet1/3
    Sana27.03.2024
    Hajmi0.9 Mb.
    #178360
      1   2   3
    Bog'liq
    4-matematika, SO’ROVNOMA, 1682256259, Титульный на русском и узбекском, ЎҚУВЧИЛАРДА ЎҚИШГА НИСБАТАН ИЖОБИЙ МУНОСАБАТНИ НАМОЁН БЎЛИШНИНГ ДИНАМИК ХУСУСИЯТЛАРИ, PARKOVKA CHORSU, 1, 1, 2, ОБОРУДОВАНИЕ И ТЕХНОЛОГИИ Махмудов И, kiber etika 3-amaliy ish

    5-laboratoriya ishi
    Mavzu: BTda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish.
    Ishning maqsadi: Tajriba yo‘li bilan BTda yasalgan barqaror tok generatorini amplituda va amplituda - chastotaviy xarakteristikalarni o‘lchash, kuchaytirgich elementlari parametrlari uning xususiyatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishini o‘rganishdan iborat.



    1. Laboratoriya mashg’ulotini bajarish uchun topshiriqlar.



    1. 2 ta listga BTda yasalgan barqaror tok generatorini asosiy bosqichlarini yozish va rams,chizmalarini chizish va baholangandan keyin xemis tizimiga joylash.

    2. Laboratoriya prinsipal va ishchi sxemasini o‘qish va tushuntirib berish.

    3. Laboratoriya ishini sxema yordamida stentda yig‘ish va ishlatib ko‘rsatish.

    1. Qisqacha nazariy ma’lumot:

    Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tish va uchta
    elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi.
    Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron va
    kovaklarning harakatiga asoslangan.
    Bipolyar tranzistor p-n-p va n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta yarim
    o‘tkazgichdan tashkil topgan (22 a va b-rasm). Endilikda keng tarqalgan n-p-n
    tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.
    Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n+ - soha) emitter deb ataladi
    va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (p - soha) injeksiyalaydi.
    Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan
    kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraksiyalash
    uchun xizmat qiladi. Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish emitter o‘tish,
    kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa -kollektor o‘tish deb ataladi
    Zatvori teskari siljitilgan p-n o‘tish bilan boshqariladigan unipolyar tranzistor stok-zatvor xarakteristikalari va stok xarakteristikalari oilalari 5.1-rasmda keltirilgan.
    O‘rganilayotgan p-kanalli KP103I turdagi tranzistorning ish rejimi UZI>0 mos keladi.

    5.1- rasm. p-n o‘tish bilan boshqariladigan unipolyar tranzistor
    stok-zatvor xarakteristikalari va stok xarakteristikalari oilalari
    Bunda zatvor toki nolga yaqin bo‘ladi (0,001 mkA ga yaqin, teskari ulangan p-n o‘tish toki).
    Odatda tranzistorning ishchi nuqtasi dinamik stok-zatvor xarakteristika to‘g‘ri chiziqli sohasining o‘rtasi yaqinida olinadi. Bunda bipolyar signallar uchun dinamik diapazonning maksimal qiymatiga erishiladi.
    5.2-rasmda kuchaytirgich bosqichining prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. SR1 va SR2 kondensatorlar kaskadlarni o‘zgarmas tok bo‘yicha ajratib turadi. R3 rezistor esa zatvor zanjirida zaryadlarning oqishini ta’minlaydi.
    Unipolyar tranzistorli sxemalar ishlashini tahlil qilishda tranzistorning kichik signal (differensial) parametrlari ishlatiladi; R1– ichki (differensial) qarshilik, S-stok-zatvor xarakteristikasining ishchi nuqtadagi tikligi. Yuqori chastotalarda tranzistorning elektrodlari orasidagi (SZI, SZS, SSI – nomlanishi mos ravishda kirish, uzatish va chiqish) sig‘imlari hisobiga olinishi kerak. O‘rta chastotalarda – sxemaning reaktiv komponentalari hisobga olinmasa, kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koefitsientini hisoblash uchun K0=S(RYU) formulani topish qiyin emas, bu erda RYU– Yuklama qarshiligi.

    5.2- rasm. Kuchaytirgich bosqichining prinsipial sxemasi.
    Yuqori chastotalarda Yuklamani shuntlovchi sig‘imlarni e’tiborga olmaslikni iloji yo‘q. SHuntlovchi sig‘imlarni berilgan kaskadning chiqish sig‘imi, keyingi kaskadning kirish sig‘imi (Yuklama sig‘imi) va montajning parazit sig‘imi tashkil etadi. Bu sig‘imlar o‘zaro parallel ulangan. Tranzistorning turi va RYU berilgan holda o‘tkazish oralig‘i kengligini faqat sig‘im qarshilik (RC) qiymatini kichiklashtirib kengaytirish mumkin. Lekin bu holda kuchaytirish koeffitsienti KU kamayadi.
    Past chastotalarda (PCH) ajratuvchi kondensator (SR) ning qarshiligi sezilarli bo‘ladi. Kuchaytirgichning o‘tkazish polasasini PCH tomoniga kengaytirish uchun SR va RYU qiymatlarini oshirish zarur.
    Kuchaytirgichning chastotasi bo‘yicha o‘tkazish oralig‘ini kengaytirishning va demak, kuchaytirilgan impul signallarining buzilishini kamaytirishning usullaridan biri kuchaytirgichga korrektorlovchi qo‘shimcha maxsus zanjir ulashdan iborat. Bunday zanjirli kuchaytirgich prinsipial sxemasi 5.3. a-rasmda keltirilgan. RF, SF zanjir kuchaytirgichning past chastotadagi xususiyatlarini, LK drossel esa – Yuqori chastotadagi xususiyatlarini yaxshilaydi. Ularning ta’siri korreksiyalanmagan kuchaytirgichda kuchaytirishni pasayishi kuzatiladigan ma’lum chastotatalr oralig‘ida tranzistorning chiqish (stok) zanjirida qarshilikni oshirishga asoslangan. Past chastotatalarda chiqish zanjirining ekvivalent sxemasini 4.3. b-rasmda keltirilgandak ko‘rsatish mumkin. Uni chizishda R1 va RF qiymati RS dan juda katta deb faraz qilingan (chastota bo‘yicha keng oraliqli kuchaytirgichlarda amaliyotda, ko‘p hollarda, shunday bo‘ladi). Ushbu ekvivalent sxemadan ko‘rinib turibdiki, agar Rf Sf va RYU SR ko‘paytmalar tengligi bajarilsa, chiqish kuchlanishi chastotaga bog‘liq bo‘lmaydi.
    LK drossel (tranzistorning stok zanjirida Yuqori chastotani korreksiyalovchi element) qo‘shish kuchaytirgichning chiqish zanjirida parallel tebranish kontur hosil qiladi. Bu tebranish konturining rezonans chastotasi fREZ korrektorlanmagan kuchaytirgich Yuqori chegaraviy chastotasiga yaqin qilib olinadi. Rezonans chastotasida va uning yaqinidagi chastotalarda parallel LC konturning qarshiligi korreksiyalanmagan kuchaytirgich tranzistori chiqish zanjiri qarshiligidan katta bo‘lgani sababli korreksiyalangan kuchaytirgichning (fREZ atrofidagi) chiqish kuchlanishi ham katta qiymatga ega bo‘ladi. O‘tkichi, amplituda-chastotaviy va faza-chastotaviy xarakteristikalarining eng yaxshi shakllarini hosil qilish uchun tebranish konturi assilligi Q qiymati kichik qilib olinadi.



    Download 0.9 Mb.
      1   2   3




    Download 0.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-laboratoriya ishi Mavzu: btda yasalgan barqaror tok generatorini tadqiq etish. Ishning maqsadi

    Download 0.9 Mb.