• 5.4. Daraxt “ko‘rigi” funksiyalari
  • 5-laboratoriya mashg‘uloti Daraxt ma'lumotlarini tuzilishini o'rganish




    Download 0,91 Mb.
    bet2/11
    Sana17.01.2024
    Hajmi0,91 Mb.
    #139331
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    5-laboratoriya mashg‘uloti Daraxt ma\'lumotlarini tuzilishini o\'r-fayllar.org
    1-topshiriq (2) (6), 2-Laboratoriyaga topshiriq (2) (3), 2, 2 laboratoriya isroilov, 1-topshiriq (4), MICROSOFT WORD, digital-transformation-google-cloud (2), MAMATQULOV MUXAMMADJON, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi n-fayllar.org, Elektrolitlar ta\'sirida bo\'ladigan koagulyatsiya-fayllar.org, 11-amaliy ish mavzu Tashkilot risklarini baholash va tahlil qil, 4-uzb-dateline, Axborot xavfsizligi, diskret

    5.3. Algoritm

    Binar daraxt yaratish funksiyasi

    Binar daraxtni hosil qilish uchun kompyuter xotirasida elementlar quyidagi 5.2-rasmdagidek toifada bo‘lishi lozim.




    5.2-rasm. Binar daraxt elementining tuzilishi
    p – yangi element ko‘rsatkichi
    next, last – ishchi ko‘rsatkichlar, ya’ni joriy elementdan keyingi va oldingi elementlar ko‘rsatkichlari
    r=rec – element haqidagi birorta ma’lumot yoziladigan maydon
    k=key – elementning unikal kalit maydoni
    left=NULL – joriy elementning chap tomonida joylashgan element adresi
    right=NULL – joriy elementning o‘ng tomonida joylashgan element adresi.
    Dastlab yangi element hosil qilinayotganda bu ikkala maydonning qiymati 0 ga teng bo‘ladi.
    tree – daraxt ildizi ko‘rsatkichi
    n – daraxtdagi elementlar soni
    Boshida birinchi kalit qiymat va yozuv maydoni ma’lumotlari kiritiladi, element hosil qilinadi va u daraxt ildiziga joylashadi, ya’ni tree ga o‘zlashtiriladi. Har bir hosil qilingan yangi elementning left va right maydonlari qiymati 0 ga tenglashtiriladi. Chunki bu element daraxtga terminal tugun sifatida joylashtiriladi, hali uning farzand tugunlari mavjud emas. Qolgan elementlar ham shu kabi hosil qilinib, kerakli joyga joylashtiriladi. Ya’ni kalit qiymati ildiz kalit qiymatidan kichik bo‘lgan elementlar chap shoxga, katta elementlar o‘ng tomonga joylashtiriladi. Bunda agar yangi element birorta elementning u yoki bu tomoniga joylashishi kerak bo‘lsa, mos ravishda left yoki right maydonlarga yangi element adresi yozib qo‘yiladi.
    Binar daraxtni hosil qilishda har bir element yuqorida ko‘rsatilgan toifada bo‘lishi kerak. Lekin hozir biz o‘zlashtirish osonroq va tushunarli bo‘lishi uchun key va rec maydonlarni bitta qilib info maydon deb ishlatamiz.


    left

    right

    info
    5.3-rasm. Binar daraxt elementining tuzilishi
    Ushbu toifada element hosil qilish uchun oldin bu toifani yaratib olishimiz kerak. Uni turli usullar bilan amalga oshirish mumkin. Masalan, node nomli yangi toifa yaratamiz:

    class node{

    public:

    int info;

    node *left;

    node *right;

    };
    Endi yuqoridagi belgilashlarda keltirilgan ko‘rsatkichlarni shu toifada yaratib olamiz.

    node *tree=NULL;

    node *next=NULL;

    int n,key; cout<<"n=";cin>>n;

    Nechta element (n) kiritilishini aniqlab oldik va endi har bir element qiymatini kiritib, binar daraxt tuzishni boshlaymiz.



    for(int i=0;i

    node *p=new node;

    node *last=new node;

    cin>>key;

    p->info=key;

    p->left=NULL;

    p->right=NULL;

    if(i==0){ tree=p; next=tree;continue;}

    next=tree;

    while(1){ last=next;


    if(p->infoinfo) next=next->left; else next=next->right;

    if(next==NULL) break;

    }

    if(p->infoinfo) last->left=p; else last->right=p;

    }



    Bu yerda p hali aytganimizdek, kiritilgan kalitga mos hosil qilingan yangi element ko‘rsatkichi, next yangi element joylashishi kerak bo‘lgan joyga olib boradigan shox adresi ko‘rsatkichi, ya’ni u har doim p dan bitta qadam oldinda yuradi, last esa ko‘rilayotgan element kimning avlodi ekanligini bildiradi, ya’ni u har doim p dan bir qadam orqada yuradi (5.4-rasm).


    5.4-rasm. Binar daraxt elementlarini belgilash
    Shunday qilib binar daraxtini ham yaratib oldik. Endigi masala uni ekranda tasvirlash kerak, ya’ni u ko‘rikdan o‘tkaziladi yoki vizuallashtirsa ham bo‘ladi.

    5.4. Daraxt “ko‘rigi” funksiyalari



    5.5-rasmdagidek binar daraxt berilgan bo‘lsin:


    5.5-rasm. 3 ta elemetdan iborat binar daraxt
    Binar daraxtlari ko‘rigini uchta tamoyili mavjud. Ularni berilgan daraxt misolida ko‘rib chiqaylik:
    1) Yuqoridan pastga ko‘rik (daraxt ildizini qism daraxtlarga nisbatan oldinroq ko‘rikdan o‘tkaziladi): A, B, C ;
    2) Chapdan o‘ngga: B, A, C ;
    3) Quyidan yuqoriga (ildiz qism daraxtlardan keyin ko‘riladi): B, C, A .
    Daraxt ko‘rigi ko‘pincha ikkinchi usul bilan, ya’ni tugunlarga kirish ularning kalit qiymatlarini o‘sish tartibida amalga oshiriladi.


    Download 0,91 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 0,91 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-laboratoriya mashg‘uloti Daraxt ma'lumotlarini tuzilishini o'rganish

    Download 0,91 Mb.