• 3. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish
  • FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi




    Download 140 Kb.
    bet6/8
    Sana08.08.2023
    Hajmi140 Kb.
    #78201
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5 ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
    OEN7atu6XaCYsjQnJ9d4OvoqOhKLkjKTUkJVBUVs (1), Avtomobilning elektr jihozlari, 7 sinf fizika impuls, Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik, KU konference Axboror xati 2023, elektronika 1, 7-Fizika-2018, Materiallar qarshiligi, Melibayev M. Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash, Biznesda SI1, Tabiiy geterohalqali birikmalar kimyosi. Siddiqov G\'. Xaydarova D, 1 боб Қурилиш материалларининг асосий хоссалари (1), tarjimay xol, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org
    FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi. Prognozlashtirilayotgan yoki yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarning holati, ko‘lamlaridan kelib chiqib muayyan bir hududda FVDT quyidagi rejimlardan birida faoliyat yuritadi:
    kundalik faoliyat rejimi - muayyan bir hududda, obyektda favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi mavjud bo‘lmaganda;
    yuqori tayyorgarlik rejimi - favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lishi xavfi yuzaga kelganda (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlarining prognozi olinganda);
    favqulodda vaziyat rejimi - favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda va favqulodda vaziyatlar davrida (tegishli darajadagi FVDT boshqaruv organlaridan xabarnoma olinganda).
    FVDT faoliyatining yuqori tayyorgarlik va favqulodda vaziyat rejimlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining hamda tegishli obyektlar rahbarlarining qarorlari bilan joriy etiladi. FVDT harakatlarini rejalashtirishga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni FVV amalga oshiradi.


    3. Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlashni tashkil etish
    Fuqaro muhofazasining asosiy vazifalaridan biri aholini yuzaga keladigan xavflardan himoyalanish usullariga o‘rgatishdan iborat.
    O‘zbekiston Respublikasining 2000 yilning 26 mayda qabul qilingan “Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida”gi qonuni 16-moddasida hamda 1999 yil 20 avgustda qabul qilingan “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida” gi qonuni 18-moddasida “Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarida aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida o‘rgatish umumiy va majburiydir”, deb belgilab qo‘yilgan.
    Aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentyabrdagi 754-son qarori bilan belgilab berilgan. Ushbu qaror bilan “Aholining barcha qatlamlarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” tasdiqlangan.
    Oliy o‘quv yurtlarida yuqoridagi qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2019 yil 14 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 828-sonli buyrug‘i chiqarilgan.
    Quyidagilar aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga va fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
    - davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, ishchi va xizmatchilarining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda fuqaro muhofazasi bo‘yicha bilimlarini izchil oshirib borish va ko‘nikmalarini hosil qilish;
    - qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, shuningdek, fuqaro muhofazasi tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga tayyorlash;
    - aholini, shu jumladan, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohasida band bo‘lmaganlarni, maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari talabalarini favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish, jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatish, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalari va usullariga o‘rgatish.
    Barcha aholi qatlamlari quyidagi toifalarga bo‘lingan holda tayyorgarlikdan o‘tkaziladi:
    1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lgan aholi, shuningdek, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari, xodimlari, ishchi va xizmatchilari hamda harbiy xizmatchilar.
    2. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalari o‘quvchilari hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari.
    3. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarida band bo‘lmagan aholi, shu jumladan, jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar hamda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan turistlar.
    Aholini tayyorlash innovatsion texnologiyalarni, uyg‘unlashtirilgan hamda masofadan o‘qitish uslublarini, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo‘llagan holda, shuningdek, mustaqil o‘rganish orqali amalga oshiriladi.
    Nazariy bilimlarini va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida Qo‘mondonlik-shtab; Maxsus-taktik; Kompleks o‘quv mashqlari va “Yosh qutqaruvchi” musobaqalari o’tkaziladi.
    Har haftaning chorshanba kunlari tashkilotlarda va mahallalarda aholining favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi bo‘yicha tayyorgarligini oshirish hamda faol ishtirokini ta’minlash tadbirlari o‘tkaziladi.

    Download 140 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 140 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    FVDTning faoliyat ko‘rsatishi tartibi

    Download 140 Kb.