hududiy va funksional quyi tizimlar




Download 140 Kb.
bet5/8
Sana08.08.2023
Hajmi140 Kb.
#78201
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
OEN7atu6XaCYsjQnJ9d4OvoqOhKLkjKTUkJVBUVs (1), Avtomobilning elektr jihozlari, 7 sinf fizika impuls, Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik, KU konference Axboror xati 2023, elektronika 1, 7-Fizika-2018, Materiallar qarshiligi, Melibayev M. Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash, Biznesda SI1, Tabiiy geterohalqali birikmalar kimyosi. Siddiqov G\'. Xaydarova D, 1 боб Қурилиш материалларининг асосий хоссалари (1), tarjimay xol, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org
FVDT hududiy va funksional quyi tizimlari hamda axborot boshqaruv tuzilmasidan iborat bo’lib, respublika, mahalliy va ob’ekt darajalariga ega.
FVDTning har bir darajasi quyidagilarga ega bo‘ladi:
- FVDT boshqaruv organlari;
- FVDT tezkor-boshqaruv organlari;
- FVlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari;
- FVlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralari;
- FVlar xavfi yoki sodir bo‘lganligi haqida xabar berish va ma’lumot (axborot) yetkazishning avtomatlashtirilgan tizimlari.
FVDTning hududiy quyi tizimlari o‘z ma’muriy hududlari doirasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladi hamda tegishli tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar va ovullar miqyosidagi bo‘g‘inlardan iborat bo‘ladi.
FVDTning funksional quyi tizimlari vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalarni bajarish, shuningdek, idoraviy mansub obyektlarda ularning ishlab chiqarish faoliyati bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun tashkil etiladi hamda FVDT xizmatlaridan, quyi tizimlarning davlat nazorati organlari, kuch-vositalaridan iborat bo‘ladi.
FVDT boshqaruv organlari:
- respublika darajasidaFVV markaziy apparati, FVDT tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar markaziy (boshqaruv) apparatlarining vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalari;
- mahalliy darajada — mahalliy davlat hokimiyati organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, tumanlar va shaharlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, tashkilotlarning vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni hal etish kiradigan bo‘linmalari;
- obyekt darajasida — obyektlar ma’muriyati hamda vakolatiga aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vazifalarni bajarish kiradigan tarkibiy bo‘linmalari (xizmatlari, sho‘balari yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslari)dan iborat.
FVDTning kuch-vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
- FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari;
- vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va obyektlar darajasida FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining xizmatlari, qutqaruv xizmatlari, qutqaruv va fuqaro muhofazasi tuzilmalari;
- O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari huzuridagi “Mahalla fuqaro muhofazasi” yig‘ma guruhlari, “Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq alohida davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat obyektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
FVVga to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida amalga oshirishga mo‘ljallangan, doimiy shay holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi.
FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining qidiruv-qutqaruv xavo kemalarini, qidiruv va avariya-qutqaruv xizmatlari va tuzilmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalarining avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek, favqulodda vaziyatlarni tugatishga, FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Vazirliklar va idoralarning harbiylashtirilgan va professional avariya-qutqaruv, avariya-tiklash va boshqa ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari idoraviy mansub obyektlarda ishlab chiqarish-texnologiya avariyalari va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek, epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal etish uchun mo‘ljallangan.
Tabiiy va texnogen xususiyatli yirik ko‘lamli favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda tezkor qutqaruv ishlarini bajarish hamda zarar ko‘rgan aholiga yordam ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Milliy gvardiyasining kimyoviy himoya, muhandislik-sapyor va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy-transport aviatsiyasi hamda harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
Ob’ekt tuzilmalari barcha iqtisodiyot ob’ektlarida tuziladi. Ular umumiy yo‘nalishdagi (ixtisoslashgan) va ob’ekt xizmat tuzilmalariga bo‘linadi:
- razvedka guruhlari, zvenolari;
- aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari;
- qutqaruv komandalari yoki guruhlari;
- sanitar drujinalari yoki sanitar postlari;
- jamoat tartibini saqlash guruhlari;
- yong‘in xavfsizligi guruhlari (bo‘linma, zvenolari);
- himoya inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlar yoki zvenolar);
- avariya-texnik guruhlar;
- radiatsion-kimyoviy nazorat postlari va boshqa tuzilmalar.

Download 140 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 140 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



hududiy va funksional quyi tizimlar

Download 140 Kb.