• Qutqaruv ishlarining turlari
  • Kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarning turlari
  • Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish




    Download 140 Kb.
    bet8/8
    Sana08.08.2023
    Hajmi140 Kb.
    #78201
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    5 ma’ruza. Favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi
    OEN7atu6XaCYsjQnJ9d4OvoqOhKLkjKTUkJVBUVs (1), Avtomobilning elektr jihozlari, 7 sinf fizika impuls, Ixtisoslashtirilgan boshlang`ich sinflar uchun matematikadan didaktik, KU konference Axboror xati 2023, elektronika 1, 7-Fizika-2018, Materiallar qarshiligi, Melibayev M. Texnologik jihozlarni hisoblash va konstruksiyalash, Biznesda SI1, Tabiiy geterohalqali birikmalar kimyosi. Siddiqov G\'. Xaydarova D, 1 боб Қурилиш материалларининг асосий хоссалари (1), tarjimay xol, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org
    4. Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish
    Qutqaruv ishlari - favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va ularga xos bo‘lgan xavfli omillar ta'sirini yo‘qotish yoki imkon qadar kamaytirishga qaratilgan harakatlar.
    Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tog‘-kon qutqaruv, suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yong‘inlarni o‘chirish hamda boshqa tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq ishlar kiradi.
    Qutqaruv ishlarining turlari:
    - harakat marshrutlari va ish uchastkalari (ob’ektlari) razvedkasi;
    - harakat marshrutlari va ish uchastkalari (ob’ektlari)dagi yong‘inlarni cheklash va bartaraf etish;
    - jabrlanganlarni qidirib topish va ularni vayron bo‘lgan, zararlangan, yonayotgan binolardan, suv, gaz, tutun bosgan bino hamda vayrona uyumlari orasidan olib chiqish;
    - jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish hamda ularni shifoxonalarga joylashtirish;
    - aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish;
    - epidemiya yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zarur sanitariya-gigiena choralari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish;
    - aholini suv, oziq-ovqat va eng zarur narsalar bilan ta’minlash;
    Kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarning turlari:
    - vayrona uyumlari orasida va zararlangan hududlarda kolonna yo‘llarni tayyorlash, ya’ni piyodalar va transport vositalari uchun yo‘l ochish;
    - qutqaruv ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish maqsadida gaz, energetika, vodoprovod, maishiy chiqindi va texnologik tarmoqlardagi avariyalarni cheklash;
    - imorat va inshootlarning bosib tushish xavfi bo‘lgan harakat xavfsizligiga hamda avariya-qutkaruv ishlarini olib borishga halaqit beradigan konstruksiyalarini mustahkamlash yoki buzib tashlash;
    - qutqaruv ishlarini o‘tkazishni ta’minlash maqsadida, zararlangan aloqa yo‘llarini va kommunal-energetika tarmoqlarini tuzatish yoki qayta tiklash.
    Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishga quyidagicha erishiladi:
    - razvedka ishlarini o‘z vaqtida va doimiy tashkil etish;
    - boshqaruvni doimiy va qat’iyat bilan tashkil etish;
    - fuqaro muhofazasi kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan
    tashkil etish, ularni favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarga olib kelish;
    - boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma’naviy-ruhiy tayyorligi;
    - favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro mohofazasi kuch va vositalarining ishlashini uzviy bog‘liq holda olib borish;
    - favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan ob’ektda yoki hududlarda komendantlik xizmatini tashkil etish;
    - favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirishda FVDT kuchlarini moddiy va transport vositalari bilan ta’minlash;
    - favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda texnika xavfsizligi qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
    Birinchi navbatda odamlarni qutqarish bo‘yicha ishlarni olib borish, ularga 1-tibbiy yordamni ko‘rsatish va shifoxonalarga olib borish kerak.
    Ob’ektning zararlangan hududlarini o‘rganib chiqib, yong‘inlarni cheklash va o‘chirish, shikastlovchi omillarning oldini olish va cheklash lozim.
    Avariya va halokatlarning oqibatlarini tezroq bartaraf etish uchun, odatda, anchagina katta kuch va vositalar talab etiladi. Favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etishda tuzilmalar, turli maqsadlarda tuzilgan shtatdagi bo‘linmalar, zaruriyat tug‘ilsa ob’ektning ishchi-xizmatchilari, shuningdek yaqin atrofda yashovchi aholi ishtirok etadi.
    Download 140 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 140 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish

    Download 140 Kb.