• Urug’kurtakning tuzilishi va turlari.
  • Gulli o’simliklarning urug’lanishi




    Download 21,56 Kb.
    bet4/7
    Sana22.02.2024
    Hajmi21,56 Kb.
    #160594
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    leksiya 5 botanika

    Gulli o’simliklarning urug’lanishi. Changlanishdan keyin urug’lanish sodir bo’ladi. Urug’lanish sodir bo’lgunga qadar esa ma'lum vaqt o’tadi. U turli o’simliklarda turlicha bo’lib, masalan, emanda - 12-14 oy, ol’xada - 3-4 oy, orxideyada - odatda bir necha hafta davom etadi.
    Ko’pchilik o’simliklarda changlanishdan urug’lanishgacha bo’lgan davr 1-2 sutka, tegmanozikda - 2 soat, ko’k saqqizda - 15-45 minutga teng. Harorat esa bu jarayonni tezlatadi. Bu murakkab jarayon quyidagicha kechadi. Chang hali changdonda turgan davridayoq jiddiy o’zgarishlarga uchraydi. Chang donasining yadrosi mikrospora ichida turgan paytda bo’linib 2 ta, hujayra ham bo’linib 2 ta gameta, ya'ni spermiya hosil qiladi. Bu ikki hujayra chang naychasidan mikropile orqali murtak xaltasiga tomon harakatlanadi. Bu yerda chang naychasi yorilib, ularning biri tuxum hujayrasi, ikkinchisi esa murtak xaltasining ikkilamchi yadrosi bilan qo’shiladi.
    Birinchi hujayraning qo’shilishidan urug’ murtak, ikkinchisidan esa endosperm hosil bo’ladi. Bu jarayon shu sababli qo’sh urug’lanish deyiladi va uni 1898 yilda rus olimi S.G.Navashin aniqlagan. Ushbu jarayonni faqat yopiq urug’lilarda kuzatiladi.
    Urug’kurtakning tuzilishi va turlari. Urug’kurtakning ichki tuzilishida quydagi tarkibiy qismlar ajratiladi. Urug’bandi, nutsellus, integument,mikropili va xalaza. Urug’bandi urug’kurtakning qisqa oyoqchasi bo’lib, u yordamida platsentaga birikadi. Urug’kurtakning urug’bandi birikkan joyi chok deb ataladi. Nutsellus - urug’kurtakning o’rta qismini egallab turuvchi parenxima to’qimasidan iborat. Nutsellusning atrofida ko’p hujayrali qoplamlar - integument bilan o’ralgan. Gulli o’simliklarning evolyutsiyasi jarayonida nutsellusning qobiqi yupqalashib borgan. Integument ko’pchilik ikki pallalilarda bir qavat, bir pallali o’simliklarda esa odatda ikki qavatdan iborat. Integumentlar nutsellusni yaxlit o’rab olmay, balki ularning uchlari birikmay qolib, chang yo’lini (mikropil) hosil qiladi. Chang yo’lining qarama - qarshi tomoni xalaza deb ataladi. Urug’kurtaklar to’g’ri, teskari va egik bo’ladi.

    Download 21,56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 21,56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Gulli o’simliklarning urug’lanishi

    Download 21,56 Kb.