• Chetdan changlanish.
  • 5-ma’ruza generativ organlar. Gulning tuzilishi. Changchi va urug’chi reja




    Download 21.56 Kb.
    bet6/7
    Sana22.02.2024
    Hajmi21.56 Kb.
    #160594
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    leksiya 5 botanika
    bestreferat-135796, ФОРМИРОВАНИЕ ЭЛЕМЕНТАРНЫХ МАТЕМАТИЧЕСКИХ ПРЕДСТАВЛЕНИЙ 2022 2023, Kirish I. Bob. Turli yosh guruhlarida sanashga o rgatish usullar (1), Основы литературоведения to\'g\'rilangan (2), СРЯ. МОРФ.СИЛЛ. 1-сем (3), СРЯ. МОРФ.Силл. 2-сем. (3), elektrostatika
    O’zidan changlanish. Ikki jinsli gulning changchilarida yetilgan changni ayni shu guldagi urug’chi tumshuqchasiga tushushidir. Agarda bir o’simlik gulidagi changlar ikkinchi o’simlik gulidagi urug’chi tumshuqchasiga tushsa, bunda chetdan changlanish sodir bo’ladi. Chetdan changlanish gulli o’simliklarning asosiy changlanish usuli hisoblanib, u ko’pchilik turlar uchun xosdir. Ochilmaydigan mayda gulli o’simliklarning o’zidan changlanib urug’lanishi kleystogamiya deb ataladi. Kleystogamiya avtogamiyaning bir ko’rinishi bo’lib, tashqi muqitning noqulay sharoitlari natijasida kelib chiqqan.
    Chetdan changlanish. Chetdan changlanish ko’pchilik o’simliklar uchun qulaydir. Chunki bunday changlanish usulida har xil irsiy belgilarda ega bo’lgan gametalar qo’shiladi. Shuning uchun ham chetdan changlanish avtogamiyaga nisbatan ancha ustun turadi. Shunday qilib, chetdan changlanish o’simliklar uchun foydali hisoblanib, uning birdan - bir kamchiligi har doim amalga oshavermasligi va ko’pgina omillarga bog’liqligidadir. Ksenogamiyada changlarni bir guldan ikkinchi gulning urug’chisi tumshuqchasiga kelib tushishi turli vositalar (usullar) bilan amalga oshadi:
    entomofiliya-hashorotlar yordamida;
    ornitofiliya - qushlar yordamida;
    xiropterofiliya - ko’rshapalaklar yordamida;
    anemofiliya - shamol yordamida;
    gidrofiliya - suv yordamidadir.
    Hashorotlar yordamida changlanuvchi o’simliklarda ularni jalb qiluvchi xilma - xil moslanishlar mavjud:
    1. Gulqo’rqon, changchilar, gultojbarglar va uchki barglarning rangdor bo’lishi.

    1. Ko’pchilik entomofil o’simliklar gullarida hasharotlarni jalb qiluvchi maxsus bezlar, ya'ni nektardonlardan ajralib chiquvchi nektar katta rol o’ynaydi.

    2. Gul changlarni o’zi ham hasharotlar uchun muhim ozuqa manbai bo’lib xizmat qiladi.

    3. Entomofil o’simliklarning gullarini ko’pchiligi efir moylariga boy bo’ladi.

    Shubhasiz gullarning xilma - xil ranglari changlatuvchi hasharotlarni jalb qilishga moslanishishda katta ahamiyatga ega.
    Shamol yordamida changlanish. Urug’li o’simliklarning 10-15%i anemofil o’simliklardir (oqqayin, terak, hamma ninabarglilar, qandag’och, qayrag’och, eman, o’rmon yong’oqi, nasha tut deyarli barcha qo’ng’irboshdoshlar, qiyoqlar, gazanda, zubturum va boshqalar). Bu o’simliklarning gulari odatda mayda, kurimsiz, gulqo’rg’onsiz yoki yaxshi rivojlanmagan gulqo’rg’onli, nektar yoki hidlarga ega emas. Changdonlar uzun, oson tebranuvchi chang iplariga ega. Changlar juda yengil, shuning uchun ham uzoq masofalarga tarqala oladi. (30-70 km). Ular juda ko’p sonda hosil bo’ladi.

    Download 21.56 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 21.56 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza generativ organlar. Gulning tuzilishi. Changchi va urug’chi reja

    Download 21.56 Kb.