|
5-ma’ruza generativ organlar. Gulning tuzilishi. Changchi va urug’chi reja
|
bet | 3/7 | Sana | 22.02.2024 | Hajmi | 21,56 Kb. | | #160594 |
Bog'liq leksiya 5 botanikaMikrosporogenez. U changdonda mikrosporalar hosil bo’lishdan e'tiboran, ularning yetilgungacha bo’lgan davrdagi shakllanishidan iborat murakkab jarayondar. Ona hujayralar meyoz usulda bo’linib, 4 tadan mikrospora hujayralarini hosil qiladi. Mikrosporalar hosil bo’lishi bilan gulli o’simliklarning jinssiz ko’payishi tugallanadi. Hosil bo’lgan mikrospora bir oz vaqt bir yadroli bo’lib uning hajmi ortadi va vakuollar paydo bo’ladi. Keyinchalik uning mag’zi katta o’zgarishlarga uchrab changdonda mikrospora o’sadi va erkak gametofitga aylanadi. Bunda har bir mikrosporaning mag’zi mitoz usulda bo’linib, 2 ga ajraladi va umumiy hujayra qobig’i ostidagi har bir yadro sitoplazma bilan o’ralib qoladi. Shunday qilib 2 ta umumiy po’stga o’ralgan hamda o’lchami bir - biridan farq qiladigan biri katta, ikkinchisi kichik hujayralar hosil bo’ladi. Ularning yirigi vegetativ, kichikrog’i esa generativ hujayra deb ataladi. Bu hujayralar o’z navbatida erkak gematofit hisoblanib, yopiq urug’li o’simliklarda chang donachasi deb yuritiladi.
Urug’chi (Ginetsey). Urug’chi yopiq urug’li o’simliklar gulining muhim organi hisoblanib, u gulning o’rtasida joylashgan. O’simlik turlariga qarab gulda bir yoki bir necha shakli o’zgargan barglardan hosil bo’lib, ularni mevabarglar deyiladi. Demak urug’chi bargning shakl o’zgarishdan kelib chiqqan. Guldagi mevabarglarning yiqindisi ginetsey deb ataladi. Urug’chi faqat yopiq urug’li o’simliklar uchun xosdir. Uning kengaygan ostki qismi tuguncha, o’rta qismi toraygan ustuncha va uchki qismi tumshuqchalardan iborat. Urug’chilarning morfologiyasi ham nihoyatda xilma - xil bo’lib, sistematik belgi va changlanishga moslashish xususiyatlariga ega. Ba'zi o’simlik gullarida bir necha ayrim urug’chilar bo’ladi. Ana shunday o’zaro bir - birlari bilan qo’shilmagan urug’chilar apokarp (ayiqtovondoshlar, ra'noguldoshlarda), bir - birlari bilan qo’shilib ketgan mevabarglardan hosil bo’lgan ginetsey senokarp ginetsey deyiladi.
Mevabarglar bir - birlari bilan turlicha birikishi mumkin. Shuning uchun ham senokarp ginetseyning bir necha turlari ajratiladi. Agarda har bir mevabarg qo’shilishidan yopiq uya hosil bo’lsa, sinkarp urug’chi deb aytiladi. Tugunchadagi uyalar soni urug’chini hosil qilgan mevabarglar soniga tengdir. Mevabarglar faqat chekka tomonlari qo’shilib, bitta umumiy tuguncha bo’shlig’i hosil qilsa, parakarp ginetsey deyiladi. Sinkarp urug’chidan lizikarp urug’chi kelib chiqqan.
|
| |