• Qurilmalar.
  • Back-end-tizimlari.
  • Shaxsiy daxlsizlik (Privacy) va Internet xavfsizligi.
  • Axborot xavfsizligiga ko‘pdarajali yondoshuv




    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet2/6
    Sana22.02.2024
    Hajmi234,53 Kb.
    #160959
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-Maruza

    Axborot xavfsizligiga ko‘pdarajali yondoshuv. Mobil qurilmalarda oddiy shifrlash va eski 
    xavfsizlik siyosatini qo„llash orqali axborot xavfsizligini kafolatlab bo„lmaydi. Mobil qurilmalarda 
    samarali himoya strategiyasini yaratish uchun uning tarmoqlar, qurilmalar, ilovalar, back-end-
    tizimlar darajasida xavfsizlikni ta‟minlash ustida ishlash zarur. 
    Tarmoqlar. Simsiz tarmoqlar nisbatan himoyalanmagan, shuning uchun ham kiber hujumlarga 
    osongina nishon bo„ladi. Wi-Fi zonalarini tashkil etishda “toza trafik” (clean pipe) prinsipida 
    ishlaydi- gan Internet provayderini tanlagan ma‟qul. Clean pipe servis xizmati tarmoq trafigini tahlil 
    qilish, abonentlarni hisoblash va boshqa muammolarni hal etish imkonini beradi. 
    Qurilmalar. Mobil qurilmalarning xavfsizligiga kompleks yondoshish zarur, yani uning barcha 
    hayotiy sikliga, etaplariga: ishlab chiqarilishidan tortib, xaridorga yetib borgunicha, uning 
    ekspulatsiya- sidan to utilizatsiyasigacha. Mobil qurilmalaridan xizmat vazifalarida foydalanadigan 
    xodimlar bu qurilmalarni (smartfonlar yoki planshetlarni) ko„pincha arzonroq olish uchun 
    ishonchsiz qo„llardan (Internetdan) sotib olishadi. Bundan tashqari ko„pgina foydalanuvchilar 
    o„zlarining ayfonlarining himoyasini (jail-break) buzib qo„yishadi hamda qurilmasini kiber 
    hujumlarga zaif qilib qo„yishadi. 
    Ilovalar. Bugungi kunda ko„pgina mobil ilovalar xavfsizlik talablarini hisobga olmay yaratil- 
    moqda. Korporativ maqsadlarda yaratilgan ilovalarni mobil qurilmalarga o„rnatganda boshqa 
    ilovalar bilan maxfiy axborot almashmasligiga ishonch hosil qilish kerak. 
    Back-end-tizimlari. Bugungi kunda back-end-tizimning barcha elementlari bulut (iCould) texno- 
    logiyalar prinsipida ishlaydi. Bulut provayderlarni tanlashdan oldin ularning qanchalik axborotlarni 
    maxfiy va xavfsiz saqlashiga iqror bo„lish kerak. 
    Shaxsiy daxlsizlik (Privacy) va Internet xavfsizligi. Internetdan foydalanuvchilar uchun eng 
    katta tahdid ularning shaxsiy ma‟lumotlari boshqalarning qo„liga tushishi yoki oshkor qilinishi 
    xavfi hisoblanadi. Biz onlayn xizmatlaridan foydalanganimizda, ijtimoiy tarmoqlar yoki elektron 
    pochta orqali muloqot qilganimizda ko„plab shaxsiy ma‟lumotlarimizni Internetga kiritamiz va 
    joylashtiramiz. Bu ma‟lumotlar shaxsiy fotosuratlar, bank yoki moliya ma‟lumotlari, sog„liqqa oid 


    ma‟lumotlar, do„stlarimiz bilan o„zaro maxfiy yozishmalarimiz yoki e-mail va ayrim saytlarga 
    kirish uchun ishlatila- digan login va parollar bo„lishi mumkin. Odatda, bu ma‟lumotlarning xavfsiz 
    saqlanishini onlayn xizmatini taqdim etuvchi saytlar ta‟minlaydi, ammo shunday holatlar ham 
    bo„ladiki, bu ma‟lumot- laringiz istalmagan uchinchi bir tomon qo„liga o„tib qolishi va ular bu 
    ma‟lumotlardan g„arazli maqsad- larda foydalanishi mumkin. Demak, faqat o„zimizgagina tegishli 
    bo„lgan, boshqalarga bizning roziligi- mizsiz berilmaydigan barcha ma‟lumotlar bizning shaxsiy 
    mulkimiz hisoblanadi va ular ustidan shaxsiy daxlsizlik huquqiga egamiz. 
    Shaxsiy ma‟lumotlarning oshkor bo„lishi o„z aybingiz bilan yoki xakerlar kabi maxsus hujum 
    uyushtiruvchi shaxs yoki shaxslar xatti-harakati natijasida sodir bo„lishi mumkin. Shaxsiy 
    ma‟lumot- larning oshkor bo„lishi sizga moddiy va ma‟naviy zarar keltirishi mumkin. 

    Download 234,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborot xavfsizligiga ko‘pdarajali yondoshuv

    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish