5-MA’RUZA. MOBIL QURILMALARDA AXBOROT XAVFSIZLIGI
Reja:
1. Mobil qurilmalarda axborot xavfsizligi.
2. Elektron pochtada xavfsizlik.
3. Mobil qurilmalarni himoyalash yo„llari.
4. Ijtimoiy tarmoqlar xavfsizligi.
Tayanch iboralar: Kiber
hujumlar, Internet xavfsizligi, Spam,
Phishing , Spoofing,
Ijtimoiy
tarmoqlar xavfsizligi .
Mobil texnologilar jamiyatning barcha sohalarini shiddat bilan qamrab olmoqda. Bugungi kunda
mobil qurilmalarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar ularning xavfsizligiga yetarlicha e‟tibor
qaratish- mayapti. Bu esa mobil qurilmalarda axborotni himoyalashda ishlab chiqaruvchilarga ham
anchagina muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Smartfonlar tarmoqqa (Internet) kirish uchun turli xil kanallar (Bluetooth, SMS, Wi-Fi, NFC)
orqali bog„lanadilar, bu kanallar ochiq va himoyalanmagan bo„lib, boshqa mobil qurilmalar bilan
ham birgalikda aloqa qilish imkonini beradi.
Shunday qilib, bitta zararlangan smartfon orqali
boshqa mobil qurilmalarni zararlash uchun foydalanish mumkin.
Shaxsiy kompyuterlar va
noutbuklarga qaraganda mobil qurilmalarning apparat platformasi anchagina turli tuman bo„lib, OS
ko„pincha ochiq kodli bo„ladi. Ko„pincha foydalanuvchilar mobil qurilmalaridagi ilovalarni bilib-
bilmay o„zlari yangilab turadilar, bu esa sistema xavfsizligining beqarorligiga olib keladi. Bundan
tashqari planshetlarning ham xavsizlik bilan ta‟minlash algoritmi mukammal emas.
Xavfsizlikni
nazorat qilish, diskni butunlay shifrlash,
tarmoqlararo ekran, tarmoqqa kirishni nazorat qilish,
ayg„oqchi (shpion) va zarar keltiruvchi dasturlardan himoyalanish tizimlari
ishlab chiqaruvchilar
tomonidan ko„pincha inobatga olinmagan.
Mobil qurilmalarda turli aloqa kanallaridan foydalanish imkoniyatining mavjudligi,
operatsion
sistemalarning turli-tumanligi, shaxsiy va ishdagi ma‟lumotlarning aralashib
ketganligi va doimo
tarmoqda (Internet) bo„lishi kiber hujum uchun zamin yaratib beradi. Xodimlar tomonidan xizmat
vazifasida ishlatadigan ko„pgina mobil qurilmalar o„zlarining shaxsiy mulki bo„lganligi sababli,
texnik xizmat ko„rsatish va ish ustida bu qurilmalarni nazorat qilish imkoniyitini cheklab qo„yadi va
qiyinlashtiradi.