• Internet xavfsizligi.
  • E-maildan xavfsiz foydalanish.
  • 5-ma’ruza. Mobil qurilmalarda axborot xavfsizligi




    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/6
    Sana22.02.2024
    Hajmi234,53 Kb.
    #160959
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-Maruza

    Kiber hujumlar. Oddiy odamlarni nishonga oluvchi Internet xurujlari ortida, asosan, moddiy 
    boylik orttirishni maqsad qilgan jinoiy shaxs yoki guruhlar turadi. Ular odamlarning elektron 
    pochta- lari, kompyuter yoki boshqa elektron qurilmalariga kirib olib, shaxsiy ma‟lumotlarni 
    o„girlashadi va shu orqali ularning bank yoki kredit karta ma‟lumotlarini topib, ulardan pul 
    o„marishadi. Shaxsiy ma‟lumotlar, fotosurat va videolarni o„g„irlab, ularni tarqatib yuborish tahdidi 
    bilan odamlarga tahdid (shantaj) qilib, pul talab qilishlari ham mumkin. 
    Hukumat idoralari ham noqonuniy faoliyat bilan shug„ullanuvchi shaxslarni topish uchun 
    Internetdan keng foydalanmoqda. Agar shubhali yoki bahsli sayt va onlayn resurslardan 
    foydalansangiz va ulardan qanday xavfsiz foydalanish yo„llarini bilmasangiz, hech qanday jinoyat 
    sodir qilmagan taqdiringizda ham, xavfsizlik idoralari e‟tiboriga tushib qolishingiz mumkin va bu 
    siz uchun istalmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin. 
    Internet xavfsizligi. Yuqorida keltirilgan noxush holatlarning oldini olish uchun Internetdan 
    xavfsiz foydalanish yo„l-yo„riqlarini bilish kerak. Virus va zararli dasturlar hujumidan saqlanish 
    uchun, odatda, maxsus himoya dasturlaridan foydalaniladi. Ammo bu kabi tahdidlarga qarshi eng 
    yaxshi himoya vositasi – Internetdan foydalanish qoidalari (gigienasi)ga rioya qilishdir. Internetdan 
    to„g„ri foydalanish qoidalarini bilsangiz va shubhali manbalarni ishonchli saytlardan farqlay 
    olsangiz hamda ularga duch kelganda nima qilish kerekligini bilsangiz, kiber xurujlar qurboni 
    bo„lishingiz ehtimoli juda kam. 
    E-maildan xavfsiz foydalanish. Elektron pochta – Internetning eng qulay, eng kerakli va barcha 
    Internet foydalanuvchilari ishlatadigan aloqa vositasi hisoblanadi. Internetning boshqa har qanday 
    xizmatidan foydalanish uchun, masalan, ijtimoiy tarmoqqa a‟zo bo„lish, onlayn savdoni amalga 
    oshirish kabi faoliyatlar uchun, avvalo, elektron pochta manziliga ega bo„lishingiz kerak. 

    Download 234,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma’ruza. Mobil qurilmalarda axborot xavfsizligi

    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish