Elektron pochta orqali keladigan xavf turlari




Download 234,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana22.02.2024
Hajmi234,53 Kb.
#160959
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-Maruza

Elektron pochta orqali keladigan xavf turlari. E-mail orqali keladigan tahdidlarni bir necha 
turga bo„lish mumkin: 
Spam – Elektron pochtangizga kelgan va siz olishni istamagan har qanday maktubni “spam” 
deyish mumkin. Odatda, turli yo„llar bilan odamlarning elektron pochta manzillarini yig„gan 
guruhlar ulkan emaillar jamlanmasiga ommaviy maktublar yuborishadi. Spam shaklida kelgan 
maktublar zararsiz bo„lishi va ulardagi ma‟lumotlar faqat qaysidir mahsulotning oddiy reklamasi 
bo„lishi ham mumkin. Ammo siz bu kompaniya mahsuloti haqida reklama olishni istamagansiz va 
sizning rozili- gingizsiz email manzilingizni qayerdandir olishib, sizga bu ma‟lumotlarni 
yuborishayotganlari bois, bunday maktublar “spam” hisoblanadi. 
Unutmang, “spam” maktublarda shaxsiy ma‟lumotlarni o„g„irlashni maqsad qilgan dasturlar 
joylangan 
Phishing – Bunday tahdid turi email orqali keladigan eng katta xavflardan biri bo„lib, odamlar- 
ning shaxsiy ma‟lumotini o„g„irlashga qaratilgan bo„ladi. “Phishing” maktublar sizga tanish bo„lgan 
tashkilot yoki muassasa nomidan yuborilgandek tasavvur uyg„otadi. Masalan, siz biror bank yoki 
moliyaviy tashkilot bilan ishlayotgan bo„lsangiz, sizga shu bank nomidan maktub yozib, shaxsiy 
bank ma‟lumotlaringizni so„rashlari yoki havola orqali saytlariga kirib qo„shimcha ma‟lumot berish 
yoki olishni iltimos qilishlari mumkin. Agar maktubdagi havolaga bossangiz, kompyuteringizga 
ma‟lumot o„g„irlovchi zararli dastur o„rnatilishi hech gap emas. Bunday maktublarning professional 
tarzda yozilishi, ularda haqiqiy tashkilotlarnning logo rasmlari va jismoniy manzillari qo„yilgani 
sizni aldab qo„ymasligi kerak. 
Spoofing – Siz taniydigan kimdandir kelgan, lekin aslida u odam jo„natmagan maktublar 
“spoofing” deyiladi. Xakerlar yoki zararli dasturlar tanishingizning elektron manzili ustidan nazorat 
o„rnatib, uning nomidan sizga zararli maktublar jo„natayotgan bo„lishi mumkin. Yoki aksincha


sizning elektron manzilingiz zararli dasturlar ixtiyoriga o„tib, sizning nomingizdan boshqalarga 
shunday maktublar ketishi ham mumkin. Bu nafaqat elektron pochta orqali, balki ijtimoiy 
tarmoqlardagi maktub yuborish yoki xabar chop etish xizmatlari orqali ham yuz berishi mumkin. 

Download 234,53 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 234,53 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektron pochta orqali keladigan xavf turlari

Download 234,53 Kb.
Pdf ko'rish