• Google Drive
  • Mobil qurilmalarni himoyalash yo‘llari




    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet5/6
    Sana22.02.2024
    Hajmi234,53 Kb.
    #160959
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    5-Maruza
    12-modul. Yog‘ochga ishlov berish texnologiyasi . Duradgorlikning xalq, Elektron tijorat, Fazik 2021 maqola, TAT ochiq dars, 103, 3-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, bildirish, Maqsadli ko`rsatkich, Boltayev Ruslan, Raxmatova Xumora 4z guruh mustaqil, 1 biologiya, avtoreferat, 2-kurs o\'quv amaliyoti dasturi, Статья Сувонова О О, Academic-Data-353211105300
    Mobil qurilmalarni himoyalash yo‘llari. Bugungi kunda yangi avlod vakillari Internetga 
    borgan sari mobil qurilmalar orqali kirishga odatlanmoqda. Savdo qilish, bank xizmatlaridan foyda- 
    lanish, ijtimoy tarmoqlarga kirish, do„stlar bilan muloqot qilish kabi faoliyatlarning barchasini hozir 
    maxsus dastur-ilovalar yordamida smartfonlar yoki planshetlar orqali amalga oshirish mumkin. 
    Sunday ekan, mobil qurilmalarni ham himoyalashga ehtiyoj borgan sari oshib bormoqda. Mobil 
    qurilmalarni himoya qilish bo„yicha quyidagi tavsiyalarga amal qilish zarur: 

    smartfon yoki planshetingiz ekranini doim parol bilan qulflashga odatlaning. Parolingiz 
    murak- kab bo„lishiga diqqat qarating. Ishlatmayotgan paytingiz, qurilma ekrani avtomatik 
    qulflanadigan bo„lsin;


    smartfoningizni yoki planshetingizni begonalarga bermang;


    mobil qurilmalardagi ma‟lumotlarni kompyuterga yoki onlayn axborot saqlash saytlariga 
    ko„chirib boring. Masalan, Apple iOS mobil qurilmalarida iCloud xizmati orqali 
    ma‟lumotlaringizni onlayn serverlarga ko„chirib o„tkazish va ularni maxsus kodlar yordamida 
    shifrlab qo„yish (encryption) mumkin. Android platformasidagi mobil qurilmalari uchun esa Google 
    Drive yoki boshqa axborot saqlovchi xizmatlardan foydalanishlari mumkin.


    maxfiy va shaxsiy ma‟lumotlar mavjud sms - xatlari yoki elektron maktublarni mobil 
    qurilma- larda saqlamang, ularni o„chirib tashlang, bunday xat yuborganlarni bloklab qo„yishingiz 
    ham mumkin;


    shubhali va notanish bo„lgan dastur-ilovalarni ko„chirib olmang. Shubhali va notanish 
    saytlarga kirmang;


    maxsus dastur yordamida mobil qurilmangizdan o„chib ketgan fotosuratlar, maktublar, 
    telefon raqamlari kabi ma‟lumotlarni maxsus dastur yordamida qayta tiklashingiz mumkin;


    Telegram, Whatsapp kabi dasturlardan yoki Facebook, Odnoklassniki kabi ijtimoiy 
    tarmoqlar- dan ro„yxatdan o„tishda faqat o„z telefon raqamingizdan foydalaning. Chunki boshqa 
    birovning raqami- dan foydalansangiz, ular shu raqam orqali sizning parolingizni qo„lga kiritishi 
    yoki siz bexabar bu dastur va tarmoqlardagi sizning profilingizga kirib, faoliyatingizni kuzatishi 
    mumkin.

    Agar smartfon yoki boshqa mobil qurilmangiz yo„qolib qolsa, avvalo, qurilmangiz mana 
    shunday holatlarda ko„rish lozim bo„lgan choralarga tayyor turishi kerak. Ya‟ni, oldindan uni 
    yo„qolib qolganda amalga oshirish lozim bo„lgan ishlarga tayyorlab qo„yishingiz kerak. Android va 
    Apple telefonlari uchun bu borada alohida maslahatlar: 
    Android: “Google”ning “Android Device Manager” xizmati yoki boshqa yo„qolgan telefonni 
    topishga xizmat qiluvchi dasturlar yordamida yo„qolgan telefoningizni topishingiz, uni qulflab 
    qo„yishingiz yoki undagi ma‟lumotlarni o„chirib tashlashingiz mumkin.


    Android qurilmangizdagi ma‟lumotlarni ham vaqti-vaqti bilan boshqa joyga saqlab turishni 
    unutmang. Uni komputeringizga yoki yordamchi dastur-ilovalar yordamida onlayn axborot saqlash 
    saytlariga ko„chirib o„tkazib qo„yishingiz mumkin. Androidning ichki sozlamalar (Settings) paneli 
    orqali ham “Google”da ochilgan profilingiz bilan bog„liq barcha ma‟lumotlarni saqlab qo„yishingiz 
    mumkin.

    Apple: “Telefonimni top” (Find my iPhone) xizmatini ishga tushiring. Bu xizmat orqali 
    yo„qolgan telefonning qayerdaligini Internet orqali topishingiz mumkin. Shuningdek, ekranini 
    avtomatik qulflab, topib olgan odam sizga bog„lanishi uchun ekranda sizning tel. raqamingiz yoki 
    email manzilingiz ko„rinadigan qilish mumkin. Bundan tashqari, Internet orqali telefoningiz 
    ichidagi barcha ma‟lumot- larni butunlay o„chirib tashlashingiz ham mumkin.


    iCloud xizmati orqali barcha ma‟lumotlaringizni saqlab boring. Telefoningiz yo„qolgan va 
    qayta topilmagan taqdirda, uning ichidagi barcha ma‟lumotlarni iCloud orqali boshqa 
    telefoningizga ko„chirib olishingiz mumkin.


    Download 234,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mobil qurilmalarni himoyalash yo‘llari

    Download 234,53 Kb.
    Pdf ko'rish