• «Texnologiya
  • «Pedagogik texnologiya
  • O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi
  • 5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar




    Download 0.68 Mb.
    bet3/50
    Sana14.05.2023
    Hajmi0.68 Mb.
    #59683
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
    Bog'liq
    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assos
    3-dedline, Kons.MI
    «Pedagogik texnologiya - psixologik va pedagogik o’gitlar yig’indisi bo’lib, shakllar, metodlar, usullar, o’qitish yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus to’plamidir. Ayni zamonda u pedagogik jarayonning tashkiliy-metodik omilini ham bildiradi» (B.Lixachev).
    «Pedagogik texnologiya — o’quv jarayonini amalga oshirishning mazmuniy texnikasi» (V.P. Bespalko).
    «Pedagogik texnologiya - rejalashtirilgan o’qitish natijalariga erishish jarayoni tavsifi» (I.P. Volkov).
    «Texnologiya - ishlov berish, holatni o’zgartirish san’ati, mahorati, malakasi va metodlar yig’indisi» (V.M. Shepel).
    «Pedagogik texnologiya - talaba va o’qituvchining ularga zarur sharoit yaratish orqali o’quv jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish hamda o’tkazish bo’yicha ular pedagogik faoliyatining har tbmonlama o’ylangan modelidir.»(V. M. Manaxov).
    «Pedagogik texnologiya - bu ta’lim shakllarini jadallashtirish vazifasini ko’zlagan o’qitish va bilimlarni o’zlashtirishning barcha jarayonlarini texnika va inson omillarida va ularning birgalikdagi harakatlan vositasida yaratish, tatbiq etish va belgilashning izchil metodidir» (YuNESKO).
    «Pedagogik texnologiya - pedagogik maqsadlarga erishishda foydalaniladigan shaxsiy imkoniyatlar, jihozlar va metodologik vositalarda amalda bo’lishning tizimli yig’indisi va tartibini bildiradi»(M.V.Klarin).
    «Pedagogik texnologiya - o’zida turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta’riflari mazmunini qamrab olgan mazmuniy umumlashma hisoblanadi». (G.K. Selevko).
    Bu ta’riflar tahlilidan pedagogik texnologiya natijani qo’lga kiritish uchun ta’lim doirasida zarur bo’lgan vositalar tizimini rejalashtirish va tatbiq etish degan xulosaga kelish mumkin.
    Ta’lim texnologiyasi deganda ta’limning belgilangan maqsadi va talabaning bilim darajasiga ko’ra o’quv faoliyatini boshqarishning nazariy loyihasi va pedagogik tizimning amalda bo’lishini ta’minlovchi zarur vositalar tizimi tushuniladi.
    O’qitishning shaxsga yo’naltirilgan texnologiyasi biror nazariya va maqsad asosida islilab chiqiladi. Pedagogik tizimning amalda bo’lishi, uning moslanuvchanligi hamda talabaning shaxsiy xususiyatlari, ularning texnologik va individiual me’yorlari bilan bog’langan. Bunda ushbu texnologiyalarning moslashuvchanligi, ularning variativligi, talaba xatti-harakatlarining bosqichliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
    O’qitish texnologiyasi sathida o’quv jarayonining barcha komponentlari yoritiladi.
    Shaxsga yo’naltirilgan texnologiya asosida talabalarning intellektual va emotsional-motivatsion rivojlanishi, bilim va Kasbiy malakalar shakllanishi, ta’lim jarayoniga qadriyat sifatida yondashish munosabatini ta’minlash, faollikni oshirish, o’z-o’zini anglash va mustaqilligini shakllantirish yotadi.
    Bu tadqiqotlarni tahlil qilgan holda ushbu ta’rifni berish mumkin:

    Download 0.68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




    Download 0.68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-ma`ruza. Pedagogik tizim pedagogik texnologiyaning asosi Assosiy savollar

    Download 0.68 Mb.