• Tayanch tushunchalar
  • «Aqliy hujum» metodi
  • 5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/25
    Sana28.05.2023
    Hajmi0.63 Mb.
    #66060
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
    Bog'liq
    15-ma'ruza, 14- mavzu Rasmiy, Falsafa Materiya, Baxtiyorov Shoxjaxon 202 ruslit, 8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI, 7, 5542, Samarqand davlat chet-tillar instituti, Kalendar reja, Методичка Курс раб ПИ, 117, 2-DMTT pedagoglar, 05-02 ish reja 2023 yangix, Iriskulov Temur Xayrulla o’g’li (1)


    5-Mavzu:INTERFAOL METODLAR VA ULARNI
    TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA QO’LLASH (4 soat) 
    REJA: 
     
    1.Interfaol ta’limning asosiy tamoyil, shakl va omillari.
    2.Interfaol metodlar va ularning mohiyati. 
    3. Interfaol metodlardan namunalar. 
    Tayanch tushunchalar: Interfaol ta’lim, tamoyil, shakl va omillar. 
    Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining 
    samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texno-logiyalarni qo‘llash borasida katta 
    tajriba asoslarini tashkil etuvchi me-todlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda.
    1
    Shu o‘rinda 
    “Interaktiv” dars metodini “interfaol” deb chala tarjimasini aytish mazmunan xato ekan-ligiga 
    e’tiboringizni qaratmoqchimiz. “Interaktiv” so‘zi qo‘shma so‘z bo‘-lib, agar tarjima qilish zarur 
    bo‘lsa, unda har bir so‘zni tarjima qilish kerak.
    “Interaktiv” inglizcha “Interactive” so‘zidan olingan bo‘lib, “o‘zaro harakat va ta’sirlanish” 
    degan ma’noni anglatadi.
    Interaktiv metod biror faoliyat yoki muammoni o‘zaro muloqotda, o‘zaro bahs-munozarada 
    fikrlash asnosida, hamjihatlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat 
    o‘quvchi-talabani musta-qil fikrlashga o‘rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
    2
    O‘qitishning interaktiv usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va 
    imkoniyatlari, o‘quv muassasasining o‘quv-mod-diy sharoiti, ta’limning davomiyligi, 
    o‘qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi. 
    Quyida o‘qitishning interaktiv metodlari haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
    «Aqliy hujum» metodi 
    Keyingi paytda miya ish faoliyatining foydali ish koeffitsiyentini oshirishga mo‘ljallangan 
    turli xil metodlar ishlab chiqilmoqda. Vaholan-ki, mutaxassislarning fikricha, miyaning bor-
    yo‘g‘i 7% igina ishlar ekan, xolos. Miya faoliyatini faollashtiradigan ta’lim usullariga ijtimoiy 
    psixo-logik trening, sinektika, autogen mashq, morfologik tahlil, rolli o‘yin, «aqliy hujum» va 
    boshqalar kiradi.
    «Aqliy hujum» – (brain storming) inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, faol ta’limning, 
    boshqaruvning va tadqiqotning metodlaridan biri hisob-lanadi. Bu metod aqliy faollikni 
    qo‘zg‘atadi, ijodiy va innovatsion jara-yonlarni jadallashtiradi.
    Bu metodning paydo bo‘lishi Ikkinchi Jahon urushida Yapon den-gizida xizmat qilgan 
    amerikalik mutaxassis A.Osborn bilan bog‘liq. Har-biy kemani qanday qilib torpedolardan 
    himoya qilish mumkinligi masa-lasida kema Kengashi o‘tkaziladi. Kengash qoidasiga ko‘ra 
    hamma – yungadan tortib kapitangacha har qanday, hatto xayoliy va amalga oshi-rib 
    bo‘lmaydigan g‘oyalarni ham aytaversa bo‘lardi, har qanday takliflar yozilib borildi. 
    Matroslardan biri shunday fikrni ilgari surdi: “Torpedoni sezib qolsam, men butun jamoani 
    bortga tizardim-da, torpedoga qarab puflashni buyurardim”. G‘oyani eshitib, hamma kulib 
    yubordi, hatto shu g‘oya ham yozildi. Muhokama paytida bu g‘oya qaytadan ishlab chiqildi va 
    suvning kuchli oqimidan foydalanishga qaror qilindi. Suv nasosdan otilayotgan oqim yordamida 
    torpedoga urildi va u to‘xtatildi. Bir qa-rashda kulgili tuyulgan g‘oya masalani hal qildi-qo‘ydi.
    50-yillarning oxiriga kelib amerikalik psixolog A.Osborn o‘zi ish-layotgan universitetda 
    “Aqliy hujum” metodini kutilmagan g‘oya va tak-liflar to‘plash va murakkab bo‘lgan 
    masalalarni yechish usuli sifatida targ‘ib qila boshladi.
    1
    Qаrаng: Tоlipоv O‘.Q. Usmоnbоyevа M. Pеdаgоgik tехnоlоgiyalаrning tаtbiqiy аsоslаri. –T.: «Fаn», 
    2006, 150 bеt 
    2
    Аsrаnоv S. Yangi pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr vа ulаrning imkоniyatlаri. Zаmоnаviy pеdаgоgik 
    tехnоlоgiyalаrning tаshkiliy vа ilmiy-mеtоdik muаmmоlаri. Ilmiy-аmаliy аnjumаn mаtеriаllаri 
    to‘plаmi. –T.: 2005, 41-bеt. 


    Ijodiy faollikning va mahsuldorlikning stimulatori hisoblangan «Aq-liy hujum» metodi 
    asosan yangi, original fikrlarning tug‘ilishiga qarshi-lik ko‘rsatuvchi tanqidiy muhitning yo‘qligi 
    deb atalgan psixologik me-xanizmga tayanadi. Bunday muhitda hech qanday fikr tanqid 
    qilinmaydi, noto‘g‘ri fikr aytishdan qo‘rqilmaydi, hech kimning ustidan kulinmaydi.
    Shunday qilib, “Aqliy hujum” metodi dastlab AQSh, Angliya, Fran-siyada so‘ngra 
    Yaponiyada ishlatildi. 70-yillardan boshlab Rossiyada, 90-yillardan boshlab esa O‘zbekistonda 
    ishlatila boshlandi.
    “Aqliy hujum” metodining asosiy qoidalari quyidagicha:

    Download 0.63 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    5-Mavzu: interfaol metodlar va ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash (4 soat) reja

    Download 0.63 Mb.
    Pdf ko'rish