• Simvolli hisoblashlarni bajarish.
  • Limitlarni hisoblash.
  • Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar




    Download 0,75 Mb.
    bet11/14
    Sana31.01.2024
    Hajmi0,75 Mb.
    #149274
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
    Bog'liq
    5-Mavzu

    Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar
    Ayrim o‘zgarmaslarga global qiymatni berish uchun quyidagi protsedurani bajarish kerak bo‘ladi:
    1.O‘zgarmas nomi kiritiladi.
    2.Matematika panelidan Evaluation Toolbar (Baholash paneli) tugmasi bosiladi.
    3.Ochilgan Evaluation (Baholash) oynasidan Global Definition (Global aniqlash) tugmasi bosiladi yoki Shift+ tugmalari baravar bosiladi. Bunday aniqlanish barcha hujjatlar uchun taʼsir qiladi, yaʼni barcha hujjatlarda bu qiymatni ishlatish mumkin. Sonli hisoblashlardan tashqari Mathcad belgili (simvolli) hisoblashlarni ham amalga oshiradi. Bu degani hisoblashlar natijasini analitik ko‘rinishda tasvirlash mumkin. Masalan, aniqmas integral, differensiallash va boshqa shu kabi masalalarni yechishda uning yechimini analitik ko‘rinishda tasvirlaydi. Bunday oddiy simvolli hisoblashlar rasmda keltirilgan.

    Simvolli hisoblashlarni bajarish.
    Simvolli hisoblashlarni bajarishda ikkita asosiy vosita mavjud:

    • Symbolics (Simvolli hisoblash) menyusi;

    • Matematika panelidan Symbolic paneli.

    Bu vositalar ancha murakkab simvolli hisoblashlarda qo‘llaniniladi. Hozir esa oddiy simvolli hisoblashni bajarishning eng sodda usuli, yaʼni tez-tez ishlatilib turiladigan usullardan biri-simvolli tenglik belgisi () usulini ko‘rib chiqamiz. Quyida bu usuldan foydalanishning ketma-ketlik tartibi berilgan:
    1.Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi bosiladi.
    2.Ochilgan panel oynasidan Calculus (Hisoblash) ni tanlab, aniqmas integralni sichqonchada chiqillatiladi (misol tariqasida aniqmas integral qaralayapdi).
    3.Kiritish joylari to‘ldiriladi, yaʼni funksiya nomi va o‘zgaruvchi nomi kiritiladi.
    4. Simvolli belgi tengligi () belgisi kiritiladi.
    Simvolli hisoblash vositalari Jadval 1

    Vosita

    Shablon

    Taʼrifi

    Float

     Float, 

    Siljuvchi nuqtani hisoblash

    Complex

     complex, 

    Kompleks son formasiga o‘tkazish

    Expand

     expand, 

    Bir necha o‘zgaruvchili yig’indi, ko‘paytma va darajani ochish

    Solve

     solve, 

    Tenglama va tenglamalar tizimini yechish

    Simplify

     simplify, 

    Ifodalarni ixchamlash

    Substitute

     substitute, 

    Ifodalarni hisoblash

    Collect

     collect, 

    Oddiy yig’indida tasvirlangan palinom ko‘rinishdagi ifodani ixchamlash

    Series

     series, 

    Darajali qatorda ifodani yoyish

    Assume

     assume, 

    Aniq qiymat bilan yuborilgan o‘zgaruvchini hisoblash

    Parfrac

     parfrac, 

    Oddiy kasrga ifodalarni yoyish

    Coeffs

     coeffs, 

    Polinom koeffitsiyenti vektorini aniqlash

    Factor

     factor, 

    Ifodalarni ko‘paytuvchilarga yoyish

    Fourier

     fourier, 

    Fure to‘g’ri almashtirishi

    laplace

     laplace, 

    Laplas to‘g’ri almashtirishi

    Ztrans

     ztrans, 

    To‘g’ri z-almashtirish

    Invfourier

     invfourier, 

    Fure teskari almashtirishi

    Invlaplace

     invlaplace, 

    Laplas teskari almashtirishi

    Invztrans

     invztrans, 

    Teskari z-almashtirish

    MT

    T

    Matritsani transponirlash

    M-1

    -1

    Matritsaga murojaat

    |M|

    ||

    Matritsa determinantini hisoblash

    Modifiers




    Modifier panelini chiqarish

    Limitlarni hisoblash. Mathcadda limitlarni hisoblashning uchta operatori bor.
    1.Matematika panelidan Calculus Toolbar (Hisoblash paneli) tugmasi basilsa, Colculus (Hisoblash) paneli ochiladi. U yerning pastki qismida limitlarni hisoblash operatorlarini kiritish uchun uchta tugmacha mavjud. Ularning birini bosish kerak.
    2.lim so‘zining o‘ng tomonidagi kiritish joyiga ifoda kiritiladi.
    3.lim so‘zining ostki qismiga o‘zgaruvchi nomi va uning intiladigan qiymati kiritiladi.
    4.Barcha ifodalar burchakli kursorda yoki qora rangga ajratiladi.
    5.SymbolicsEvaluateSymbolically (Simvolli hisoblash Baholash Simvolli) buyruqlari beriladi. Mathcad agar limit mavjud bo‘lsa, limitning intilish qiymatini qaytaradi. Limitlarni hisoblashga doir misollar rasmda keltirilgan.

    Download 0,75 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




    Download 0,75 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qiymatlarni global yuborish. Simvolli hisoblashlar

    Download 0,75 Mb.