Vazifasi bo’yicha: bosh, surish va yordamchi harakati uchun;
Rostlash usuli bo’yicha: doimiy moment bilan, doimiy quvvat bilan, ikki
zonali;
Ijro etuvchi dvigatelning tok turi bo’yicha: doimiy va o’zgaruvchan tok
dvigatellari;
Kuchli o’zgartirgich sxemasi bo’yicha: bir va ko’p fazali boshqariladigan
to’g’rilagichlar, keng impulsli o’zgartirgichlar;
Avtomatik rostlash tizimi tuzilishi bo’yicha: bir konturli, ko’p konturli;
Boshqarish turi bo’yicha: analogli, raqam-analogli; raqamli.
Raqamli dastur bilan boshqariladigan dastgohlarda
har bir ishchi harakati
alohida yuritmalar bilan amalga oshiriladi. Aksariyat hollarda barcha yuritmalar
avtomatik tarzda boshqariladi va rostlanadi. Lekin ayrim hollarda rostlanmaydigan
yuritmalar ham uchrab turadi.