• SCORM yoki AICC standart paketlari.
  • MOODLE tizimi masofaviy o’quv kursiga qo’yiladigan resurs va elementlar.
  • MOODLE tizimidagi o’qitish modullari




    Download 497.14 Kb.
    bet5/10
    Sana31.03.2023
    Hajmi497.14 Kb.
    #47850
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    4-mavzu. Moodle tizimi
    1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling
    4. MOODLE tizimidagi o’qitish modullari
    MOODLE masofaviy o’qitish jarayonini to’la qo’llab-quvvatlash uchun keng doiradagi imkoniyatlarni beradi– o’quv materiallarini turli usullarda berish, bilimlarni tekshirish va o’zlashtirish nazorati alohida tahkidlab o’tish maqsadga muvofiq. MOODLE da 15 turdagi interaktiv o’quv modullari mavjud bo’lib, ularning soni oshib bormoqda. Kurs yaratuvchisi tizimning bunday imkoniyatidan foydalangan holda o’qitiladigan fanni talabalarga (bilim oluvchilarga) interaktiv ko’rinishda taqdim etish imkoniyatini yaratadi. Tizimda mavjud o’qitish modullari:

    • Forums,

    • Materials,

    • Messenger,

    • Chat,

    • Exercises,

    • Group work,

    • Student tracking va boshqa modullari mavjud.

    Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo’llab quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko’p qo’shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua aynan, MOODLE dasturiy majmuasi hisoblanadi.


    SCORM yoki AICC standart paketlari. Bu o’quv materiallari orqali bilim oluvchining o’rganilayotgan o’quv kontent ustida bajaradigan xarakatlarini tizimga hisobot ko’rinishda yuborib turadi. Masalan bilim oluvchi kontentda mavjud bo’lgan slayd(bet)larning hammasi bilan tanishgan yoki tanishmaganligi, har bir slayd(bet)ni talaba qancha vaqt davomida o’rganganligini, bu standartda (ya’niy SCORM yoki AICC) yaratilgan o’quv kontentni boshqa LMS tizimiga eksport qilish imkoniyati ham mavjud. Hozirgi vaqtda mavjud bo’lgan taniqli mualliflik uskunalarining (authoring tools) ko’pchiligi yaratiladigan o’quv kontentni aynan SCORM yoki AICC standarti ko’rinishda eksport qilish imkoniyati mavjud. LMS tizimlari uchun elektron ta’lim resurslarini aynan SCORM yoki AICC standart paketlari asosida yaratish tavsiya etiladi.
    MOODLE tizimi masofaviy o’quv kursiga qo’yiladigan resurs va elementlar. Bularga quyidagilar kiradi:

    • Wiki (Viki) – bir nechta foydalanuvchi tomonidan elektron materiallarni qo’shishi, kengaytirishi va o’zgartirish imkoniyatini beruvchi, Web 2. Kontseptsiyasi asosida yaratilayotgan hujjat ustida bir vaqtda hamkorlikda ishlash imkoniyatini beradi.

    • So’rovlar – tizimdagi foydalanuvchilar orasida o’quv maqsadidan kelib chiqqan holda har xil ko’rinishdagi so’rovlarni tashkillashtirish imkoniyatini beradi.

    • Ma’lumotlar bazasi – o’rganilayotgan fan bo’yicha ma’lumotlar bazasini xamkorlikda yoki yakka tartibda shakllantirish imkoniyatini beruvchi modul.

    • Glossariy – kursning barcha hujjatlari bo’yicha havolalarni avtomatik tashkil qiladigan tahriflar ro’yxati. Agar tahrif glossariyga kiritilgan bo’lsa, u holda agar u kurs matnlarida uchrasa, havola glossariyning yordamchi elementiga avtomatikta’minlanadi. Yaratilgan glossariy orqali elektron nazorat turlarini tashkillashtirish imkoniyatini beradi.

    • Topshiriq – o’qituvchi javobni elektron ko’rinishda olish uchun ishlatish mumkin (ixtiyoiy formatda).

    • Ma’ruza – har bir sahifasi talaba javob berishi lozim bo’lgan savol bilan tugaydigan sahifalar to’plami. Javobning to’g’riligiga bog’liq holda, talaba keyingi sahifaga o’tadi yoki oldingi sahifaga qaytadi.

    • Bu Ta’lim yo’nalishini aniqlashni va o’qitiladigan fan tushunarsiz bo’lib qolmasligini ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda ta’limni individulalashtirish imkoniyatini beradi. Bu turdagi o’quv element orqali bilim oluvchining shaxsiy tayyorgarligidan kelib chiqqan holda o’rganilayotgan o’quv kursi tizim orqali tanlab beriladi.

    • Sharh – kurs sahifasidagi ixtiyoriy matn va grafika.

    • Ish daftari – berilgan mavzu bo’yicha talaba fikrini bildiradigan joy.

    • Resurs – avtomatik tasvirlanadigan turli fayllarni yuklash va tasvirlash vositasi. Masalan, Ma’ruza audioyozuvini yuklashda u mediapleyr sifatida tasvirlanadi.

    • Seminar – qatnashchilar bir-birining ishini baholaydigan topshiriq.

    • Testlar – turli variantli testlar to’plami. Savollar bir nechta variantli javoblardan, to’g’ri/noto’g’ri tanlovdan, qisqa matnli javobdan va boshqalardan iborat bo’lishi mumkin.

    • Forum – forumning 3 ko’rinishi mavjud (savol-javob, hammaning o’z mavzusi, standart muzokara).

    • Chat – real vaqtdagi muzokara olib borish imkoniyatini beradi.

    MOODLE ning asosiy yutuqlari quyidagilar: keng tarqalgan:

    • 160 mamlakatda 72 xil tilda(o’zbek tilini ham qo’shgan holda) 37.000 versiyasi joriy qilingan.

    • Yuqori hajmda (masshtabda): Oksford universiteti (OUUK), Kaliforniya universiteti (HSU California ) va Yangi Zelandiya ochiq politexnik (Open polytechnic NZ) markazlari tomonidan 100,000 dan ortiq foydalanuvchilar qayd etilgan bepul imkoniyat: GpL Code(kod)

    • Ta’lim maskanlariga litsenziya uchun hech qanday haq to’lamasdan, uzoq muddatli egalik qilish, hatto kelgusida yangilab turish imkonini beruvchi qurilmani o’rnatishga ruxsat beradi. Internetga asoslangan o’quv muhiti: tartiblashtirilgan o’quv mashqlari va o’quv mazmuni bilan ta’minlash.

    • O’qishni Boshqaruv Tizimi (O`BT): Kursning dizayni va o’tkazilishini qo’llab quvvatlash( tyutorlik, monitoring va sertifikatsiya).

    Boshqa LMS lar singari IMS, SCORM va boshqa standartlarni qo’llab quvvatlaydi. Tahlillar shuni ko’rsatadiki, boshqa LMS tizimlarga qaraganda eng ko’p qo’shimcha plagin va modullari mavjud bo’lgan dasturiy majmua aynan, MOODLE dasturiy majmuasi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda dunyoning aksariyat ta'lim muassasalari o`z masofaviy ta’lim tizimilarini tashkil etishda MOODLE dasturiy majmuasini joriy etmoqdalar.
    Ochiq kodli MOODLE dasturiy majmuasi o’quv jarayonini boshqaruvchi Web ga yo’naltirilgan maxsus tizim bo’lib, Internet (interanet) tarmog’ida foydalanishga mo’ljallanilgan. Tizimni yaratishda ochiq kodli dasturiy ta’minotlardan foydalanilgan. Uni ishlatish uchun ma’lumotlar omborini boshqarish dasturi (MySQL yoki postgreSQL), pHp protsessori, Web xizmati dastur (Apache yoki IIS) lari sozlangan server zarur. Opertsion tizim sifatida ixtiyoriy keng tarqalgan tizimlardan biridan foydalanish mumkin (Windows, Linux, Mac OSX, Novwll Netware).



    Download 497.14 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 497.14 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MOODLE tizimidagi o’qitish modullari

    Download 497.14 Kb.