MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarish imkoniyatlari va funktsiyalari




Download 497.14 Kb.
bet4/10
Sana31.03.2023
Hajmi497.14 Kb.
#47850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
4-mavzu. Moodle tizimi
1.4 Axborot xavfsizligi, Malakaviy amaliyot 2020, integratsiya-tehnologiy-v-vuze, 7777777, ADP, 55 hgjhg tron, primenenie-informatsionnyh, 55555 uiot, тест-1, Testlar boshi, yangi test, Test 30 ta rus 1, tanladim, bo`ladimi, Oling
MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarish imkoniyatlari va funktsiyalari

MOODLE tizimi. MOODLE (http://www.moodle.org) – web-saytda o’qitish va online rejimidagi darslarni tashkil qiluvchi ilova. Bu proekt ta’limga sottsio-konstruktiv qarashni tarqatish uchun ishlab chiqarilgan. Qisqacha qilib quyidagilarni aytish mumkin:

  • yangi bilimlar oldingi olingan bilim va individual tajribalar asosida olinadi.

  • o’quv jarayonida o’quvchi olgan bilimini boshqalarga tushuntirib berishida ko’proq samaraga ega. Bu qarashni qo’llaganda siz o’quvchining tajribasiga suyanasiz, bu kerakli o’quv materialini o’zlashtirishdagi eng samarali usul. Bu usul o’quv jarayonidagi o’quvchini ham o’quvchi ham o’qituvchi sifatida qatnashishini ta’minlaydi.

  • o’qituvchining funktsiyasi o’zgarishi mumkin: bilim manbai o’rniga, “ta’sir markaziga” va sinf madaniyatining modeliga aylanadi. O’qituvchi har bir o’quvchining bilim talabiga qarab individual munosabatda bo’lishi kerak.

MOODLE tizimlari masofaviy ta’lim jarayonini tashkil etishda quyidagi funktsiyalarni o’z ichiga oladi:



  • o’quvchilarni (o’qituvchilarni, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqalarni) ro’yxatga olishi;

  • foydalanuvchilarni o’quv kurslardan chetlashtirish, o’quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish;

  • o’quvchi va o’qituvchilarning o’zaro individual yoki guruh bo’lib, hamkorlikda ishlashini (Web elementlarini ishlatish orqali) tashkil etish;

  • guruhlar yaratish va ularni boshqarish;

  • oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni to’ishga oid, ketma-ketlikni to’g’ri joylashtirish, bo’sh qoldirilgan joyni to’ldirish va boshqa turlari kiradi);

  • har xil turdagi ijtimoiy so’rovlar tashkillashtirish, o’quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish;

  • sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati;

  • elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish;

  • elektron o’quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari;

  • tizim foydalanuvchilarining (o’quvchilar, o’qituvchilar-tyutorlar, kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o’quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP-manzil orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud foydalanuvchilarning faolligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati;

  • o’qituvchi (tyutor yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o’quv resurslarni yaratishi;

  • Authoring tools larda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o’quv resurslarini yuklashi;

  • o’quvchilarning boshqa o’quvchilar/o’qituvchilar bilan (Chat, Forum, videokonferentsiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqotini tashkillashtirish;

  • o’quv jarayonida bo’ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi;

  • iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o’tish mumkin.




Download 497.14 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 497.14 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



MOODLE platformasining masofaviy ta’limni boshqarish imkoniyatlari va funktsiyalari

Download 497.14 Kb.