|
5-sinf Adabiyot
|
bet | 19/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: “Mirzo Ulug‘bek”.
17. Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” tragediyasida Ulug‘bek siymosini kim ijro etgan? J: Shukur Burhonov.
18. Shayxzoda qachon qatag‘on siyosatining qurboni bo‘lib qamaladi? J: 50- yillarning boshlarida.
19. Shayxzoda kimlarning asarlarini tarjima qilgan? J: Shekspir, Pushkin, Lermontov, Mayakovskiy, Nozim Hikmatning.
20.Shayxzoda vafotidan so‘ng necha jildlik asarlari chop etildi? J: 6 jildlik “Asarlar”.
21. Shayxzoda “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan qachon taqdirlandi?
J: 2001- yil.
22. Shayxzodaning “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy dramasida Manguberdi rolini kim ijro etgan? J: Shukur Burhonov.
23.Maqsud Shayxzoda qalamiga mansub ertak-dostonni toping? J: “Iskan-dar Zulqarnayn”.
24.M.Shayxzoda olim sifatida kim haqida ilmiy tadqiqotlar yaratgan?
J: Alisher Navoiy haqida.
25.Iskandar haqida kimlar asar yozgan? J: Alisher Navoiy, Xisrav Dehlaviy, Nizomiy Ganjaviy, M.Shayxzoda.
“ISKANDAR ZULQARNAYN” ERTAK-DOSTONI
1. Folklor asarlarini o‘z zamonlariga moslab qayta ishlab, she’riy shaklga solish an’anasi kimlarning ijodida uchraydi? J: Furqat, A. Avloniy, Elbek,
Q. Hikmat, Z. Diyor.
2. Ertak-doston janrida kim yuksak mahorat ko‘rsatgan? J: Hamid Olimjon.
3. Hamid Olimjonning 30-yillarda yaratgan qaysi ertak-dostonlari mashhur?
J: “Oygul bilan Baxtiyor”, “Semrug‘ yoki Parizod va Bunyod”.
4. “Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostonida nima uchun Iskandar sochini oldirgan sartaroshlarni o‘ldiraveradi? J: Boshida shohi bo‘lgani uchun.
5. “Iskandar Zulqarnayn” dostonidan chiqadigan ibratli xulosa nima?
J: Dunyoda hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, tuban ishlarni har qachon yashirmang, u baribir bir kun oshkor bo‘ladi.
6. “Iskandar Zulqarnayn” dostonida Iskandarning shoxli ekanligi nima orqali oshkor bo’ladi? J: Nay orqali.
7. “Iskandar Zulqarnayn” ertak-dostonidagi ramziy ma’no anglatuvchi narsa nima? J: Nay.
8.Qaysi ertak-dostonda o‘z haddini bilmay, nafs balosiga berilgan, zulm, zo‘r-lik bilan ezgulikni mahv etib, o‘z maqsadiga erishmoqchi bo‘lgan yovuz kimsalar xalq la’natiga uchrab, xunuk laqab orttirib mazah bo‘lishi tasvirlan-gan? J: “Iskandar Zulqarnayn”.
9.O‘rta Osiyo xalqlari Iskandar Rumiy deb atagan jahongir haqidagi afsona-lar kimlarning ijodiga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan? J: Nizomiy Ganjaviy, Xisrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy.
|
| |