|
J: Loqayd, sovuqqon, befarq, qilib qo‘yadi, barcha narsalar xunuk bo‘lib ko‘rinadi
|
bet | 25/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: Loqayd, sovuqqon, befarq, qilib qo‘yadi, barcha narsalar xunuk bo‘lib ko‘rinadi.
9. Ertak qahramonlaridan kimning yuragi va ko‘ziga ko‘zgu parchasi tushadi?J: Kay.
10. Andersen qaysi ertagida yovuz, tuban, sovuqqon kuchlarga mehr-muhabbat, tirishqoqlik ezgu maqsad yo‘lida har qanday mashaqqatlarga dosh berish kabi yuksak tuyg‘ularni qarama-qarshi qo‘yadi? J: “Qor malikasi”.
11. “Qor malikasi” ertagidagi olijanob fazilatlarga ega qiz kim? J: Gerda.
12. Gerdaga Kayni izlash jarayonida kimlar uchraydi? J: 1. Kishilar xotirasini zaiflashtiradigan sehrgar kampir. 2. Shahzoda va Malika. 3. Qaroqchilar
to‘dasi.
13. Gerdaga yo‘lda nimalar qarshi chiqadi? J: Qor lashkarlari.
14. Kayning yuragidagi ko‘zgu parchasini nima eritib yuboradi? J: Gerdaning ko‘z yoshlari.
15. Kay bilan Gerda uyiga qaytayotganda qanday qiyinchiliklarga uchraydilar?
J: Hech qanday.
16. “Qor malikasi” ertagida Kay qaysi so‘zni muz parchalaridan yozsa, unga butun olam baxsh etilishi kerak edi? J: Mangulik.
17. Kay bilan Gerda qaysi faslda qaytib keladilar? J: Yoz.
“BULBUL” ERTAGI HAQIDA
1.Andersenning go‘zallik va ezgulikni ulug‘lovchi, soxtalik va qabihlikni qoralovchi, bu illatlarning inqirozi muqarrarligi haqidagi asari qaysi? J: “Bul-bul”.
2. Bulbul nima uchun hukmdorga sodiq do‘st bo‘lib qoladi? J: Insoniy dardni tushuna olgan qalbi uchun.
3. Ertak voqealari qaysi davlatda bo‘lib o‘tadi? J: Chin-mochin. (Xitoy).
4. Imperator bog‘ida gullarning eng yaxshilariga nimalar osilgan edi?
J: Kumush qo‘ng‘iroqchalar.
5. Imperator bog‘ida sayr etuvchilarning e’tiborini nima tortar edi? J: Kumush qo‘ng‘iroqchalar jarangi.
6. Bog‘ oxiri qayergacha cho‘zilgan edi? J: Buni bog‘bon ham bilmas edi.
7. Bog‘ning bir tomoni nimaga tutashib ketgan? J: Qalin o‘rmonga.
8. Bulbul qayerda yashar edi? J: O‘rmondagi daraxtlar qalin shoxlari ora-sida.
9. Ertakning qaysi qahramoni bulbul sayrashini eshitib, qayg‘u-tashvishlarini unutib “Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!” deb yuborar edi? J: Baliqchi.
10. Xitoy imperatori saroyiga qayerdan kelgan sayyohlar chinni saroyni, bog‘ni va bulbulni maqtashar edi? J: Yetti iqlimdan.
11. Sayyohlar tomonidan “Bu yurtning eng yaxshi g‘aroyiboti” deb maqtalgan narsa nima? J: Bulbul xonishi.
12. Xitoy imperatori bulbul haqida qayerdan bilib oladi? J: Yaponiya impera-tori sovg‘a qilgan kitobdan.
13. Imperator bulbul haqida so‘rash uchun kimni chaqiradi? J: “Uff” deb javob beradigan amaldorni (bosh vazirni).
14. Bulbulni topish kimga topshiriladi? J: Bosh vazirga.
15. Imperator bulbul topilmasa amaldorlarni qanday jazolamoqchi edi? J: Qorniga urdirmoqchi.
16. Bulbul haqidagi darakni kimdan eshitib qoladilar? J: Oshxonada ishlaydi-gan qizchadan.
17. Oshpaz qizchaga bulbulni topish evaziga vazir nimani va’da etadi?
|
| |