|
J: Leningraddan kelgan rus chol-kampir b-n o
|
bet | 97/99 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 0,97 Mb. | | #251177 |
Bog'liq til va adabiyot [uzsmart.uz]J: Leningraddan kelgan rus chol-kampir b-n o‘rta yashar ayolni.
80. Leningradlik mehmonlar necha yil yozuvchilarnikida turishdi? J: 4 yildan ziyod 1946-yilning yozigacha.
81. Yozuvchining qaysi qarindoshlaridan birinchi bo‘lib qora xat keldi? J: Ammasining o‘g‘li Ahmaddan.
82. Qaysi jangdan keyin o‘zbek oilalarida yig‘i-sig‘i ko‘paydi? J: Stalingrad.
83. Qora xat kelgan Ahmad akaning xotini kim edi? J: Nazira.
84. Otasidan qoraxat kelgandan keyin tutqanoq kasaliga chalinib, tuzalmay ancha yillardan keyin qazo qilgan kim? J: Hakima (Naziraning katta qizi).
85. Nazira kelinoyisi qachon vafot etgan? J: 1988-1989-yil.
86. Yozuvchi harbiy kazarmani nimaga o‘xshatgan? J: Katta karvonsaroyga.
87. Yozuvchining oyisi asli qayerlik edi? J: Toshkentlik, tug‘ilgan joyi: Yakka-saroy, Gubrbog‘ mahallasining pastida, Damariq mahallasida.
88. Yozuvchining oyisi kimning nevarasi?J:Do‘simboy yilqichi savdogarning.
89. Yozuvchining oyisining oyisi kim edi? J: Hojar otin.
90. Yozuvchi qizi Umidani kimga o‘xshatadi? J: Hojar otinga.
91. Yozuvchi Hotamtoy, Xorun ar-Rashid, Layli va Majnun haqidagi afsonalar-ni, “Ming bir kecha”dek davom etadigan ertaklarni kimdan eshitgan? J: Hojar otindan.
92. O‘rta bo‘yli, qirra burun, qizil mag‘iz, qomatlari tik, qo‘llari tekis, panjalari uzun, yumshoq deb ta’riflangan, yozuvchi o‘zbek ayollarining yorqin timsoli edi deb aytgan kim? J: Hojar otin.
93. Yozuvchi Hojar otindan meros bo‘lib qoldirilgan, uch bo‘limdan iborat po‘lat sandiqda nimalar turardi? Sandiq kimniki edi? J: Do‘simboy yilqichi savdogarniki, u qiziga qoldirgan, qizi Hojar otin esa yozuvchining onasiga, yozuvchining onasi esa o‘g‘liga. 1-bo‘limida tanga, pul, 2-bo‘limida quruq meva, 3-bo‘limida: chaqmoq qand.
94. Yozuvchining buvilari va bobolari o‘z davrida ancha to‘q, ahil, totuv, bir-birini hurmat qilib yashaganlaridan nishona nima edi? J: Po‘lat sandiq.
95. Yozuvchining qo‘li gul chevar xolasi kim? J: Savri xola.
96. Yozuvchiga dadasi tomonidan qarindoshligi bo‘lgan buyuk shoir kim edi? J: A. Avloniy.
97. Yozuvchilarnikiga qanday adiblar, san’atkorlar kelib turishardi? J: Yunus Rajabiy, Ortiqxo‘ja Imomxo‘jayev, G‘afur G‘ulom, Karim Mo‘minov.
98. Yozuvchi oyisining qaysi kitobni yashirincha o‘qib, yig‘lab o‘tirganida ko‘rib qoladi? J: A. Qodiriy “O‘tkan kunlar”.
99. Yozuvchi qissasida qaysi kitobni “ulug‘ kitob” deb qadrlaydi? J: “O‘tkan kunlar”ni.
100. “Qizimga maktublar” xotira-qissasida A. Avloniyning qaysi so‘zlarini yo-zuvchi dadasidan eshitganini ta’kidlaydi? J: “Millat bari arbokash-u hammol-dir, afti-angori qaro, kiygani juldur-juldur”.
101. Yozuvchi chinakam o‘zbek ayoli deb ta’riflagan qahramon kim? J: Onasi.
102. Yozuvchi xatlarining so‘ngida qiziga kimga o‘xshab ikki maslahat beradi?
|
| |