IV bo’lim. Jamiyatning huquqlari
38. Jamiyat Ustavda belgilangan vazifa va funksiyalarini bajarish maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti va respublika aholisi ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmalari va bevosita shartnomalar (kontraktlar) asosida bajariladigan ishlar va xizmatlar hajmini mustaqil ravishda belgilash;
o’z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga egalik qilish va ularni amalga oshirish, zimmasiga majburiyatlar olish, sudda da’vogar va javobgar bo’lish;
belgilangan tartibda xo’jalik hisobidagi bo’linmalar, markazlar, firmalar, korxonalar, filiallar, vakolatxonalar, qo’shma korxonalar tashkil etish, turli respublikadagi va xalqaro tashkilotlar va birlashmalarga a’zo bo’lish;
O’zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalari va qimmatli qog’ozlarini sotib olish;
Jamiyatning ishchilariga va boshqa shaxslarga zayom ajratgan holda uy-joylar qurish va ularni belgilangan tartibda jismoniy va yuridik shaxslarga sotish.
|