III bo’lim. Jamiyatning ustav fondi (kapitali). Uni ko’paytirish yoki kamaytirish tartibi. Jamiyatning aksiyalari, obligasiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari




Download 67,44 Kb.
bet3/11
Sana15.03.2017
Hajmi67,44 Kb.
#137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
III bo’lim. Jamiyatning ustav fondi (kapitali). Uni ko’paytirish yoki kamaytirish tartibi. Jamiyatning aksiyalari, obligasiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari

20. Davlat korxonasi negizida tashkil etilgan “O’zbekiston temir yo’llari” aksiyadorlik jamiyati qayta tashkil etish paytigacha davlat korxonasiga tegishli bo’lgan mavjud mulk, pul mablag’lari va boshqa moliyaviy resurslar, shuningdek qarzlarning to’liq huquqiy vorisi hisoblanadi.

21. Jamiyat ustav fondining (kapitalining) dastlabki miqdori Jamiyat mulkini baholash asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 3 martdagi 108-son qarori, O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasining 2001 yil 20 avgustdagi 239k-PO buyrug’i asosida belgilangan.

22. Jamiyat ustav fondi (kapitali)ning miqdori 596 197 096 680 so’m bo’lib, 1 386 504 876 ta oddiy aksiyalarga bo’lingan.

23. Oddiy aksiyaning nominal qiymati 430 so’mni tashkil etadi.

24. Jamiyat aksiyalari davlat mulki hisoblanadi va sotilishi yoki boshqacha tarzda o’zgaga berilishi, garovga qo’yilishi mumkin emas, shuning uchun ular ikkilamchi qimmatli qog’ozlar chiqarish uchun ta’minlashga xizmat qilishi mumkin emas.

25. Jamiyat ustav fondi (kapitali) qo’shimcha aksiyalar joylashtirish yo’li bilan ko’paytirilishi mumkin.

26. Jamiyat ustav fondini (kapitalini) ko’paytirish (aksiyalarni joylashtirish narxini belgilash, aksiyalar emissiyasi risolasi va ularni chiqarish) va bu to’g’rida mazkur ustavga tegishli o’zgartirish kiritish haqidagi qarorni Jamiyat aksiyadori qabul qiladi. Ushbu masala bo’yicha Jamiyat Kengashi (kuzatuv kengashi) yig’ilishi o’tkazilmaydi.

27. Agar qonunchilikda boshqacha tartib belgilanmagan bo’lsa, qo’shimcha aksiyalar yopiq obuna usulida faqat Davlatga joylashtirilishi mumkin.

28. Qo’shimcha ravishda chiqarilgan aksiyalar uni chiqarish to’g’risidagi qarorda belgilangan, lekin davlat ro’yxatidan o’tkazilgan paytdan e’tiboran bir yildan ortiq bo’lmagan muddatda joylashtirilishi lozim.

29. Jamiyat ustav fondini (kapitalini) oshirish uchun oddiy, e’lon qilingan nominal qiymati 430 so’m bo’lgan 9 798 516 424 dona - umumiy qiymati 4 213 362 062 320 so’mga qo’shimcha aksiyalarni joylashtirish huquqiga ega.

30. E’lon qilingan aksiyalarning umumiy soni doirasida chiqarishda va joylashtirishda aksiyalarning sotib olingan qismi Jamiyat ustav fondiga (kapitaliga) o’tkaziladi.

31. Jamiyatning ustav fondi (kapitali) aksiyalarning nominal qiymatini kamaytirish yoki aksiyalarning umumiy sonini qisqartirish yo’li bilan, shu jumladan, aksiyalarning bir qismini keyinchalik bekor qilgan holda Jamiyat tomonidan aksiyalarni olish yo’li bilan kamaytirilishi mumkin.

32. Jamiyat ustav fondini (kapitalini) kamaytirish va Jamiyat Ustaviga tegishli o’zgartirish kiritish to’g’risidagi qaror Jamiyat Kengashining (kuzatuv kengashining) yig’ilishini o’tkazmasdan, Jamiyat aksiyadori tomonidan qabul qilinadi.

33. Jamiyatda ustav fondining (kapitalining) 25 foizi miqdorida zaxira fondi tashkil etiladi.

34. Jamiyatning zaxira fondi har yili sof foydadan yillik majburiy to’lovlar ajratish yo’li bilan ustav fondining (kapitalning) 25 foiziga etmagungacha shakllantirib boriladi.

35. Zaxira fondiga ajratmalarning yillik hajmi Jamiyat daromadining 5 foizidan kam bo’lmasligi lozim.

36. Jamiyatning zaxira fondidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.

37. Jamiyat Kengashining qaroriga binoan boshqa fondlar ham tashkil etilishi mumkin.


Download 67,44 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 67,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III bo’lim. Jamiyatning ustav fondi (kapitali). Uni ko’paytirish yoki kamaytirish tartibi. Jamiyatning aksiyalari, obligasiyalari va boshqa qimmatli qog’ozlari

Download 67,44 Kb.