Jamiyat aksiyadorining vakolatlari




Download 67,44 Kb.
bet6/11
Sana15.03.2017
Hajmi67,44 Kb.
#137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Jamiyat aksiyadorining vakolatlari

46. Jamiyat aksiyadorining vakolatlariga quyidagilar kiradi:

Jamiyat ustaviga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish yoki Jamiyatning yangi tahrirdagi ustavini tasdiqlash;

Jamiyatni qayta tashkil etish;

Jamiyatni tugatish, tugatuvchini (tugatish komissiyasini) tayinlash hamda oraliq va yakuniy tugatish balanslarini tasdiqlash;

e’lon qilingan aksiyalarning eng ko’p miqdorini belgilash;

Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini), ko’paytirish yoki kamaytirish, shuningdek Jamiyat ustaviga Jamiyatning ustav fondini (ustav kapitalini) ko’paytirish yoki kamaytirish bilan bog’liq o’zgartish va qo’shimchalar kiritish;

o’z aksiyalarini olish;

Jamiyatning tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash;

Jamiyatning moliya-xo’jalik faoliyatini nazorat qilish uchun 4 kishidan iborat taftish komissiyasi a’zolarini saylash va ularning vakolatlarini muddatidan oldin tugatish, shuningdek taftish komissiyasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash;

Jamiyatning yillik hisobotini, yillik biznes-rejasini tasdiqlash;

Jamiyatning foydasi va zararlarini taqsimlash;

auditorlik tekshiruvini o’tkazish to’g’risida, auditorlik tashkilotini va uning xizmatlariga to’lanadigan haqning eng ko’p miqdorini belgilash haqida qaror qabul qilish;

jamiyat taftish komissiyasining o’z vakolati doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan xulosalarini eshitish;

Jamiyat tomonidan korporativ obligasiyalar, shu jumladan aksiyalarga ayirboshlanadigan obligasiyalar chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish;

qimmatli qog’ozlarning hosilalarini chiqarish to’g’risida qaror qabul qilish;

Jamiyatning korporativ obligasiyalarini qaytarib sotib olish to’g’risida qaror qabul qilish;

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 34-moddasiga muvofiq aksiyalarni joylashtirish (qimmatli qog’ozlarning birja bozoriga va uyushgan birjadan tashqari bozoriga chiqarish) narxini belgilash;

aksiyalarni maydalash va yiriklashtirish;

“Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining 8 va 9-boblarida nazarda tutilgan holatlarda Jamiyat tomonidan bitimlar tuzish to’g’risida qaror qabul qilish;

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa masalalarni hal etish;

dividendlarni to’lash tartibi aksiyador qarorida belgilanadi.




Download 67,44 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 67,44 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Jamiyat aksiyadorining vakolatlari

Download 67,44 Kb.