DASTGOHLARDA AMALIY BAJARILADIGAN ISHLARGA KO`RSATMALAR




Download 13.29 Mb.
bet51/59
Sana21.10.2022
Hajmi13.29 Mb.
#27700
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59
Bog'liq
materialshunoslik kitob
Doca4, Документ Microsoft Word (14), DASTUR Stansiyalarni ta\'mirlash
DASTGOHLARDA AMALIY BAJARILADIGAN ISHLARGA KO`RSATMALAR
O`quvchilarni mashq qildirishning amaliy ishlar topshiriqlari. Zagotovkani stanokka uch kulachokli o’z-o’zidan markazlanadigan patronga o’rnatib va qo’lda surib tashqi silindrik va tores sirtlariga ishlov bering.
Mashqlardan maqsad:—uch kulachokli o’z-o’zidan markazlanadigan patronga mahkamlangan zagotovkani qo’lda uzatib yo’nishni o’rganish.
Ish o’rniga kerakli jihozlari:—uch kulachokli o’z-o’zidan markazlanadigan patron; ish o’rnida zarur kalitlar, otvyortka, ostquyma va boshqalar; zagotovkalar, o’tuvchi, egilgan, o’ng xomaki keskich, hisoblash kattaligi 0,1mm ga teng shtangensirkul; o’lchash lnnenkasi, ishlanadigan detalning chizmasi.
Tashkiliy ko’rsatmalar:—stanok shpindelining ulash dastasini o’rta vaziyatga qo’yish.«Prokat vallarni xomaki yo’nishga qoldiriladigan quymalar» jadvali va kesish tezligini tanlash uchun mo’ljallangan jadval normativlari bilan tanishish.

  1. Ish vaziyatida turish.

  2. Stanok shpindeliga uch kulachokli patronni o’rnatish

  3. Ish o’rniga chizmani, o’lchash va kesish asboblarini, moslamalarni, asboblarni va hokazolarni qo’yish.

  4. Zagotovka o’lchamlarining bajaraladigan ish chizmasiga mosligini tekshirish.

  5. Zagotovkaning diametri va uzunlngi chizmaga va dastlabki ishlash uchun qoldnriladigan qo’yimlar jadvaliga mosligini tekshirish.

Misol. Diametri 35—40 mm va uzunlngi 20 mm li detallar uchun standart talabiga muvofiq xomaki va toza yo’nish uchun diametrga qoldiriladigan qo`yim kamida 5 mm bo’lishi kerak.
Har xil detallarga ishlov bernshda mahsus qo’yimlarni aniqlash uchun «mahsus qo’yimlar jadvalidan» foydalaning.
6. Zagotovkani o’z-o’zidan markazlanadigan uch kulachokli patronga o’rnatish, tekshirish va mahkamlash.
Zagotovka patron kulachoklaridan keragidan ortiqcha chiqib qolib, yo’nish paytida titramasligi hamda keskich ta’sirida uzilib tushmasligi kerak, shuning uchun zagotovkani patron kulachoklaridan tayyorlanadigan detal diametridan ko`pi bilan 2,5— 3 kattalikda chiqarish tavsiya qilinadi.
7. O`tuvchi keskichni keskich tutqichga o’rnatish va mahkamlash.
Keskichni stanok markazlar o’qi bo’yicha keskich tutqichdan taxminan keskich dastasi balandligining 1 — 1,5 ulushiga chiqarib o’rnatiladi.
8. Stanokning tezliklar qutisini shpindelning zarur aylanishlar chastotasiga sozlash.

Download 13.29 Mb.
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   59




Download 13.29 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



DASTGOHLARDA AMALIY BAJARILADIGAN ISHLARGA KO`RSATMALAR

Download 13.29 Mb.