6-cинфлар учун




Download 13.29 Mb.
bet47/59
Sana21.10.2022
Hajmi13.29 Mb.
#27700
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59
Bog'liq
materialshunoslik kitob
Doca4, Документ Microsoft Word (14), DASTUR Stansiyalarni ta\'mirlash
O`YMA TURLARI
O’ymakorlikda o’ymalar o’zining xarakteriga ko’ra olti turga bo’linadi: chiziqli, zanjira, yassi, chuqur, panjarasimon va hajmli o’ymalar.
Chiziqli o’yma — eng qadimgi va eng oddiy o’yma turi hisoblanadi. Chiziqli o’yma buyumga o’tkir asbob bilan tirnash asosida chiziladi. Chuqurroq chiziq gravyurani eslatadi, shuning uchun ham ustalar uni gravyura deb ataydilar. Yog`och o’ymakorligida naqshlarni yoki biror tasvirni mebel, quticha, qalamdon va boshqa narsalarni bezashda qo’llaniladi. Tosh o’ymakorligida kichik narsalarni naqsh va biror tasvir bilan bezashda juda keng foydalaniladi. Ganchkorlikda chizma pardoz deb yuritiladi. Suyak o’ymakorligida va kandakorlikda chiziqli o’yma juda ko’p qo’llaniladi.
Zanjira o’yma — qadimdan ishlatilib kelinayotgan o’yma turi, Bu zaminsiz o’yma hisoblanadi. Tosh, yog’och, metall o’ymakorligida zanjira o’yma turi keng ishlatiladi. Tosh o’ymakorligida namoyon, lagan va boshqa narsalarni chetiga zanjira o`yma ishlatiladi. Ganch o’ymakorligida eshik, namoyon, deraza, izora va. boshqalarning chetiga ko’pincha zanjira o’yma bajariladi. Zanjira sodda bo’lsada jozibali ko’rinishga ega. Geometrik shakllar o’yilganda soya, yorug’ va yarim soyalar o’ziga xos nafis ko’rinishga ega bo’lib, kishida ajoyib taassurot
Yassi o’yma — eng ko’p qo’llaniladigan o’yma turidir. Bu o’yma taxminan 1—1,5 sm chuqurlikda bo’lib, uning relyefiga har xil pardoz beriladi. Tosh, yog’och, mis va boshqa o’ymakorlikda yassi o’yma juda kam qo’llaniladi.
Chuqur o’yma — naqsh yoki biror tasvir juda chuqur o’yiladi. O’yma xuddi hajmli ko’rinish berib, zamini qoramtir, relyef esa oq bo’lib kontrast ko’rinishga ega bo’ladi. Tosh o’ymakorligida binolar o’yma pannolar bilan bezatiladi. Masalan, Toshkentdagi A. Navoiy nomli opera va balet katta teatri binosida ajoyib chuqur tosh o’ymakorligi namunalari bor.
Panjarasimon o’yma — juda qadimdan rivojlanib kelayotgan o’yma turlaridan biri. Bu boshqa o’yma turlaridan farq qilib o’yilayotgan ganch taxtani ikkinchi tomonidan teshib o’yib o’ziga xos pardoz turi beriladi. Panjarasimon o’yma qadimdan qo’llanilib uni Varaxsha (VIII) binolarida, Shoxi Zinda kompleksidagi (XIX asr), Mir Arab, Abdulloxon (XVI asr) Go’ri Amir maqbarasidagi o’yma marmardan ishlangan geometrik panjara va boshqalar misol bo’la oladi.
Hajmli o’yma — haykalsimon, ya’ni hajmli o’yilgan biror narsa. Hajmli o’yma qadimdan ishlatilib kelinayotgan o’yma turlaridan biri bo’lib, tosh, suyak, yog’och va boshqa materillardan o’yib ishlangan hajmli narsadir. Buxoro yaqinidagi Sitorai Mohi Xosadagi ikki sher haykali marmardan o’yib ishlangan hajmli o’ymadir. Toshdan ishlangan har xil estalik sovg’a buyumlari, ko’za, lagan va boshqalar ham hajmli o’ymaga kiradi.

Download 13.29 Mb.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   59




Download 13.29 Mb.