6-ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirish ob’ektlarining xususiyatlari




Download 177,46 Kb.
bet2/7
Sana23.07.2021
Hajmi177,46 Kb.
#15866
1   2   3   4   5   6   7
Umumiy ma’lumot.

Ishlab chiqarish prosessida mehnat predmetiga materiallarga xizmat qiladigan va avtomatik rejimda ishlaydigan har qanday mashina stanok, apparat, agregat va alohida qismlar avtomatik sistemalarning ob’ektlari deb ataladi. Ular avtomatlashtirish sistemalarining eng asosiy elementlari hisoblanadi. Issiqlik ob’ekti materiallarni ma’lum kondisiyagacha quritish yoki ishlov berishga xizmat qiladi. Buning uchun uning temperaturasi avtomatik sistema yordamida boshqariladi (rostlanadi); materiallarga namlik va temperatura ta’sirida ishlov berish ob’ektiga ikki parametr temperatura va material namligi ikki xil avtomatik sistema yordamida boshqariladi.

Texnologiya potok liniyalar va ulardagi yuritmalar; texnologiya mashina va apparatlar xam ishlab chiqarish ob’ektlari hisoblanib, paxta va boshqa materiallarga ishlov berishga xizmat qiladi. Ulardagi temperatura, bosim, namlik, notekislik konsentrasiya sarfi va boshqalar boshqaruvchi texnologik parametrlar deyiladi.

Ishlab chiqarish prosesslari oddiy va murakkab bo’lganidek ob’ektlar ham oddiy va murakkab bo’ladi. Oddiy obe’ktlarning o’zgaruvchi parametri bitta bo’lib, boshqarish va rostlash uchun faqat bitta avtomatik rostlash sistemasidan foydalaniladi. Masalan, quritish shkafida materialni quritish prosessi davomida faqat temperaturani rostlab turish talab qilinadi. Murakkab ob’ektlar rostlanadigan parametrlar ikki va undan ko’pligi energiyaning taqsimlanish ob’ektining hajm bo’yicha xar xil bo’linishi va rostlanadigan parametr ob’ektning geometrik o’lchamlariga bog’liq bo’lishi kabi xususiyatlari bilan xarakterlanadi.

Bunday ob’ektlarga misol sifatida agregat mashinalari texnologiya liniya, sex, zavod va boshqalarni ko’rsatish mumkin. Biz oddiy ob’ektlarning asosiy xususiyatlari, statik va dinamik xarakteristikalari bilan tanishamiz.


Download 177,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 177,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



6-ma’ruza. Mavzu: Avtomatlashtirish ob’ektlarining xususiyatlari

Download 177,46 Kb.