6.Ob’ektning nagruzkalanishi.
Ob’ekt texnologik prosess davomida bir nechta tasodifiy xarakterga ega bo’lgan tashqi ta’sirlar ostida ishlaydi. Bunday ta’sirlarning eng asosiysi ob’ekt nagruzkasining o’zgarib turishi oqibatida vujudga keladi.ob’ektning nagruzkasi unda ishlov beriladigan mehnat predmetining miqdori sifati ko’rsatkichlari bilan bog’liq bo’lgan ob’ektning ish rejimi orqali aniqlanadi.
Ob’ekt nagruzkasining o’zgarishi ishlov berish uchun unga kiritiladigan mehnat predmetining miqdori va sifat ko’rsatkichlarining berilgan nominal miqdori Qn=Qb atrofida tasodifiy o’zgarib turishi oqibatida vujudga keladi. Bunga misol sifatida quritish ob’ektiga kiradigan paxta miqdori Q(t) va namligining o’zgarishini ko’rsatish mumkin,bu o’z navbatida ob’ektning texnologik parametri- quritish temperaturasi va shu ob’ektning ish rejimini o’zgartiradi. Ob’ektga kiradigan paxtaning miqdori va namligi belgilangan normadan yuqori bo’lsa, ob’ektning texnologik (rostlanuvchi) parametri- temperaturasi normal qiymatiga nisbatan pasayadi va aksincha, ob’ektga kiradigan paxtaning miqdori va namligi kamaysa, uning temperaturasi ko’tariladi.
Ob’ekt temperaturasining pasayishi quritish vaqtining cho’zilishiga, ob’ekt ish unumdorligining pasayishiga olib keladi. Quritish temperaturasining normadan yuqori bo’lishi paxtaning biologik xususiyatlariga – elastikligiga zarar etkazadi. Shuning uchun ob’ektning nagruzkasi tasodifiy ravishda o’zgarib turadigan sharoitda uning texnologik parametrini (temperaturasini, tezligini, bosim va xokazolarni) stabillab turish zarurati tug’iladi.
.
Agar Qn –ob’ektning normal rejimdagi, Q(t) –o’tib turgan rejimdagi nagruzka bo’lsa, ob’ekt nagruzkasining o’zgarishi ∆Q(t)= Qn- Q(t) bo’ladi. Bu miqdor ob’ektning ish rejimini o’zgartiradigan (ob’ektga kiradigan) tashqi ta’sir ± Q(t) yoki Xk(t) hisoblanadi. Bu ta’sir Xk(t)= Qn- Q(t) ni texnologik prosess davomida bartaraf qilib turish uchun xizmat qiladigan avtomatik rostlash sistemasining funksional sxemasini 5-rasmda ko’rsatilgan.
Ob’ektga bo’ladigan tashqi ta’sir Xk(t) undan chiquvchi signal – texnologik parametri Xq(t) ning qiymatini o’zgartiradi. O’lchash va solishtirish elementi (TE) texnologik parametrining o’zgarishi
± X(t)= Xb - Xq(t) ni aniqlab, ijrochi element (IE) ga, ijrochi element esa regulyatordan chiquvchi Xr(t)=Kr ∆ X(t) rostlash-boshqarish signali bilan ob’ektni rostlash organi (RO) ga ta’sir ko’rsatadi. U esa o’z navbatida ob’ektga keladigan energiya yoki modda sarfini boshqaruvchi signalning miqdori va ishorasiga muvofiq o’zgartirib berilgan maqsad Xb atrofida texnologik parametr Xq(t) ni stabillab turadi.
O’zlashtirish savollari.
Ob’ektlar necha xil bo’ladi?
Ob’ektning akkumulyatorlik xususiyatiga nimalar kiradi?
Sig’im koeffisientidan qanday foydalaniladi?
Rostlovchi parametrning nisbiy qiymati formulasini yozing?
Signal uzatish koeffisienti nimalarga bog’liq?
6.Kuchaytirish koeffisienti nimani ko’rsatadi?
|