3.Ob’ektning o’zicha tenglashish xususiyati.
Ob’ekt o’zining o’zicha tenglashish xususiyati tufayli, energiya yoki modda oqimining tengligi bironta tashqi ta’sir ostida buzilgan hollarda, hech qanday regulyatorsiz yangi balans holatiga o’ta oladi. Bunday o’zicha tenglashish ob’ekt rostlanuvchi parametrning bironta yangi qiymatga ega bo’lishi bilan bog’liq bo’ladi. Ob’ektning bu xususiyati o’zicha tenglashish darajasi deb ataladigan qiymat r bilan ifodalanadi. Bu qiymat ob’ektga tashqi tasodifiy ta’sirning (ob’ekt nagruzkasining o’zgarishi) nisbiy qiymati q ning o’zgarishi rostlanuvchi parametr u nisbiy qiymatning o’zgarishiga nisbati orqali ifodalanadi.
R= d∆q / du (2)
Bunda ∆q=(Q1 - Q 2)/ Qb tashqi tasodifiy ta’sir yoki nagruzka o’zgarishining nisbiy qiymati; Qb qabul qilingan bazaviy sarf; du rostlanuvchi parametr nisbiy qiymatining o’zgarishi; u=(x1-x2)/xn rostlanuvchi parametrning nisbiy qiymati.
Tenglama (2) dan ko’rish mumkinki, agar r=0 bo’lsa rostlanuvchi parametrning nisbiy qiymati cheksiz kattalikka intiladi, o’zicha tenglashish mavjud bo’lmaydi. r<0 bulsa kichiklikka intiladi va bunda ham tenglashish mavjud bo’lmaydi. Faqat r>0 bo’lsagina rostlanuvchi parametr bironta yangi musbat qiymatga intiladi. Shunda o’zicha tenglashish vujudga keladi. Bundan xulosa shuki, rostlanuvchi parametr nisbiy qiymatining o’zgarishi du qancha kichik bo’lsa r shuncha katta bo’ladi. Bunday sharoitda rostlash prosessini amalga oshirish va regulyator tanlash ishlari ham osnlashadi. Agar r=∞ bo’lsa ob’ekt ideal o’zicha tenglashish xususiyatiga ega bo’ladi. Har qanday tashqi ta’sir rostlanuvchi parametrni o’zgartira olmaydi. Uning nisbiy qiymati nolga teng bo’ladi.
Rostlanuvchi parametr nisbiy qiymatining o’zgarishi kichik va nolga yaqin bo’lishi uchun, ob’ektning energiya yoki modda sig’imi ancha katta bo’lishi kerak. Shunda ob’ektga bo’ladigan tashqi ta’sir (ob’ekt nagruzkasining o’zgarishi) uncha sezilarli bo’lmaydi. Ob’ekt regulyatorsiz ham o’zicha tnglashish xususiyatiga ega bo’la oladi. Masalan katta idishdan olingan bir stakan suv undagi suv sathi balandligini sezilarli o’zgartirmaydi.
Ob’ektning signal uzatish koeffisienti k o’zicha tenglashish darajasi r qiymatiga teng:
K=1/r= du/d∆q =xq/xk
Bunda u chiquvchi signal; ∆q-ob’ektga kiruvchi signal (tashqi ta’sir).
Ob’ektni kuchaytirish koeffisienti statik xarakteristikalardan aniqlanadi. Kuchaytirish koeffisienti, tashqi ta’sir natijasida ob’ektning bir muvozanat holatdan ikkinchi yangi muvozanat holatga o’tishda, chiquvchi signal X kiruvchi signal X ga nisbatan necha marta o’zgarganini ko’rsatadi.
Ob’ektlarni o’zicha tenglashish darajasiga muvofiq, statik, astatik, (neytral) o’zicha tenglashmaydigan va ideal klasslarga ajratish mumkin. Bunday ob’ektlarning bir rejimdan boshqa bir rejimga o’tish grafiklari 2 – rasmda ko’rsatilgan.
2–rasm
Statik obe’kt deb o’zicha tenglashish xususiyatmiga ega bo’lgan ob’ektlarga aytiladi. Ularda o’zicha tenglashish darajasi noldan katta bo’ladi. Bunday ob’ektlarga misol sifatida, o’zgarmas tok sifatida o’zgarmas tok dvigateli, material quritish shkaflari, suyuqlik kirib chiqib ketadigan quvurli rezervuarlar va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
O’zgarmas tok dvigatelining nagruzka momenti M oshirilganda aylantiruvchi moment M bilan Ms orasidagi tengsizlik M≠Ms dvigatel valining tezligi bir qiymati p1 dan ikkinchi qiymatga p2ga o’tishi bilan yo’qoladi va yangi tezlikda yangi muvozanat holat M1≈M1s yuzaga keladi.
Quritish pechlarida ham shunday bo’ladi. Pechga kiruvchi energiya o’zgarsa, uning temperaturasi ham o’zgaradi va muvozanat holat yangi temperaturada hosil bo’ladi.
Astatik ob’ektlarda kiruvchi miqdor Q 1 bilan chiquvchi miqdor Q2 ning bog’liqligi bir xil bo’lmaydi, natijada ob’ektning energiya yoki modda sig’imining tinimsiz oshishi yoki kamayishi vujudga keladi, tenglashish darajasi nolga teng r=0 bo’ladi. Bunga misol qilib idishdan chiqadigan suyuqlik miqdori o’zgarmas (Q2=const) bo’lgan prosessni ko’rsatish mumkin. Ob’ektga kiruvchi miqdor ∆Q ga o’zgarsa, chiquvchi miqdor balandligi tinimsiz oshaveradi yoki kamayaveradi, lekin o’zicha tenglashish (Q+∆Q =Q2) yuz bermaydi. Bunday prosess rezervuarning chiqish quvuriga o’rnatilgan nasos biror miqdordagi (Q2=const) suyuqlikni undan olib turadigan bo’lsa, yuz beradi.
O’zicha tenglashish sharoiti vujudga kelishi uchun ob’ektga kiruvchi suyuqlik miqdori Q1 nasos tortib olayotgan suyuqlik miqdori Q2 ga teng bo’lishi kerak. Bunday tenglashish holati endi rezervuardagi suyuqlik balandligiga (rostlanuvchi parametrga) bog’liq bo’lmaydi. Astatik ob’ektda rostlanuvchi parametrlarning ixtiyoriy qiymatida kiruvchi miqdorini o’zgartirish yo’li bilan muvozanat holatini (Q1=Q2 ) vujudga kelishi mumkin.
Beqaror ob’ektning o’zicha tenglashish darajasi manfiy (r<0) bo’ladi. Bunday ob’ektlarda rostlanuvchi parametrning og’ishi tengsizlikni kamaytiradi, aksincha, oshiradi.
0>
|