5.O’tish prosessidagi kechikishlar.
Ob’ekt bir rejimdan ikkinchi rejimga o’tish prosessida chiqish signali Xq(t) krish signali Xq(t) ga nisbatan kechikadi. Kechikish vaqti bir sig’imli ob’ektlardan kam, ko’p sig’imli ob’ektlarda ancha ko’p bo’ladi. Bu kechikish odatda ob’ektning o’tish grafigi Xq(t) orqali aniqlanadi. Bir sig’imli statik ob’ektning o’tish xarakteristikasidan kirish signali Xq(t) bilan ob’ektdan chiquvchi signal Xq(t) orasidagi boshlang’ich kechikish yo’qligini ko’rish mumkin. Bunda rezervuarga suyuqlik tushishi bilanoq, rostlanuvchi parametr suyuqlik balandligi ∆N yoki Xq(t) paydo bo’la boshlaydi. Amalda, ko’pincha, bunday bo’lmaydi, rostlanuvchi parametr Xq(t) vaqt bo’yicha bir oz kechikib, paydo bo’ladi. Buni ikki sig’imli ob’ekt misolida aniqroq ko’rishimiz mumkin (4-rasm,b).
Ikki sig’imli ob’ektda birinchi rezervuarga tushgan suyuqlik ikkinchi rezervuarga birdaniga o’ta olmaydi, bunga birlashtiruvchi truba uzunligi va jo’mrak qarshiligi R sabab bo’ladi. Natijada prosessning boshlanish qismidagi vaqt oralig’i for ichida rostlanuvchi parametr Xq(t) ning o’zgarish tezligi kirish signali Xk(t) ning o’zgarish tezligidan kam bo’ladi; chiqish signali vaqt bo’yicha kirish signaliga nisbatan for vaqtga kechikadi (4-rasm,b). Kechikishning bu turi krolik kechikishi deb ataladi. Oraliq kechikish vaqti for ni topish uchun ob’ektning o’tish xarakteristikasiga av urinma o’tkaziladi, shunda vaqt o’qidagi oa oralig’i kechikish vaqtini ko’rsatadi.
4-rasm,
Avtomatik sistemalarda oraliq kechikishdan tashqari transport kechikishi (ft) deb ataladigan signal kechikishi ham bo’ladi. Bunday kechikish ob’ektga kiruvchi miqdor bironta signal o’tkazuvchi qurilma (transportyor, truboprovod,elektr liniyasi va boshqalar) orqali o’tganda sodir bo’ladi. Shu sababli ob’ektga kiruvchi miqdor bilan chiquvchi miqdor orasidagi o’zgarishlari orasidagi kechikish vaqti f orqali kechikish vaqti for hamda transport kechikish vaqti ft larning yig’indisidan iborat bo’ladi:
f= for + ft (3)
Ikki sig’imli ob’ektlarning o’tish grafigi (4-rasm,b) boshlang’ich qismida chiqish signalining juda sekin o’zgarishiga sabab bo’ladigan sig’imlar oralig’ida kechikish (for) borligi bilan bir sig’imli ob’ektlarning o’tish grafigidan farq qiladi.
Agar ikki sig’imli ob’ekt sof kechikishli bir sig’imli ob’ekt bilan almashtirilsa,undagi oraliq kechikishi for sof kechikish bilan almashtirilgan va ikkinchi tartibli ob’ekt (4-rasm,a) xarakteristikasi sof kechikishli birinchi tartibli ob’ekt xarakteristikasi bilan aproksimasiya qilingan bo’ladi (4-rasm,v).Shunday qilganda berilgan yuqori tartibli ob’ekt uchun regulyator tanlash, avtomatik rostlash sistemasini analiz qilish birmuncha soddalashadi.
|