Ob’ektning o’tish vaqti va vaqt o’tish konstantasi




Download 177,46 Kb.
bet5/7
Sana23.07.2021
Hajmi177,46 Kb.
#15866
1   2   3   4   5   6   7
4.Ob’ektning o’tish vaqti va vaqt o’tish konstantasi.

Ob’ektning dinamik rejimlardagi xususiyatlari bir rejimdan ikkinchi rejimga o’tish vaqti tr, vaqt konstantasi T va umuman o’tish vaqtidagi kechikishlari bilan ifodalanadi. Bu xususiyatlar ob’ektning o’tish grafigi Xq (t) asosida aniqlanadi.



O’tish grafigi deb ob’ektga biron tashqi ta’sir natijasida undagi rostlanuvchi parametrning (tezlik, temperatura, bosim, rezervuardagi suyuqlikning balandligi) vaqt bo’yicha o’zgarishini, ya’ni bir barqaror ish rejimidan ikkinchi barqaror ish rejimiga o’tishni ko’rsatadigan grafik Xq (t) ni aytiladi.

Bu grafiklar ob’ektga ma’lum miqdordagi tashqi ta’sir (3-rasm) yoki modda oqimi (kiruvchi signal ∆Q) mavjud bo’lgan sharoitda hisob qilinadi yoki yozib olinadi.

Vaqt konstantasi T deb ob’ektning rostlovchi parametri Xq(t) o’zgarmas tezlik bilan o’zining maksimumi qiymatiga ega bo’lguncha ketadigan vaqtni aytiladi. Vaqt konstantasini ob’ektning o’tish grafigi asosida aniqlash usuli 3-b,vrasmda ko’rsatilgan. O’zicha tenglashish bo’lmagan statik ob’ektlar uchun vaqt konstantasi T, Xq(t) to’g’ri chiziq bilan rostlanuvchi parametr Xq(t) ning berilgan maksimal qiymati Xqmax dan o’tkazilgan gorizontal chiziqning kesishgan nuqtasining vaqt o’qidagi proeksiyasiga teng bo’ladi.

O’zicha tenglashishi bo’lgan statik ob’ektlarda bunday emas, chunki ularning o’tish grafigi eksponensial egri chiziqdan iborat bo’lgani uchun rostlovchi parametrning tezligi egri chiziq bo’yicha o’zgaradi. Shu sababli o’zicha tenglashishli ob’ektning vaqt konstantasini topish uchun o’tish grafigining boshlanish qismiga urinma o’tkaziladi va bu urinma Xq ning maksimal qiymati Xmax dan o’tkazilgan gorizontal chiziq bilan kesishish nuqtasi S topiladi. Bu nuqtaning vaqt o’qiga preksiyasi bo’yicha ob’ektning vaqt konstantasi T aniqlanadi.

Ob’ektning o’tish vaqti. Ob’ektga keladigan energiya yoki modda oqimining nominal qiymati ∆=const ta’siri ostida rostlanuvchi parametr Xq(t) ning noldan yangi barqaror rejimdagi qiymatga ega bo’lguncha o’tadigan vaqt ob’ektning o’tish vaqti Tr deyiladi.

O’tish grafigi o’zicha tenglashishi bo’lgan ob’ektlar uchun eksponensial egri chiziq Xq (t) =Xmax (t) (1-e-1/T) bo’lgani uchun o’tish vaqti cheksiz qiymatga intiladi. Amalda bunday ob’ektlarning o’tish vaqti vaqt konstantasi T orqali quyidagicha aniqlanadi:




Tr

t =0

t=T

t =4T

t =5T

Xq

0.0

0.632

0.982

0.993

Jadvaldan ko’rish mumkinki, o’tish vaqti 5T qilib olinganda rostlanuvchi parametrdagi xato 0.7 foizni tashkil qiladi. Har bir ob’ektning o’tish vaqti o’z fizik ma’nosiga ega. Elektr yuritmaning o’tish vaqti uning elektr tarmog’iga ulangandan boshlab, nominal aylanishga (barqaror rejimga) o’tguncha ketadigan vaqtdan iborat.

Issiqlik ob’ektlarining o’tish vaqti deb, pech energiya tarmog’iga ulangandan boshlab, uning rostlanuvchi parametri pech temperaturasi maksimal qiymatga ega bo’lguncha ketgan vaqtga aytiladi. O’tish vaqti va ob’ektning vaqt konstantasini tajriba asosida ham aniqlash mumkin. Buning uchun ob’ekt energiya yoki modda manbaiga ulangandan boshlab, vaqtga bog’liq ravishda rostlanuvchi parametrning o’zgarishini o’lchov asbobi yordamida o’lchab yozib borish va shu miqdorlarga asosan grafik Xq(t) ni qurish lozim. Bu grafikda barqaror rejimga o’tguncha ketgan vaqt ob’ektning o’tish vaqti bo’ladi, ob’ektning normal ish rejimi o’tish vaqti Tr dan keyin boshlanadi.


Download 177,46 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 177,46 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ob’ektning o’tish vaqti va vaqt o’tish konstantasi

Download 177,46 Kb.