20-Rasm. Gaz taqsimlash mexanizmi detallarini joylashish sxemalari.
a-klapanlari va taqsimlash vali pastda-silindrlar blokida joylashgan;b-klapanlari
yuqorida-silindrlar blokining kallagida, taqsimlash vali pastda-silindrlar blokida
joylashgan; d va e-klapanlari va taqsimlash vali yuqorida-silindrlar blokining
kallagida joylashgan.
1-taqsimlash valining mushtchasi;2-turtkich; 3-rostlash bolti; 4-klapan; 5-prujina;
6-kiritish kanali; 7 va 8-tishli g'ildiraklar; 9-shtanga; 10-koromislo; 11-koromislo
o'qi; 12-taqsimlash valining yuritmasi; 13-tishli shkiv yoki zanjir; 14-rostlovchi
shayba; A-issiqlik tirqishi.
Klapanlari yuqorida joylashagan gaz taqsimlash mеxanizmi hozirgi kunda
barcha avtomobillarda ishlatiladi. Bunda klapanlar silindrlar kallagida joylashgan
bo’lib, yonish bo’linmasi ixcham, siqish darajasi va to’ldirish
koeffitsеnti katta
bo’ladi. Bu omillar avtomobil davigatеlining quvvatini va tеjamkorligini oshiradi.
Ushbu gaz taqsimlash mеxanizmi quyidagi dеtallardan tashkil topgan: taqsimlash
vali bilan uning shеstеrnyasi, koramislolar bilan uning o’qi, klapanlar,
mahkamlovchi dеtallar bilan klapan prujinalari va yo’naltiruvchi vtulkalar.
Bu mexanizm quyidagicha ishlaydi: taqsimlash
vali aylanganda uning
mushtchasi turtkichga tiralib, uni shtanga bilan birgalikda yuqoriga ko’taradi.
Harakat shtanga orqali, koromislining ketingi uchiga burab kiritilgan boltga o’tadi
va koromislo o’z o’qi atrofida buriladi. Burilish natijasida ikki yelkali koromisloning
bir uchi klapan o’zagining tub qismiga tegadi va uning pastga itaradi, klapan
prujinasi
siqiladi, natijada klapan kallagi o’z o’rindig’i egardan siljiydi va yangi
zaryad (yonilg’i aralashmasi yoki havo) keladigan yoki ishlatilgan gazlar chiqib
ketadigan teshik ochiladi. Klapan to’la ochilgan payt turtkichning tubi mushtchaning
eng yuqorigi qismida turgan holatiga to’g’ri keladi. Taqsimlash vali burilgan sari
turtkich mushtchaning do’ng qismidan chetga chiqadi va shtanga bilan birgalikda
pastga siljiydi. Klapan esa prujina ta’sirida tepaga
siljiydi va tubi bilan
koromisloning oldingi uchiga qattiq tiraladi, natijada koromislo o’z o’qi atrofida
buriladi. Demak, klapan prujina ta’sirida avvalgi vaziyatini egallaydi, ya’ni uning
kallagi o’z o’rindig’ida jips o’tiradi.