|
Nokni saqlash texnologiyasi
|
bet | 3/6 | Sana | 03.02.2024 | Hajmi | 23,46 Kb. | | #151115 |
Bog'liq portal.guldu.uz-6-MavzuNokni saqlash texnologiyasi. Nokning saqlashga chidamli navlarini 4–5 oy, kuzgi navlarini esa 1,5–2 oy saqlasa bo‘ladi. Nok olmaga nisbatan tez urinib qoladi, shu sababli uni uzishda va yashiklarga joylashda ehtiyotkorlik bilan ishlash talab qilinadi.
Nok odatda pishib yetilish oldidan uzilib, toza va quruq yashiklarga joylashtiriladi. YAshiklar tagiga qog‘oz yoyib qo‘yiladi, qog‘ozning ikkinchi uchi nokning ustiga yopiladi. Qog‘oz ustiga qirindi sepiladi yoki karton yopiladi. Nokni shaxmat usulida joylashtirib qator orasiga qirindi sepish ham mumkin. YAshiklar xuddi olma singari taxt qilib qo‘yiladi.
Gaz muhiti boshqarilib turiladigan omborlarda nok 300–350 kilogrammli konteynerlarda saqlanadi.
Nokni saqlashda harorat 1–2S gacha bo‘lishi maqbul hisoblanadi. Ko‘pincha bu haroratda o‘ta kechpishar navlardan terilgan mevalar juda sekin yetiladi va saqlash muddatining oxirigacha rangini yo‘qotmay qattiq holda bo‘ladi. Bunday noklarni savdoga jo‘natishdan avval 4–7 kun davomida 15–20S da saqlab yetiltirish lozim.
Omborda havoning nisbiy namligi 85–90% bo‘lishi kerak. Shunga e’tibor berish kerakki, omborda havo haroratining tez-tez o‘zgarib turishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim, aks holda mevalar tez yetilib qolishi mumkin, bunday nokni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi.
Nokni boshqariladigan gaz muhitida uzoq vaqt saqlash mumkin. Bunda kislorodning miqdori navlar bo‘yicha 2–3%, karbonat angidridning miqdori 1-5% gacha bo‘lishi ularning sifatli saqlanishini ta’minlaydi.
Behini saqlash texnologiyasi. Behi odatda havo quruq paytida terib olinadi. Terish paytida uning ustidagi tuki saqlanib qolishi muhim hisoblanadi. Tuk behining saqlashga chidamliligini oshiradi.
Behi saqlash uchun yashiklarga joylashtirilganda tagiga kog‘oz to‘shaladi va oralariga qirindi solinadi. Behi 35 kg yashiklarga yoki konteynerlarga (gaz muhiti boshqariladigan omborlarda) joylashtiriladi.
Behini saqlashda havo harorati 0–1S, nisbiy namligi 85% bo‘lgan omborlarda saqlanadi.
|
| |