Danakli mevalarni saqlash




Download 23.46 Kb.
bet4/6
Sana03.02.2024
Hajmi23.46 Kb.
#151115
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
portal.guldu.uz-6-Mavzu
Документ Microsoft Word (2), Qizil kitob - Vikipediya, 10-Amaliyot. (Deklar), KOMPYUTERLARNIN-WPS Office, Tabiatda bialog, Abu Rayhon Beruniy, Orol dengizi qurigan tubining hozirgi ahvoli, HUQUQTaqvim betlik(1) (4), 2-Tajriba ishi, Texnologiya fani bo‘yicha o‘zbekiston respublikasi uzluksiz ta’l, Zinama-zina-texnologiyasi, Олимов. Тик жихозлари, Umumiy psixologiya, Zamonaviy organik kimyo, KIMYO MAGISTRATURA dastur
2.Danakli mevalarni saqlash. Danakli mevalarning saqlashga chidamliligi past bo‘lib, ular o‘zidan suvni tez yo‘qotib, so‘liydi, shu bilan birga kasalliklarga tez chalinadi.
O‘rik saqlash uchun sal g‘o‘raroq, eti tig‘iz, mazasi naviga xos bo‘lib yetilgan paytida uziladi. O‘rikni iloji boricha bandi bilan birga uzish kerak.
Yirik va o‘rtacha kattalikdagi o‘riklar to‘g‘ri qatorlarga terilib, maydalari esa to‘kma qilib yashiklarga joylanadi. YAshik tagiga qirindi solinadi va ustiga qog‘oz to‘shaladi uning ustiga ham qirindi sepiladi.
O‘rik 0S haroratda va nisbiy namligi 85–95% bo‘lgan. sharoitda saqlanadi. Bunday sharoitda o‘rikni 1–1,5 oy saqlash mumkin. Havo harorati 17–25S bo‘lgan omborlarda o‘rikni 8–10 kun saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida o‘rikni 1,5–2 oy saqlash mumkin. Bunda karbonat angidridning miqdori 3–5%, kislorodning miqdori 2–3% va azotning miqdori 92–95% bo‘lishi lozim.
Olxo‘rini saqlash uchun yashiklarga to‘g‘ri qator qilib joylashtiriladi. Mayda olxo‘ri yashikka to‘kma qilib solinadi. Olxo‘ri harorati 0–1S, nisbiy namligi 90–95% bo‘lgan omborlarda saqlanadi. 1S haroratda saqlanganda ma’lum vaqtdan keyin uning eti qorayadi.
Poliyetilen xaltachalarda -1S haroratda 2–3 oy saqlash mumkin.
Boshqariladigan gaz muhitida saqlashda uning tarkibi quyidagicha bo‘lishi tavsiya qilinadi: karbonat angidrid 3–4%, kislorod 3%, azot 93–94%.
Olcha va gilos havo harorati 0–1S va nisbiy namligi 85–90% atrofida bo‘lgan omborlarda saqlanadi. Gilosni odatda 30 kun, olchani 10–15 kun saqlash mumkin. Lekin poliyetilen xaltachalarga 1 kg dan joylashtirilgan olchani bir oygacha, boshqariladigan gaz muhitida (СO2–10%, O2–11%, N2–79%) 1,5 oygacha saqlash imkoni bor.
Qulupnayni xolodilnikda 0S haroratda va nisbiy namlik 90–95% bo‘lganda 3–5 kun, boshqariladigan gaz muhitida 10–15 kun saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi СO2–5–8%, 02–3%, N2–89–92% bo‘lishi talab qilinadi.
Sitrus mevalar 20 kilogrammli yashiklarga shaxmat yoki diagonal usulda teriladi. Har bir meva yupqa qog‘ozga o‘raladi. O‘rov qog‘oziga 1 mg difenil eritmasi shimdirilsa, meva yaxshi saqlanadi.
Sitrus mevalar 0S atrofidagi haroratda saqlanadi. Limon 2–3S haroratda, 85–90% nisbiy namlikda, mandarin va apelsin esa 1–2S haroratda to‘rt–olti oy saqlanishi mumkin.
Limonlarni boshqarilib turiladigan gaz muhitida 10S haroratda olti oygacha saqlash mumkin. Gaz muhitining tarkibi 02–10%, N2–90% bo‘lishi lozim.
Sitrus mevalarning pishib yetilishini tezlashtirish uchun etilendan foydalaniladi. Bunda 1 l havoga 10 mg etilen gazi aralashtiriladi.



Download 23.46 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 23.46 Kb.