|
6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari
|
bet | 11/25 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 407,28 Kb. | | #230749 |
Bog'liq 6-soat reja Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va Tashkiliy – pedagogic sharoitlar
|
- ilmiy-metodik,
|
- faol uzarota’sir, ishni ishlab
|
|
- tashkiliy-boshqaruv
|
chiqish uchun tashkilot, muasssasa,
|
|
|
laboratoriya, kafedraga ariza
|
|
|
berilishi, kasbga oid muxim
|
|
|
muammolarni yechish;
|
|
|
- Magistrlik dissertatsiyasi mavzusi,
|
|
|
ilmiy rahbar va ilmiy maslaxatchini erkin tanlash imkonini yaratilishi
|
|
- kasbiy o’zlashtirish
|
- ijobiy psixologik muxit;
|
|
motivatsiyasi;
|
- uzaro xurmat;
|
|
- uz vaqtini erkin
|
- empatiya;
|
|
rejalashtirish;
|
— talaba va o’qituvchining ishchan
|
|
- uziga xoslikning
|
ruxdagi, hamkorlikdagi munosabati;
|
|
yuzaga kelishiga bo’lgan
|
- talaba tomonidan uz kadr-kimmati
|
|
kurmat;
|
va kamchiliklarining anglanishi;
|
|
- dolzarb xayotiy
|
- bilimlar kulami, muloqot kila
|
|
muammolarni ochik
|
olish ko’nikmasi;
|
muxokama qilish;
|
- uz xayotiy va kasbiy faoliyatini
|
- ta’limning
|
olib borish san’atini loyixalash
|
|
- moliyaviy-iqtisodiy,
|
kobiliyati
|
|
- moddiy-texnik,
|
- ta’lim jarayonida zamonaviy,
|
|
- me’yoriy-huquqiy,
|
ilmiy asoslangan o’quv-megodik
|
|
- axborotli
|
metodik qo’llanmalarni ishlab chiqish
|
|
- ilmiy-nazariy va
|
va ularni amaliyotga tatbik etish;
|
|
dasturiy-metodik,
|
- zarur bo’ladigan o’quv-mstodik va
|
|
- kadrlar masalasi
|
ma’lumotlar bo’yicha tayyorlamgan
|
|
|
materiallarning tushunarliligi
|
|
|
(ommabopligi);
|
|
|
- fanning ishchi dasturi haqida
|
|
|
ma’lumot beradigan metodik qo’llanma
|
|
|
ishlab chiqish;
«o’qituvchi-tapaba» o‘rtasida safarbar qayta aloka tizimni yaratish
|
Sub’yekt – shaxsiga
oid sharoitlar
Taqvim rejada talaba bajaradigan quyidagi ishlar aks etgirilishi lozim:
mavzu bo’yicha adabiyotlarni tanlash va tanishib chiqish;
magistrlik dissertatsiyasining dastlabki rejasini tuzish;
tanlab olingan adabiyotlarni chuqur o’rganish va yig’ilgan materiallarni qayta ishlash;
magistrlik dissertatsiyasining oxirgi variantdagi rejasini tuzish;
magistrlik dissertatsiyasining matnini yozish;
magistrlik dissertatsiyasini rasmiylashtirib, dastlabki himoyaga olib chiqish.
Mavzuni bayon qilishda, avvalambor, bu mavzuni moxiyatini ochib berish, ikkinchidan qo’yiladigan masalalar va ularni yoritilishi bir - biriga bog’liq holda bo’lishi lozim. Shu bois, magistrlik dissertatsiyasiga qo’yilgan asosiy talablardan biri tanlangan mavzuni chuqur va qamrovli bayon qilish hamda ko’rilayotgan savollarni uzviy bog’liqlikda yoritib berishdan iborat.
Magistrlik dissertatsiyasida ko’riladigan savollar uning maqsadini ochib berishga qaratilgan bo’lishi lozim. Magistrlik dissertatsiyasi matnida uning mavzusiga taalluqli bo’lmagan matn va amaliy materiallar keltirilmaydi. Barcha bo’limlarda g’oya birligi va izchilligi ta’minlanishi zarur. Aksariyat xollarda magistrlik dissertatsiyasining birinchi bobida tanlangan mavzuning nazariy jixatlari yoritiladi. Unda talaba shu mavzuni nazariy jixatdan qanchalik darajada bilishini, turli mualliflarning asarlari va shu soxadagi fikrlarini o’rganganligi, mazmuniy va mantiqiy jixatdan tadqiqot qilinayotgan mavzuga o’z fikrini bildira olishini ko’rsata olishi juda muxim hisoblanadi.
Magistrlik dissertatsiyasi bajarish uch bosqichda quyidagi amalga oshirish texnologiyasi bo’yicha bajarilishi mumkin:
3-chizma
Magistrlik dissertatsiyasining tavsifiy xususiyatlari va uni amalga oshirish texnologiyasi
Магистрлик диссертацияси
лойихаси
Magistrlik dissertatsiyasining tayyorlash ilmiy tadqiqot mantikiga buysunib xakidiy ilmiy tadqiqot tizimga uxshash eki aynan shunday tuzilmaga ega
I. Tayyorlov bossichi
Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining dolzarbligini asoslash
Magistrlik dissertatsiyasi muammosini, uning predmeti vaob’yektini shakllantirish
Kdror taxminini oldinga surish
Magistrlik dissertatsiyasi vazifalarini belgilash
Ma’lumotlar manbalarini aniqlash
Tadqiqot usullaoini tanlash
Bajarish bossichi
Tadqiqotni amalga oshirish
Xulosalar
Tadqiqot natijaparini aniqlash, ularni yanada rivojlantirish uchun yangi muammolarni belgilash
Natija bossichi
Olingan natijaparni taqdim etish va muxokama qilish
Magistrlik dissertatsiyasigatashki (ekspert) baxosi
Magistrlik dissertatsiyasining mazmuni va tarkibiy tuzilishi
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibini ishlab chiqish magistrlik dissertatsiyasining asosiy bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Dissertatsiya tarkibining to’g’ri tuzilishi magistrantga ilmiy izlanishning maqsad va vazifalarini aniq ifodalashni, qo’yilgan maqsadga erishish usullari, yo’llari va ob’yektlarini hamda dissertatsiya ishining bosqichlarini to’g’ri tayyorlashga imkoniyat beradi. Dissertatsiya tarkibini ishlab chiqish uchun dissertant izlanish bo’yicha dastlabki manbaalarni, adabiyotlarni, xorijiy ma’lumotlarni, maxalliy, ilmiy, statistik va boshqa tegishli manbalarii mukammal o’rganish lozim.
Tadqiqot loyixasi mutaxassislik kafedrasi yig’ilishida muxokama qilinadi va dissertatsiya mazmuni bo’yicha kerakli taklif va muloxazalar beriladi.
Magistrlik dissertatsiyasining tarkibi va tuzilishida quyidagilar qayd etiladi:
dissertatsiyaning sarvarag’i;
dissertatsiyaning mundarijasi 5-ilova);
Magistrlik dissertatsiyasi tarkibi:
titul varag’i (4-ilova);
mundarija;
kirish;
asosiy qism (2-3 bobdan iborat);
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan iborat.
Mundarijada kirish, bob va paragraflar nomlari, ular joylashgan
saxifa betlari ko’rsatiladi.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, dissertatsiya ishining maqsad va vazifalari, amaliy ahamiyati, ilmiy yangiligi, tadqiqot ob’yekta, predmeta hamda dissertatsiyaning tuzilishi (xajmi, rasmlar va jadvallar, foydalanilgan adabiyotlar soni) yoritiladi.
Dissertatsiya ishining asosiy qismida mavzu bo’yicha shu kungacha amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar, yangiliklar, ixtirolar, meyoriy ko’rsatkichlar taxlil qilinadi hamda ularga tayangan holda ilgari surilayotgan g’oya va fikrlar ilmiy jixatdan asoslanib tegishli yechimlar, takliflar tavsiya etiladi.
Dissertatsiya ishining xulosa qismida tadqiqot natijasida chiqarilgan xulosalar va aniq takliflar, shu jumladan, dissertatsiya ishini bajarish davrida magistrantning shaxsan erishgan natijalari ham mujassamlashtiriladi, qisqa xulosa va takliflar dissertatsiya ishining ayrim boblari yakunida ham beriladi.
Dissertatsiya ishini bajarish jarayonida foydalanilgan va o’rganib chiqilgan adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar, nashr qilingan ilmiy maqolalar, olingan patentlar ro’yxati va Internet ma’lumotlari matnda ishlatilish ketma-ketligida beriladi (6- ilova).
Ilovalar qismida dissertatsiya ishining ayrim qismlari uchun zarur bo’lgan ko’rgazmali chizma, sxema, jadval va rasmlar keltiriladi.
Dissertatsiya ishi talaba o’qigan tilda, kafedra tavsiyasiga muvofiq xorijiy tillarda ham yozilishi mumkin. Xorijiy tilda bajarilgan ishga davlat (yoki rus) tilida annotatsiya ilova etiladi hamda dissertatsiya himoyasi xorijiy tillar kafedrasi o’qituvchisi ishtirokida tarjima bilan o’tkazidadi.
Magistrlik dissertatsiyasini bajarish jarayonida talaba butun o’quv faoliyatida olgan bilimlari, egallagan ko’nikmalari asosida quyidagi kasbiy malakaviy talablarga ega bo’lishi lozim:
Vazirlar Maxkamasining ta’lim to’g’risidagi me’yoriy hujjatdari bilan ishlay olishi;
Davlat ta’lim standartlarida kursatilgan me’yoriy talablarga to’liq amal qilishi;
o’quv rejasiga muvofщ tarzda faoliyat yurita olishi;
ijodiy izlanish asosida ta’lim mazmuniga tegishli o’zgartirishlar kirita olishi;
elektron darsliklar uchun animatsiyali taqdimotlar yarata olishi;
ko’rgazmali qurollar va tarqatma materiallar tayyorlay olishi;
zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosda dars o’ta olishi;
muammoli ta’limni amalga oshirish va uning o’ziga hos xususiyatlarini takomillashtirib borishi;
o’quvchi-talabalar bilan dustona munosabatlarni shakllantira olishi;
pedagogik madaniyat va kasbiy maxoratga ega bo’lishi;
o’quvchi-talabalar bilan individual va tabaqalashtirilgan holda ta’limni amalga oshira olishi;
iqtidorli o’quvchilarni izlash va ular bilan individual ishlash rejasini tuza olishi;
o’quvchi-talabalarning mustaqil faoliyat ko’rsatishini ta’minlay olishi;
o’quvchi-talabalar uchun pedagogik, psixologik va kasbiy yo’nalishlarda qo’shimcha mashg’ulotlar tashkil etishi;
mustaqil ta’lim jarayonida o’quvchilarning ilmiy-ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishi;
o’quv jarayonida o’quvchi-talabalarga modellashtirish va avtomatlashtirish metodlarini qo’llay olishlariga imkoniyat yarata olishi;
darsni rejalashtirish jarayonida vaqtdan samarali foydalanish uchun auditoriyaga beriladigan axborotni to’g’ri taqsimlay olishi;
darsda beriladigan axborot xajmi va o’quvchini o’zlashtirish darajasini inobatga olgan holda metodika qonuniyatlarini ishlab chiqishi va ulardan eng qulay metodlar va usullarni tanlab tatbiq eta olishi;
darsda qo’yilgan aniq maqsadga erishish uchun belgilangan vazifalar yechimi asosida kafolatli natijani qo’lga kiritish;
erishilgan yutuq va kamchiliklar yuzasidan o’z-o’zini taxlil etish va o’z faoliyatiga tanqidiy baxo berishi;
«o’qitish jarayonida pedagogik-psixologik usullarni to’g’ri tanlay olishi va ularni qo’llash uchun yangi tavsiyalar berib borishi;
«zamonaviy pedagogik texnologiyalar (interfaol metodlar, Blum taksonomiyasi, motivatsiya va turli xil strategiyalar)ni taxlil etib, ularni ta’lim va tarbiya jarayonida qo’llash metodikasiii ishlab chiqish;
«texnologik jarayonlarni o’qitish tamoyillari va metodlari asosida estetik hamda iqtisodiy samaradorlik tomonlarini o’rganish;
«kasbiy fanlarni o’qitishning umumiy tamoyillari va metodlarini ishlab chiqish;
elektron darsliklar asosida ta’lim bera olishi (mavzuni yoritish jarayonida elektron darsliklar imkoniyatlari yordamida taqdimotlar namoyish etishi);
ta’lim jarayonida masofadan o’qitishni tashkil eta olishi (ushbu xolatda masofadan o’qitish metodlarini taxlil qilishi va ularni qo’llash uchun tavsiyalar ishlab chiqishi);
o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni yuzaga keltira olishi (auditoriyaga berilayotgan axborotni turli usullar, tarqatma materiallar asosida mavzu bo’yicha muammoli vaziyatlarni yarata olishi hamda o’tilayotgan mavzuga o’quvchilarning tanqidiy fikrini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqishi);
interfaol metodlardan foydalanib o’qitishni tashkil etishi;
auditoriyani psixologik jixatdan boshqara olishi;
o’quvchilarda mavzu bo’yicha savollar, baxslar sharoitini yaratishi;
darsning yutuq va kamchiliklariii aniqlab, barcha o’z fikrini ifodalash imkonini beruvchi usullarni tavsiya etishi;
o’quvchilarning ijodiy imkoniyatlarini faollashtirish maqsadida auditoriyada psixologik muloqot o’rnatish uchun kichik guruxlarni shakllantira olish;
darsda belgilangan vazifa va muammodan kelib chiqadigan maqsadlarni ifodalay olishi;
auditoriyada tashkil etilgan guruxdarda pedagogik g’oyalar tizimini shakllantira olishi;
gurux a’zolari tomonidan tashlangan pedagogik g’oyalarni tizim xoliga keltirib tasniflashi;
keltirilgan g’oyalarni destruktivlashi, ya’ni amalga oshirish imkoniyatiga qarab baxolashi;
o’quvchilar tomonidan bildirilgan tanqidiy muloxazalarga ob’yektiv baxo bera olishi;
o’quvchilarning tanqidiy, taxliliy va aniq mantidiy fikrlashlarini rivojlatirish uchun ularga o’z fikrini yozma yoki og’zaki shaklda ixcham bayon etish va himoya qilishga tegishli shart-sharoitlar yaratishi;
ta’lim berish jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qanday qo’llash va o’qitish uchun lozim bo’ladigan me’yoriy hujjatlarni tuza olishi;
mavzu bo’yicha dastur, yordamchi chizmalar, tarkatma materiallar va o’z fikrini o’zgalarga yetkaza olishi hamda himoya qila olishi;
dars yakunida o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilgan bilimlarni tartibga solishi va ularni umumlashtira olishi;
ob’yektlar mikdoriy va sifat munosabatlarini ifodalash uchun matematik metodlarni qo’llashi;
eksperiment ma’lumotlarini ishlab chiqishning asosiy usul va yuriqlaridan foydalanishi;
olingan natijalarning foydalanish chegarasini baxolab va ular ierarxik tuzilishini xisobga olib modellarni tadqiq etishi;
kompyuter grafikasi vositalarini qo’llash bo’yicha ko’nikmalariga ega bo’lishi;
texnologik jarayonlarni boshqarish, ishlab chiqarish xom ashyosiga ishlov berish, jarayonlarning omillarini tanlash va o’rnatish, texnologik jarayonlarni loyixasini tuzish va amalga oshirishni bilishi;
ishlab chiqarish texnologik uskunalardan foydalanish va ularga texnika xizmati ko’rsatishini tashkil etishi;
boshlag'ich texnologik bo’ginni tashkil etish va boshqarish haqida tushunchaga ega bo’lishi;
pedagogik va soxa tarmoqlarining rivojlanish qonuniyatlarini mukammal bilishi va ularni texnikaviy-iqtisodiy taxlil qilish, texnikaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarni aniqlashni bilishi;
psixologiya va pedagogikaning dolzarb muammolarini o’rganish bo’yicha namunaviy usullarda ilmiy-amaliy tadqiqot o’tkazishi;
uzluksiz ta’lim muassasalarida o’quv jarayonini tashkil etishi va o’tkazilishiga ko’maklashishi;
tadqiqotlarda ishtirok etishi, ma’lumotlarni to’plashi, umumlashtirishi va taxlil etishi va x-k.
Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismi quyidagilarni o’z ichiga olishi lozim:
mavzuning dolzarbligi (mavzu asosnomasi);
muammoning o’rganilganlik darajasi;
tadqiqot ob’yekti (voqealarning ijtimoiy psixologik, pedagogik, etnik, milliy, xududiy va jinsiy ketma-ketlikda sodir bo’lishiga asoslangan doiralari)
tadqiqot maqsadi;
tadqiqot vazifalari;
kutiladigan natija;
tadqiqot metodlari;
tadqiqotning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati;
foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy taxlili;
ishning tarkibiy tuzilishi.
Magistrlik dissertatsiyasining kirish qismida dissertatsiyaning dolzarbligi asoslanadi, amaliy ahamiyati, ilmiy yangilik yoki muammolik tomonlari aks ettiriladi, tadqiqot predmeti dissertatsiyada ko’rib chiqiladigan muammolar, ishning maqsad va vazifalari belgilab beriladi.
Foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy taxlilini tuzishda qo’yilgan muammoni o’rganish uchun ular nimani berishligini aniqlash, shuningdek, ularning muallifi qanday manbalarga tayanganliklariga e’tibor qaratish lozim. Buning uchun foydalanilgan manba va adabiyotlarning tanqidiy taxlili sifatida oddiy keltirilgan me’yoriy-xuquqiy dalolatnomalar, ularning mualiflari va ishlarini almashtirish mumkin emasligini unutmaslik lozim.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar taxlili mavzuyi yoki ko’rgazmali tamoyil bo’yicha tuzilishi, talabaning (ya’ni, uning o’qigan materiallariga shaxsiy munosabati) baxosini o’z ichiga olishi, muammoning qayta ishlanganlik darajasini ko’rsatishi, to’liq o’rganilmagan masalalarni aniqlashi lozim. Kirish qismi magistrlik dissertatsiyasi umumiy xajmining 10-15 foizini tashkil etishi lozim.
Magistrlik dissertatsiyasining asosiy qismida tadqiqot uchun tanlangan mavzuning nazariy jixatlarini yorituvchi bob va bo’limlardan tashkil topishi, tadqiqot metodi va texnikalarini kirituvchi mazmun, kutiladigan natijalarning bayon etilishi, xulosalarning shakllantirilishi va amaliy tavsiyalar berilishi lozim.
Zarurat tug’ilganda magistrlik dissertatsiyasida talaba tomonidan taklif etilayotgan tavsiyalarning tatbiq etilishidagi ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari beriladi.
Asosiy qismni tashkil etuvchi bob va bo’limlarning mazmuni magistrlik dissertatsiyasi mavzuiga to’liq mos kelishi va uni to’la ochib berishi darkor. Bob va bo’limlar talabaning qisqa, mantiqan to’g’ri va dalillar keltirib tuplagan, tizimlashtirgan hamda taxlil qilgan materiallarini bayon etish qobiliyatini namoyish etishi lozim.
Asosiy qismni tashkil etuvchi boblar:
• O’rganilayotgan muammoning nazariy-metodik asoslari;
O’rganilayotgan muammoning qaysidir muayyan o’quv muassasasida aniqlanishi va taxlil qilinishi;
muammoni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar va tavsiyalar ishlab chiqish;
dissertatsiyaning bajarilishini ta’minlovchi texnik ta’minot;
dissertatsiyaning iqtisodiy qiymati;
magistrlik dissertatsiyasining huquqiy ta’minoti kabi masalalarni o’z ichiga olishi lozim.
O’rganilayotgan muammoning nazariy-metodik asoslarida:
tadqiqot ob’yekti va predmeti tavsifi hamda moxiyatini (uzoq o’tmishdagi va xozirgi xolati hamda istiqboldagi rivojlanishi) tasvirlanishi;
o’rganilayotgan mavzu doirasida tadqiqot ob’yekta bo‘lib xizmat qiluvchi joylarni baxolab borilishi;
o’rganilayotgan xodisaning rivojlanish xususiyatlari va asosiy yo’nalishlarini ifodalash maqsadida so’nggi yillardagi o’zgarishining taxlil qilinishi;
tadqiqot ob’yekti sifatida ishtirok etuvchi muassasalarda ta’limning tashkil etilishidagi ijobiy va salbiy jixatlarning aks ettirilishi;
ta’limni tashkil etish jarayonidagi etishmovchiliklar natijasida qo’llanilmagan imkoniyatlar va yuqotishlarning miqdor va sifat ko’rsatkichlarda tiklanishiga erishilishi;
ta’limni tashkil etish jarayonida yuzaga kelayotgan kamchiliklar sabablarining ochib berilishi kabi masalalar ko’rib chiqilishi lozim.
O’rganilayotgan muammoning muayyan o’quv muassasasida taxlil qilishda:
ko’rib chiqilayotgan ob’yekt xizmati va istiqboldagi rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan tadqiqot maqsadi;
ob’yekt asosini tashkil etuvchilarni ajratish bilan tarkibiy tuzilmasining yoritilishi va qo’yilgan maqsadlarga erishishda ular ahamiyatining asoslanishi;
taxlil etiluvchi ob’yekt o’rnining ko’proq yuqori tartibdagi tizimda aniqlanishi;
muayyan davr mobaynida tadqiq qilinuvchi ob’yekt vazifalarining: maqsadga erishish darajasi, faoliyatning asosiy masalalarining xal qilinishi, ish sifatining ortishi bo’yicha o’ziga xos xususiyatlarini o’rganilishi va x.k.
Taxlilning dastlabki materiallari talaba tomonidan malakaviy (pedagogik) amaliyoti jarayonida o’rganilgan o’quv muassasasining ish rejasi yoki ularning bir qismi, yillik xisoboti, moliyaviy va statistik xisobot materiallari va boshqa hujjatlar bo’lishi mumkin.
Taxlil va asoslash uchun baza sifatida ko’llaniluvchi materiallar yetarli darajada to’liq va ishonchli bo’lishi lozim. Chunki bularga tayangan holda ish xolatini taxlil qilish, zaxiralarini ochish va ulardan foydalanish yo’llarini belgilash, shuningdek, ishdagi yashirin kamchiliklarni bartaraf etish mumkin bo’lsin.
To’plangan material xajmi va tavsifi qabul qilingan tadqiqot metodikasining o’ziga xos xususiyatlariga bog’liq. Bunda quyidagi metodlardan foydalanish kuzlanishi mumkin: empirik (kuzatuv, taqqoslash, chamalash, o’lchov, tajriba-sinov), ekspert baxolash, ekspert taxlil, hisoblash taxlili, me’yoriy, tashkiliy-loyixalash, grafik taxlil, parametrik, korrelyasion taxlil, variativ, diskriminant, asosli taxlil, evristik (analogiya, inversiya, empatiya, idealizatsiya, «aqliy xujum», assotsiatsiya, sinektika, morfologik taxlil va b.), iqtisodiy-matematik modellash, ijtimoiy-iqtisodiy taxlil (taqqoslash, tanlab o’rganish, guruxlash va korrelyasion taxlil), muxandis-iqtisodiy xisob.
Ta’lim muassasalarida umumkasbiy va ixtisoslik fanlar o’qitilishini o’rganish to’plangan materiallarni qayta ishlashni mo’ljallaydi. Ma’lumotlarni qayta ishlash iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik taxlilni zamonaviy metodlardan foydalanish bilan amalga oshirishni taqozo qiladi.
Ob’yektiv yo’nalish va qonuniyatlarni aniqlash uchun barcha ma’lumotlar ishonchli bo’lishi lozim.
|
| |