• Nazorat uchun savollar
  • Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari. Pedagogik amaliyotning mazmuni va uni tashkil etish.
  • 6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari




    Download 407,28 Kb.
    bet18/25
    Sana14.05.2024
    Hajmi407,28 Kb.
    #230749
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
    Bog'liq
    6-soat reja Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va

    Mavzuning mazmuni: Laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazishga tayyorgarlik. Zarur jihozlar va asbob uskunalarni hozirlash. Laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish. Dars jarayonida o‘qituvchining vazifasi. Havfsizlik texnikasiga e’tibor. Mashg‘ulotni yakunlash.


    Nazorat uchun savollar

    1. O‘quv dasturi va ishchi reja bo‘yicha laboratoriya ishlarining o‘rnini aniqlang.


    2. Laboratoriya ishlaridan maqsad nima.
    3. Laboratoriya mashg‘ulotining tarkibiy tuzilishi qanday.


    Тavsiya etiladigan adabiyotlar

    1. Makiyenko B. “Hunar-texnika bilim yurtlarida pedagogik protsess” Toshkent 1983 yil.


    2. Turdiyev E., Berdiyev B. “Kasb-hunar kollejlarida ta’lim modellari” Qarshi 2006 yil.
    3. Davlatov K. “Mehnat va kasb ta’lim metodikasi hamda nazariyasi” Toshkent 1992 yil.

    11-mavzu: Pedagogik amaliyot, uni tashkil etish va o’tkazish metodlari


    Reja:


    1. Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari.

    2. Pedagogik amaliyotning mazmuni va uni tashkil etish.

    3. Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan hujjatlar.


    Tayanch iboralar: pedagogik amaliyot, pedagogik-psixologik faoliyat, ishlab chiqarish asoslari, kasbga yo‘naltirish, shaxsiy ish rejasi, pedagogik amaliyot kundaligi, darsning tahlili, kalen- dar mavzuli reja, tarbiyaviy ish rejasi, tarbiyaviy soatlar tahlili, to‘garak ishlar rejasi, tarbiyaviy tadbir ssenariysi, psixologik-pe- dagogik tavsifnoma, dars rejasi va ishlanmasi, o‘quv-ko‘rgazmali qurol, tarqatma materiallar.
    Pedagogik amaliyotning maqsad va vazifalari.
    Mehnat ta’limi o'qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim stan­dard talablaridan kelib chiqqan holda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:

    • talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish;

    • talabalarning pedagogik-psixologik fanlar hamda maxsus fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash va amalda qo‘llash;

    • bolajak o‘qituvchilarni amaliy ko‘nikma va malakalar bilan, zaruriy holatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qo‘llash malakalari bilan ta’minlash;

    • talabalarga sinf rahbari vazifalarini bajarishni, yoshlar ijtimoiy harakati tashkilotlari bilan ishlashni o‘rgatish;

    • talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o‘tkazilishi bilan tanishtirish;

    • talabalarga maktab o‘quvchilarini fan olimpiadalariga tay­yorlash rejalari bilan tanishtirish;

    • talabalarni maktab, o‘quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy ahvoli, ilg‘or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;

    • o‘qituvchilarning muhim kasbiy va shaxsiy xislatlarini rivojlantirish;

    • talabalarni bevosita pedagogik-psixologik faoliyatda qatnashishlariga erishish;

    • talabalarni maktab o‘quvchilarini pedagogik kasbga yo‘naltirish va tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga o‘rgatish;

    • pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini joriy va istiqbolli rejalashtirishni o‘rgatish;

    • talabalarda o‘qituvchining ish rejasiga maktab o‘quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish malakasini shakllantirish;

    • ta’lim-tarbiyaviy ishlarning asosiy shakllari (dars, suhbat, o‘yin va boshqalar)ni amaliyotga tatbiq qilishni o‘rgatish;

    • talabalarga maktab o‘quvchilari bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini kuzatish va tahlil qilishni o'rgatish;

    • zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llab dars o‘tishni o‘rgatish kabilardan iborat.

    Pedagogik amaliyot mazmuni va uni tashkil etish.
    O’zbekiston Respublikasi «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ishlab chiqilgan va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-ok- tabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan «O’zbekiston Respub­likasi oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida»gi Nizomga muvofiq Nizomiy nomidagi TDPUda «Talabalarning malakaviy pedagogik amaliyoti» haqidagi Nizom ish­lab chiqilgan.
    Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etadigan, ilg‘or pedagogik va axborot'texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada yetarli ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-moddiy ta’minoti bu- gungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’limning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi.
    Malakaviy pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muassa­salari oliy o‘quv yurti joylashgan hududga iloji boricha yaqin joylashgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

    1. Talabalar amaliyot boshlanadigan birinchi kunida pedagogika oliy o‘quv yurtida, pedagogik amaliyotga bag‘ishlab o‘tkaziladigan konferensiyada qatnashadilar. Konferensiyada ta­labalarni mutaxassisliklariga qarab guruhlarga bo‘linadi va peda­gogik amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan ta- nishtiriladi. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsad vazifalari, dasturi va uning mazmuni, biriktirilgan metodist o‘qituvchilar bilan tanishadilar.

    2. Talabalar biriktirilgan o‘quv muassasasiga boradilar, manzil bilan yaqindan tanishadilar. Maktab rahbari bilan suhbatlashib, uning tarixi va ari’analarini, o‘quv moddiy bazasi va uning pe­dagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish talabiga javob berishini, o‘quvchilar kontengentini o'rganadilar.

    3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedagogik ishlari, maktabdagi o‘quv, metodik ishlar bilan tanishadilar. Ilg‘or pedagogik tajribalar o‘rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadi­lar. Har bir amaliyotchi talaba amaliyotni o‘tash davrida ma’lum sinfga biriktirib qo‘yiladi, u shu sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limidan uchta yo‘nalish bo'yicha dars beradilar:

    • Texnologiya va dizayn.
    • Servis xizmati.
    • Qishloq xo‘jaligi asoslari.

    1. Amaliyotning birinchi haftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining moddiy bazasi hamda O’quvchilar bilan tanishishga bag'ishlanadi: Bu davrda amaliyotchi talabalar o‘zlari biriktirilgan sinfdagi turli. darslarda qatnashadilar, sinf rahbari o‘tkazadigan barcha. tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi ta­labalar haftaning oxiriga borib, har bir o'quvchi haqida, uning o‘zlashtirishi, intizomi, o‘qishga, jamoat ishiga munosabati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo'lishi zarur.

    2. Talabalar o‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim- tarbiyaviy ishlar, guruh murabbiylari va fan o'qituvchisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat ta’limi xonalarining yo‘nalishlar bo‘yicha jihozlanganligi bilan tanishadilar. Bundan tashqari amaliyotchi fan o'qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi dars rejalarining tuzilishi, ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadlarining qo‘yilishini o‘rganadilar. O’quvchilarning fan yuzasidan bilim darajalarini o‘rganib Davlat ta’lim standarti talablariga to‘g‘ri kelishini tahlil qiladilar. Fan o‘qituvchisining darslarda ko'rgazmali qurollardan foydalanishi va ularning natijalarini o'rganadilar.

    3. O’qituvchi bo‘lib ishlash mobaynida talaba faqatgina meh­nat ta’limi darslariga kiribgina qolmay chizmachilik, rasm kabi turdosh fanlardan darslarga kirib, tahlil qiladilar. Ularning meh­nat la’limiga bog‘liq tomonlarini o'rganadilar. Mehnat ta’limi- ning barcha yo‘nalishlarini, ya’ni texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini o‘rganadilar.

    4. Amaliyot davrida talabalar o‘zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish rejasiga asosan bayram tadbirlarini o‘tkazadilar. Bunda talaba o‘zining ijodiy faoliyatidan kelib chiqqan holda «Balli qizlar», «Navro‘z taomlarini tayyorlash» mavzusida tadbirlar o'tkazishi mumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi, o‘quvchilarni tayyorlaydi.

    5. Maktabda tashkil qilingan to‘garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar. To‘garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini tahlil qiladilar. Navbatdagi to‘garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini o‘tadilar.

    6. Yo‘nalishlar bo‘yicha 8—9-sinflarda «Ishlab chiqarish asoslari», «Kasbga yo‘naltirish» darslarini tahlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik ko‘rib avval sinov darslarini so‘ngra esa namunali darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydilar.

    7. Sinf rahbari bilan birga ota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yig‘ilishlar o‘tkazishni o‘rganadilar. Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan o‘qivchilarning oilaviy sharoitlari bilan tanishib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.

    8. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bo‘lgan hujjatlarni yig‘ish va pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik ko'rish. Hisobot topshirish.

    Pedagogik amaliyot jarayonida tayyorlanadigan hujjatlar.

    Pedagogik amaliyot tugaganidan so‘ng talabalar quyidagi huj- jatlarni tegishli tartibda rasmiylashtirgan holda taqdim etadilar:


    • amaliyotchining shaxsiy ish rejasi;
    • pedagogik amaliyot kundaligi;
    • amaliyotchi talabaning mehnat fani bo‘yicha kamida 40 ta darsning tahlili (yo‘nalishlar bo'yicha);
    • tanlangan yo‘nalish bo‘yicha mehnat ta’limidan kalendar mavzuli reja;
    • tarbiyaviy ish rejasi;
    • tarbiyaviy soatlar tahlili;
    • mehnat fanidan tashkil qilingan to‘garak ishlar rejasi;
    • yosh fiziologiya va gigiyena fanidan mustaqil ish topshiriqla- riga javoblar;
    • tarbiyaviy tadbir ssenariysi.
    Psixologik-pedagogik tavsifnoma:
    a) 1 ta guruh uchun; b) 2 ta o‘quvchi uchun.

    1. Amaliyotchi talaba dars o‘tgan fanidan 6—8 ta dars ishlanmasi.

    2. Sinov dars rejasi va ishlanmasi.

    3. Sinov dars uchun talaba tomonidan tayyorlangan o‘quv- ko‘rgazmali qurol, tarqatma materiallar.

    4. Sinov darsning tahlili va maktab metod birlashmasi (Mak­tab pedagogik kengashi) bayonnomasidan ko‘chirma.

    5. Amaliyotchi talaba uchun pedagogik amaliyot o‘tgan o‘quv muassasasining tavsifnomasi.

    6. Yuqorida qayd etilgan hujjatlar umumlashtirilgan hisobot.

    Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi va o‘qituvchi sifatida bajargan ishi, o‘quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma hamda hujjatlarning o‘z vaqtida topshirilishi va sifatini hisobga olgan holda reyting tizimi asosida qo‘yiladi.
    Pedagogik amaliyotni o‘tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik va metodik fanlardan egallagan bilimlariga tayanadi.
    Quyida talabalar pedagogik amalayot davrida amalga oshirishi kerak bo‘lgan tadbirlar hamda bu jarayonda yuritiladigan hujjatlar mazmuniga to‘xtalamiz: amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik, tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muhokamasi qarorlaridan ko‘chirma, o‘tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari tah­lili bayoni, o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 2 ta o‘quvchiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, amaliyot- chining ish dasturi, amaliyot davrida guruhning o‘quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, kasb-hunar kolleji haqida ma’lumot, kelgusida kasb-hunar kolleji ishini rivojlantirish, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak.
    Amaliyotchi talabaga maslahatlar.
    Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o‘qituvchisini tayyorlashda shunday jarayondirki, bunda har bir talaba o‘qish davrida to‘plagan bilimlarini majmuaviy tarzda foydalanishga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun pedagogik amaliyot davrida o‘qish jarayonidagi barcha kamchiliklar yaqqol ko‘rinib qoladi. Pedagogik amaliyot mehnat ta’limi o'qituvchisini tayyorlashda o‘ziga xos sinov hisoblanadi. Shuni nazarda tutish kerakki, amaliyotchining yoshi u rahbarlik qilayotgan o'quvchilarning yoshidan juda kam farqlanadi. Bunday vaziyatda birinchi kundan boshlab to‘g’ri yo‘l tanlash, o‘quvchilarga nisbatan takallufsizlikka yo‘l qo'ymaslik, takabburona munosabatda bo‘lmaslik juda muhimdir. Tajribalarning ko'rsatishicha, amaliyotchi talaba o‘quvchilar bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘lsa, ya’ni ularga xayrixohligi va kamtarligini namoyon qilsagina u tezda bolalar bilan inoqlashib ketadi.
    Amaliyotchi talabaning tashqi qiyofasi ham muhim rol o‘ynaydi. U o‘quvchiga namuna bo‘lishi zarur. Amaliyotchi ta­laba oddiy, ozoda kiyinishi lozim, bu shartni bajarmagan talaba o‘quvchilardan shu narsani talab qila olrnaydi. Amaliyotchi talaba nafaqat tashqi qiyofasi bilan, balki o‘zining odobi, hulqi, katta va kichiklarga muomalasi bilan namuna bo‘lishi kerak. Bu esa tala­baning amaliyot davrida turli to‘siqlarga duch kelmasdan amaliyotni tugatishiga va davr talabidagi pedagog kadr bo‘lishiga zamin bo‘ladi. Talabalar amaliyot davrida maktab pedagogik jamoaning a’zosi bo‘ladilar, binobarin maktab tartibiga bo‘ysunadilar, mehnat intizomiga amal qiladilar.
    Pedagogik amaliyotning samaradorligi ko‘p jihatdan talaba­ning mustaqilligi va faolligiga, uning ishga ijodiy yondashishiga bog‘liq bo‘ladi. Mana shu amaliyot davrida talabaga bitiruv ma­lakaviy ishi mavzusi bo‘yicha tadqiqot materiallarini to‘plash va umumlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi.
    Pedagogik amaliyotning vazifalari.
    Mehnat ta’limi o‘qituvchilarini tayyorlash Davlat ta’lim stan­dard talablaridan kelib chiqqan holda pedagogik amaliyotning vazifalari quyidagilardan iborat etib belgilangan:

    • talabalarda kasbiy ishonch va barqaror pedagogik qarashlarni shakllantirish;

    • talabalarning pedagogik-psixologik fanlar hamda maxsus fanlar bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash va amalda qo‘llash;

    • bo‘lajak o‘qituvchilarni amaliy ko‘nikma va malakalar bilan, zaruriy holatlarda umumiy psixologik-pedagogik qonuniyatlarni qollash malakalari bilan ta’minlash;

    • talabalarni sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilinishi va o‘tkazilishi bilan tanishtirish;

    • talabalarga maktab o‘quvchilarini fan olimpiadalariga tayyorlash rejalari bilan tanishtirish;

    -- talabalarni maktab, o'quv-tarbiyaviy ishlarning zamonaviy ahvoli, ilg‘or pedagogik tajribalari bilan tanishtirish;

    • o'qituvchilarning muhim kasbiy va shaxsiy xislatlarini rivojlantirish;

    • talabalarni bevosita pedagogik-psixologik faoliyatda qatnashishlariga erishish;

    • talabalarni maktab, o‘quvchilarini pedagogik kasbga yo‘naltirish va tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazishga o‘rgatish;

    • pedagogik faoliyatning sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini joriy va istiqbolli rejalashtirishni o‘rgatish;

    • talabalarda o‘qituvchining ish rejasiga muvofiq maktab o‘quvchilari bilan tarbiyaviy ishlarni olib borish malakasini shakllantirish;

    • ta’lim tarbiyaviy ishlarning asosiy shakllari (dars, suhbat, o‘yin va boshqalar)ni amaliyotga tatbiq qilishni o'rgatish;

    • talabalarga maktab o'quvchilari bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarini kuzatish va tahlil qilishni o‘rgatish;

    • zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llab dars o‘tishni o‘rganish kabilardan iborat.

    Umumta’lim raaktabiarida o‘tkaziladigan pedagogik amaliyot mazmuni va uni tashkil etish.
    Malakaviy pedagogik amaliyot ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etadigan, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini muvaffaqiyatli qo‘llayotgan, bu borada yetarli ish tajribalariga ega bo‘lgan, o‘quv-moddiy ta’minoti bugungi kun talablariga javob beradigan uzluksiz ta’limning umumiy o‘rta ta’lim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida tuziladi.
    Malakaviy pedagogik amaliyot o‘tkaziladigan ta’lim muas­sasalari oliy o‘quv yurti joylashgan hududga iloji boricha yaqin joylashgan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

    1. Talabalar amaliyotning birinchi kunida pedagogik ama­liyotga bagcishlab o‘tkaziladigan konferensiyada qatnashadilar. Konferensiyada talabalarni mutaxassisliklariga qarab guruhlarga bo‘linadi va pedagogik amaliyot o‘taydigan ta’lim muassasasi manzillari bilan tanishadilar. Talabalar pedagogik amaliyotning maqsadi, vazifalari, dasturi va uning mazmuni, biriktirilgan metodist o'qituvchilar bilan tanishadilar.

    2. Talabalar biriktirilgan o‘quv muassasasiga boradilar, manzil bilan yaqindan tanishadilar. Maktab rahbari bilan suhbatlashib, maktabning tarixi va an’analarini, o‘quv moddiy bazasi va uning pedagogik faoliyatni ilmiy tashkil qilish talabiga javob berishini, o‘quvchilar kontengentini o‘rganadilar.

    3. Talabalar pedagogik jamoaning tajribasi, ilmiy pedago­gik ishlari, maktabdagi o‘quv, metodik ishlar bilan tanisha­dilar. Ilg‘or pedagogik tajribalar o‘rganilishi va joriy etilishi bilan tanishadilar. Har bir amaliyotchi talaba amaliyotni o‘tash davrida ma’lum sinfga biriktirib qo‘yiladi, u shu sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limidan uchta yo'nalish bo‘yicha dars beradilar:

    • Texnologiya va dizayn.

    • Servis xizmati.

    • Qishloq xo‘jaligi asoslari.

    1. Amaliyotning birinchi haftasi maktabdagi, mehnat ta’limi xonalarining moddiy bazasi, hamda o‘quvchilar bilan tanishishga bag‘ishlanadi. Bu davrda amaliyotchi talabalar o‘zlari biriktirilgan sinfdagi turli darslarda qatnashadilar, sinf rahbari o‘tkazadigan barcha tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etadilar. Amaliyotchi talabalar haftaning oxiriga borib, har bir o‘quvchi haqida, uning o‘zlashtirishi, intizomi, o‘qishga, jamoat ishiga munosabati to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishi zarur.

    2. Talabalar o‘zlari biriktirilgan ta’lim muassasasidagi ta’lim-tarbiyaviy ishlar, guruh murabbiylari va fan o‘qituvchisining taqvim mavzuli rejalari, mehnat ta’limi xonalari­ning yo'nalishlar bo‘yicha jihozlanganligi bilan tanishadilar. Bundan tashqari amaliyotchi fan o‘qituvchisining kelgusi darslarga tayyorgarligi dars rejalarining tuzilishi, ulardagi darsning tarbiyaviy, ta’limiy, rivojlantiruvchi maqsadlarining qo'yilishini o‘rganadilar. O’quvchilarning fan yuzasidan bilim darajalarini o‘rganib Davlat ta’lim standarti talablariga to‘g‘ri kelishini tahlil qiladilar. Fan o‘qituvchisining darslar­da ko‘rgazmali qurollardan foydalanishi va ularning natijalarini o‘rganadilar.

    3. O’qituvchi bo‘lib ishlash mobaynida talaba faqatgina meh­nat ta’limi darslariga kiribgina qolmay chizmachilik, rasm kabi turdosh fanlardan darslarga kirib, darslarni tahlil qiladilar. Ularning mehnat ta’limiga bog‘liq tomonlarini o‘rganadilar.

    Mehnat ta’limining barcha yo'nalishlarini, ya’ni texnik va maishiy xizmat ko‘rsatish mehnati darslarini kuzatib darslarning tashkil qilinishini o‘rganadilar.

    1. Amaliyot davrida talabalar o‘zlariga biriktirilgan sinflarda tarbiyaviy ish rejasiga asosan bayram tadbirlarini o'tkazadilar. Bunda talaba o‘zining ijodiy faoliyatidan kelib chiqqan holda «Balli qizlar», «Navro‘z taomlarini tayyorlash» mavzusida tad- birlar o‘tkazishi mumkin. Talaba bayram ssenariysini tuzadi, o‘quvchilarni bayramga tayyorlaydi.

    2. Maktabda tashkil qilingan to‘garaklarning ish rejalari bilan tanishadilar. To‘garak a’zolari, ularning faoliyati bilan tanishib darslarini tahlil qiladilar. Navbatdagi to‘garak darslariga tayyorlanib sinov darslarini o‘tadilar.

    3. Yo‘nalishlar bo‘yicha 8—9-sinflarda «Ishlab chiqarish asoslari», «Kasbga yo‘naltirish» darslarini tahlil qiladilar, navbatdagi darslarga tayyorgarlik ko‘rib avval sinov darslarini so‘ngra esa namunali darslarga ko‘rgazmali qurollar tayyorlaydilar.

    4. Sinf rahbari bilan birga ota-onalar bilan ishlashni, ular bilan yig‘ilishlar o‘tkazishni o‘rganadilar. Tarbiyasi og‘ir bo‘lgan o'qivchilarning oilaviy sharoitlari bilan tanishib, ularni to‘g‘ri yo‘lga solish tadbirlarini ishlab chiqadilar.

    5. Pedagogik amaliyot davrida tayyorlashi kerak bo‘lgan hujjatlarni yig‘ish va pedagogik amaliyot yakuniga bag‘ishlangan konferensiyaga tayyorgarlik ko‘rish. Hisobot topshirish.

    Amaliyotning umumiy bahosi talabaning tarbiyachi va o‘qituvchi sifatida bajargan ishi, o‘quvchiga yozilgan pedagogik tavsifnoma hamda hujjatlarning o‘z vaqtida topshirilishi va sifatini hisobga olgan holda, reyting tizimi asosida qo‘yiladi.
    Pedagogik amaliyotni o‘tashda talaba pedagogika, psixologiya, umumtexnik va metodik fanlardan egallangan bilimlariga tayanadi.
    Quyida talabalarning pedagogik amalayot davrida amalga oshirishi kerak bo‘lgan tadbirlar hamda bu jarayonda yuritiladigan hujjatlar mazmuniga to‘xtalamiz.
    Amaliyot tugagach, talaba 3 kun ichida hisobot topshiradi. Unga kundalik, tavsifnoma, dars rejalari, ochiq darslar muhokamasi qarorlaridan ko‘chirma, o‘tkazilgan darslar rejasi va konspekti, qatnashgan darslari tahlili bayoni, o‘tkazilgan tarbiyaviy ishlarning ssenariysi (matni), 2 ta o‘quvchiga psixologik-pedagogik tavsifnoma, amaliyotchining ish dasturi, amaliyot davri­da guruhning o‘quv-tarbiya ishlari oylik va yillik (semestr) ish dasturlari, maktab haqida ma’lumot, dars sifatini oshirishga oid fikrlari ilova qilinishi kerak.
    Mehnat ta’limi darslarini tahlil qilish.
    Pedagogik amaliyot davrining 1—4-haftalarida talabalar mak­tab jamoasining pedagogik faoliyati bilan yaqindan tanishadilar. Ular maktabdagi tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishi, tarbiyaviy soatlarni tahlil qilish bilan birga maktabda o'qitiladigan hamma fanlarni kuzatadilar. Mehnat ta’limi darslari turli maqsadlarda kuzatilishi mumkin. Ko‘p yillik ish tajribasini o‘rganish maq- sadida yosh o‘qituvchiga metodik yordam ko‘rsatish maqsadida, o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va baholash ish uslubini o:rganish va hokazo. Butun dars jarayoni bir necha qismda tahlil etiladi: \
    • tashkiliy;
    • didaktik;
    • metodik;
    • psixologik;
    • pedagogik;
    • yakuniy tahlillardan iborat.
    Tashkiliy tahlilda mehnat xonasining va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligi e’tiborga olinadi. Hatto bu bosqichda o‘qituvchining tashqi ko‘rinishi hisobga olinadi.
    Didaktik mavzuning ilmiyligi, izchilligi, oddiydan murakkabga yo‘nalishning ko‘rsatmaliligi, bilim va axborotlarning hayotiyligi, jonliligi, ravon tilda olib borilishi va hokazo.
    Metodik tahlilda qanday usullarda darsning olib borilishi, qo‘llanilgan dars shakli mavzuga mos keladimi yoki yo‘qmi, tayyorlangan ko‘rgazmalar, namunalar mavzuni ochib berishga xizmat qilishi, darsda tatbiq etilgan yangi pedagogik texnologiyalar qay darajada o‘zining samarasini berganligi haqida ma’lumot beriladi.
    Pedagogik tahlil, bunda o'quvchining tashqi qiyofasi, nutqi, sinf bilan til topa olishi, milliy tarbiya, ekologiya, iqtisodiy tar­biya, axloqiy, g'oyaviy, siyosiy elementlarni, tarbiya turidan qaysi biriga e’tibor berish lozimligi, qanday dars turidan foydalansa, dars samarali bo‘lishi kabi masalalar pedagogik tahlilning asosi- ni tashkil etadi.
    Yakuniy tahlil, bunda dars bo‘yicha mulohaza, yo‘l-yo‘riqlar yoki tavsiyalar beriladi. Yuqoridagi tahlilni bajarish uchun dars- ning hamma bosqichlari to‘g‘ri kuzatilishi va tahlil etilishi kerak.
    Darsni kuzatish natijasida u haqida to‘liq tasavvur vujudga kelishi kerak. Shuning uchun ma’lum tarzdagi umumiy talablarga rioya qilish lozim:

    1. Dars haqida umumiy ma’lumot: sana, joyi, sinf, fan, o‘qituvchining ismi, familiyasi, nechanchi soat (darsning jadvaldagi o‘rni), o'quvchilarning soni, davomati, amaliyotchi talabalarning qatnashishi.

    2. Darsning maqsadlari: a) ta’limiy, b) tarbiyaviy, d) rivojlantiruvchi maqsadlarning qo‘yilishi va uning dars jarayonida yo- ritilishi.

    3. Tashkiliy qismni kuzatishda asosan o‘quvchilarning darsga hozirligi, sinf xonasining, o'quvchilarning darsga tayyorgarligi (ish kiyimi, yengchalari, ro‘mollari), ularning asbob-uskunalar bilan ta’minlanishi va bosqichning qanday o‘tganligi darajasi yetarli saviyada o‘tganligi nazorat qilinadi.

    4. O’tilgan mavzuni takrorlash. O’qituvchining o‘quvchilarga bergan savollari o‘tgan mavzuni qamray oldimi, savollar aniqmi, mavzuni takrorlashda qaysi usullardan foydalandi? O’quvchilarning javoblari mavzuni o‘zlashtirdi deyishga asos bo‘ladimi? O’quvchilarning javoblari tahlil etiladi.

    5. Yangi mavzuni tushuntirishda qanday usullar qo‘llanildi. O’quvchilarni mehnat ta’limi va boshqa fan asoslari bo‘yicha bilimlariga tayanildimi yoki yo‘qmi? Yetarlicha ko‘rsatmalilikdan foydalanildimi, o‘quvchilarni qiziqtira olindimi, ta’limda muammoli vaziyat qo‘llanildimi, yangi bilimni o'zlashtirilishi tekshirildimi? Darsning hayot bilan bog‘langanligi haqida fikr bildiriladi.

    6. Kirish yo‘riqnomasi. Mehnat topshirig‘iga tavsif berish: uni o‘quvchilar bajara oladimi, ularda qiziqish uyg‘otadimi? Top­shiriqni bajarishda o‘quvchilarning mehnat ta’limi va fan asoslariga doir nazariy bilimlaridan foydalanishi nazarda tutildimi? Topshiriqni bajarish bilan bog‘liq ishning mazmuni maktab o‘quv dasturining o‘rganilayotgan mavzusiga muvofiqmi? Buyumga qo‘yiladigan talablar, o‘zini-o‘zi nazorat qilish mezonlari kocrsatildimi? Kirish yo‘riqnomasi qanday o‘tdi: qaysi ish usullari qo‘llanildi, ularni namoyish etishda yetarlicha ko‘rsatmalilik ta’minlandimi? O’quvchilar topshiriqni qanchalik tushungani tekshirildimi va bu tekshirish yetarlimi? Xavfsizlik texnikasi qoidalariga e’tibor qanday? Kirish yo'riqnomasida o‘quvchilar qanday ishtirok etdilar: ular passiv tinglovchi va kuzatuvchi bo‘ldilarmi yoki o‘qituvchi ularni ayrim masalalarni hal qilishga jalb etdimi?

    7. O’quvchilarning mustaqil ishi. O’quvchilar ishini tashkil qilishning qanday shakllari qo‘llandi? O’quvchilar qanday xatolarga yo‘l qo‘ydilar, bular tipik xatolarmi? O’qituvchi o‘quvchilarning xatolariga qanday munosabatda bo‘ldi? Qanday joriy yo£riqnomasi o‘tkazildi? Ular oldindan rejalashtirilganmi? Joriy yo‘riqnomasi o‘z vaqtida o‘tkazildi, deyish mumkinmi? O’quvchilar jismoniy ishdan so‘ng dam olishlari uchun tanaffuslar rejalashtirilganmi, bu tanaffuslardan o‘qituvchi qanday foydalandi? O’quvchilar, mehnat topshirig‘ini bajarish bilan bog‘liq ba’zi masalalarni mus­taqil hal qilishlariga to‘g‘ri keldimi, ular bu ishni bajara oldilarmi? O’qituvchi umuman sinfning va alohida har bir o‘quvchining faoliyati ustidan nazoratni ta’minladimi? O’qituvchi kuchli o‘quvchilar uchun qo‘shimcha topshiriqlarni nazarda tutdimi? O’quvchilarda o‘z-o‘zini nazorat qilish malakalarini shakllanti- rishga yetarlicha e’tibor berildimi?

    8. Yakunlovchi yo‘riqnoma. Bu yo‘riqnomaga qancha vaqt ketdi, u nima haqida bo‘ldi? Mashg‘ulot qanchalik chuqur va to‘liq yakunlandi? Tipik xatolar, yaxshi va ko‘ngildagidek chiqmagan buyumlar ko‘rsatildimi?

    9. Ish o‘rinlarini yig‘ishtirish. Ish o‘rinlarini yig‘ishtirish qan­cha vaqt oldi? O’quvchilar yig‘ishtirish uchun barcha zarur narsalar bilan ta’minlandimi? Ish o‘rinlarini yig‘ishtirishning sifati kirn tomonidan va qanday tekshirildi? Ish o‘rnining ozodaligi uchun musobaqa o‘tkazildimi? Bu musobaqada sinf faollari qan­day rol o‘ynaydi?

    10. Umumiy xulosa. Dars qanday elementlardan tashkil topdi?

    11. Dars tipi. O’qituvchi ko‘zlagan maqsadga erishdimi?

    Mehnat darslarini o‘tish bo‘yicha tavsiyalar.
    Yuqorida aytilganidek, pedagogik amaliyot davrida talaba­lar o‘zlari biriktirilgan sinflarda mehnat ta’limining belgilangan yo‘nalishlari bo‘yicha 6—8 ta dars o‘tishi lozim. Birinchi haftasida amaliyotchi talaba fan o‘qituvchisining ish uslubi bilan, sinf xonasining asbob va jihozlar bilan ta’minlanishi, savol-javobning qanday o‘tkazishi bilan tanishadilar. Amaliyotchi o‘z ishida oliy o‘quv yurtida olgan bilimlariga tayanishi lozim va imkoni boricha maktabdagi fan o‘qituvchilarining tajribalaridan foydalanadilar. Bundan tashqari biriktirilgan mehnat darslarida qatnashish shuning uchun zarurki, dars o‘tkazishning tashkil qilinishi va metodikasidan keskin farq qiluvchi ustaxona bilan bog‘liq muayyan odatlarni egallagan o‘quvchilarga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Nihoyat, mazkur maktabda yuzaga kelgan mavjud sharoitlarni o'rganish maktab dasturining o'rganiladigan mavzusi talablariga to‘la javob beradigan ish obyektini rejalashga yordam beradi.
    Talabalar darslarga tayyorlanishida uning ko'rgazmali vositalar bilan ta’minlanganligi alohida diqqatga sazovordir. Har mak­tabda o‘rganiladigan mehnat operatsiyalarining, texnikaga oid ma’lumotlarning ko‘rgazmaliligini yaxshilashga va o‘quv jara- yonining samaradorligini ko‘tarishga imkon topiladi. Amaliyotchilar bu borada tashabbus ko‘rsat ish lari va o‘rgatadigan o‘quv materialiga doir ayrim ko‘rgazma vositalarini taklif etib, keyinchalik uni o‘zlari yoki o'quvchilar yordamida tayyorlashlari maqsadga muvofiqdir. Bular plakatlar, moslamalar, slaydlar na- munalari bo‘lishi mumkin.
    Amaliyotchilar uchun darsning eng qiyin elementi o'quvchilarning mustaqil ishlarini tashkil qilishdir. Zaruriy tajribasi yo‘qligi tufayli amaliyotchi talaba mustaqil ishlarni baja­rish davomida o'quvchilarda paydo bo‘ladigan qiyinchiliklarni hali oldindan ko‘ra bilmaydi. Shunday paytlarda amaliyot­chi o‘zini yo‘qotib qo‘yadi, o‘zini qanday tutishni bilmay­di, shu tufayli o‘quv jarayonidagi uning rahbarlik roli yo‘qqa chiqadi. Amaliyotchi eng avvalo shuni yodda tutishi kerakki, o‘quvchilar amaliy ish bajarayotganlarida albatta xatolarga yo‘l qo‘yadilar, yo‘riqnomalar yordamida mehnat harakatining ichki ko'rinishini ochib berish mumkin. O’quvchilar mustaqil ishni bajarayotganlarida amaliyotchilar ularning mehnat amallarini to‘g‘ri bajarayotganliklarini tekshirishga asosiy diqqat-e’tiborini qaratishlari lozim. Metodik adabiyotlar bilan tanishish, mak­tabdagi fan o‘qituvchisidan va amaliyot rahbaridan maslahatlar olish ko‘pchilikka xos xatolarni aniqlashga hamda oldindan ularni bartaraf etish choralarini o‘ylab ko‘rishga imkon beradi. Mustaqil ish vaqtida ish o‘rinlarini aylanib chiqib, o‘quvchilarga maslahatlar berish zarur. Ba’zan amaliyotchi aynan bir narsaning o‘zini turli o‘quvchilarga ko‘p marta alohida-alohida namoyish qilayotganini payqamay qoladi. Bunga ko‘p vaqt ketadi va bari-bir hamma o‘quvchilarni qamrab olishning iloji bo'lmaydi. Bu holda eng muhimi xatoning tipikligini o‘z vaqtida aniqlash va frontal yo‘riqnoma o‘tkazishdir.
    Amaliyotchi yangi materialni bayon etishga tayyorlanar ekan, o‘quvchilarda o‘quv materiali bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘quv dasturi doirasidan chiqmaydigan savollar paydo bo‘lishi mumkinligini hisobga olishi kerak. Albatta bu savollarga javob berishi zarur, lekin bunga hamisha ham vaqt bo‘lavermaydi. Bu holda o‘quvchilarga darslardan keyin o‘z oldiga kirishini, to‘garak ishida qatnashishni taklif qilish, zarur adabiyotlarni tavsiya etish mumkin.
    O’tilgan material yuzasidan savol-javoblar va yangi material­ni mustahkamlashga tayyorgarlik ko'rishda amaliyotchi savollarni o‘ylab olishi, o‘quvchilarning javoblaridagi mumkin bo‘lgan chetlashishlarni tahlil qilib chiqishi, ularning xatolarini darhol tuzatishga tayyor turish lozim. Bu ishni xushmuomalalik bi­lan, o‘quvchiga qattiq tegmaydigan qilib amalga oshirish kerak. O’quvchilar ishini tekshirayotganda ularning xarakteridagi o‘ziga xos xususiyatlarni e’tiborga olish va baholarni shu asosda qo‘yish kerak. Ma’lumki 10—15 yoshdagi bolalar juda qattiq emotsional ta’sirlanadilar. Ehtiyotsizlik bilan aytilgan har bir qo‘pol so‘z ularni qattiq g‘azablantirishi, bu g‘azabni jilovlash qiyinlashib, agarda amaliyotchining o‘zi ham yomon kayfiyatda bo‘lsa, u hol­da butun dars buzilishi mumkin.
    Mehnat fanini yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitishda har bir yo‘nalishning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan «Servis xiz- mati» yo‘nalishida o‘quv xonalari tegishli tartibda jihozlangan bo‘lishi, sanitar-gigiyenik me’yorlarga javob berishi kerak bo‘ladi. O’quvchilarga tikuv mashinasidan to‘g‘ri foydalanishni va turli shikastlanishlarning oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va o'quvchilarning shunga amal qilishlarini ta’minlash zarur. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, texnik vositalardan, yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish, o‘quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlarini orttiradi. Amaliy mashg‘ulotlarda joriy, oraliq, yakuniy yo‘riqnomalarni o‘z vaqtida mazmunli va to‘g‘ri o‘tkazish o'quvchilar tikayotgan buyumlarining sifatli boiishiga olib keladi.
    Mehnat darslarida ko‘rgazmali qo‘llanmalardan foydalanish metodining samarali bo‘lishi quyidagi talablarga rioya qilinishiga bog‘liqdir:

    1. Ko‘rgazmali qollanmalarni namoyish qilish vaqtida ular­ning barcha o‘quvchilarga yaxshi ko'rinadigan bo'lishini ta’minlash zarur, estetik jihatdan talab darajasida bo‘lishi kerak.

    2. Ko‘rgazmali qo‘llanmalar o‘quv materiali mazmunining eng muhim belgilarini aks ettirishi lozim.

    3. Bayon qilinayotgan materialning mazmuniga to‘la-to‘kis muvofiq keladigan ko‘rgazmali narsalarni namoyish qilish ke­rak. Ortiqcha kuzatish obyektlari bo‘lmasligi lozim, chunki ular o‘quvchilarning diqqatini chalg‘itishi mumkin.

    4. O’qituvchi ko‘rsatayotgan narsaning o‘quvchilar tomonidan idrok etilishi jarayoniga aniq rahbarlik qilishi lozim.

    Mehnat darslarida o‘quvchilar bilimini tekshirishda amaliyot­chi talabalar quyidagi tavsiyalar asosida ish yuritadilar.
    O’quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish hamda baholash katta ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Bilim va mehnat ko‘nikmalarini tekshirish va baholash mehnat ta’limining barcha bosqichlarida: o‘tilgan materialni takrorlash va yangisini mustahkamlashda mehnat usullarini egallashda va mehnat topshiriqlarini mustaqil bajarishda, grafik ish va uy vazifalarini bajarishda amalga oshiriladi.
    Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish ikki xil shaklda: frontal va yakka tarzda o‘tkaziladi. Mehnat ta’limi darslari­da yakka tekshirish uchun qulay sharoit vujudga keladi, chun­ki o‘quvchilarning biridan so‘rash boshqa o'quvchilarni ishdan chalg‘itmaydi. Frontal so‘rash kamroq qo'llaniladi va undan biror mehnat usulini butun guruh qanchalik to‘g‘ri o‘zlashtirganini tekshirish zarur bo‘lib qolganda foydalaniladi. Odatda tayyor buyumni baholashda frontal tekshirish qo'llaniladi.
    Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish og‘zaki, yozma va amaliy bo‘lishi mumkin.

    1. Og‘zaki tekshirish — o‘quvchilar bilimining saviyasi, puxtaligi va ongliligini aniqlash imkonini beradi.

    2. Bilimlarni yozma tekshirish nisbatan kamroq, odatda o‘quvchilar bilimini sinash kerak bo‘lganda, ya’ni o‘quvchilar berilgan mavzuni o‘zlashtirishida u yoki bu masala bo'yicha qan­day bilimlar bilan kelgani va bu bilimlar mavzuni o‘rgangandan keyin qanchalik to’laligini aniqlash zarur bo‘lganda qo‘llaniladi.

    3. Bilimlarni amalda tekshirish mehnat ta’limida alohida o‘rin tutadi, chunki o‘quvchilarning mehnat darslaridagi faoliyati asosan ijtimoiy foydali buyumlarni tayyorlashdan iborat bo'ladi va shu yo‘l bilan moddiy ifodasini topadi.

    O’quvchilar bilimi, ko‘nikma va malakalarini tekshirish jarayoni quyidagi didaktik masalalarni hal qilishga yo‘naltirilgan.

    1. Bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash.

    2. O’quvchilarni o‘quv faoliyatlarida rag‘batlantirish.

    3. O’quv jarayonini tashkil qilish va o‘tkazishdagi nuqsonlarni aniqlashda yordam berish.

    4. O’quvchilarda o‘z-o‘zini nazorat qilish malakalarini tarkib toptirish.

    5. Bilim, ko‘nikma va malakalarni tekshirish oldindan ish­lab chiqilgan dastur asosida o'tishi hamda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatiga tarkiban qo‘shilib ketishi kerak.

    Baho qo‘yishga oqilona va metodik jihatdan to‘g‘ri yondashish zarur. U o‘quvchining qiziqishini hamda o‘qishga bolgan xohishini rag‘batlantirishi va aksincha noto‘g‘ri qo‘yilgan baho uning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini pasaytirishi mumkin. Baho tarbi­yaviy vositalardan biri bo‘lmog‘i kerak. Shuning uchun ham baho qo‘yishda amaliyotchining nihoyatda obyektiv bo‘lishi talab etiladi. Ko‘pincha amaliyotchi talabalar o‘quvchilarning intizomiga oid birorta kamchiligi (darsga kechikib kelishi, gaplashib o‘tirishi va hokazo) uchun bahoni kamaytirish kabi xatoga yo‘l qo‘yadilar. Bu o‘rinda amaliyotchi talaba tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishning boshqa vositalaridan foydalanishi lozim. O’quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini baholashda quyidagi talablarning bajarilishi talab etiladi.

    1. Nazariy va texnologik bilimlar me’yori va ularni amaliy ish jarayonida qo‘llash.

    2. Asboblar, moslamalar va boshqa jihozlarni bilishi va ularni ishga sozlay bilishi.

    3. Amaliy ish jarayonida texnika xavfsizligi va sanitariya-gigiyena talablarini bajara bilishi.

    4. Ajratilgan vaqt me’yorida buyumni tayyorlay olishi.

    5. Mehnat usullarini qanchalik egallay bilishi.

    6. Dars jarayonini yozma va grafik hujjatlardan foydalana bili­shi va ularning oddiylarini tuza bilishi.

    7. Ish jo‘yini nechog‘liq to‘g‘ri tashkil qila bilishi.

    8. Materiallarni tanlay bilishi, asbob-uskunalarga to‘g‘ri mu­nosabatda bo‘lishi.

    9. Nechog‘liq mustaqil ishlay bilishi va ijodiy izlanishi.

    10. Buyumni sifatli tayyorlashi.

    11. Texnik va texnologik talablarni to‘g‘ri bajara olishi.

    Mustahkamlash uchun savollar:

    1. Pedagogik amaliyotning maqsadi va vazifalari nimalardan iborat?

    2. Pedagogik amaliyotda talabalarning passiv, faol, tanishuv jarayonlarida bajaradigan ishlari nimalardan iborat?

    3. Rejalashtirish hujjatlari deganda nimani tushunasiz va pe­dagogik amaliyot davomida qanday rejalashtiruvchi hujjatlar tayyorlanadi?

    4. Amaliyotchi talabaning shaxsiy ish rejasini tuzishda e’tiborga olinadigan omillar nimalardan iborat?

    5. Amaliyot davomida qanday ko‘rgazmali qurollar tayyorlanadi?

    6. Amaliyotni yakunlashga qo‘yiladigan talablar haqida ma’­lumot bering.

    Mustaqil ta’lim topshiriqlari:
    Talabalarga amaliyot davomida tayyorlangan hujjatlarni tahlil qilish va o'rganish asosida amaliyot davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi qo‘yiladi.

    ============================================================================





    Download 407,28 Kb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




    Download 407,28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    6-soat reja: Darsdan va maktabdan tashqari ishlarning maqsad va vazifalari

    Download 407,28 Kb.