|
7-Labaratoriya ishi Tirsakli vallarni shatun va tayach bo‘yinlarini ta’mirlash texnologiyasini ishlab chiqish
|
Sana | 31.05.2024 | Hajmi | 21,31 Kb. | | #258321 |
Bog'liq 7-Labaratoriya ishi Tirsakli vallarni shatun va tayach bo‘yinlar
7-Labaratoriya ishi
Tirsakli vallarni shatun va tayach bo‘yinlarini ta’mirlash texnologiyasini ishlab chiqish.
Ishdan maqsad.
Tirsakli vallarning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlarga tiklash texnologik jarayonni loyhalash va uni muayan ishlab chiqarish sharoitida amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
Ishning mazmuni.
Ushbu laboratoriya ishi ikki qismdan tashkil topib uning birinchi qismida tirsakli valning tiklash texnologik jarayoni ishlab chiqiladi va ikkinchi qismida esa ushbu jarayon ARZ-14 korxona sharoitida amalga oshiriladi.
Ishning bajarish tartibi.
- Tirsakli vallarning ta’mir o‘lchamlariga tiklash uslubining texnologik xususiyatlari bilan tanishing va uning texnologik jarayoning tarkibini aniqlang.
- Tiklanilayotgan tirsakli vallning o‘zak va shatun bo‘yinlarining ta’mir o‘lcham kategoriyalarini aniqlang (1- laboratoriya ishning natijasi).
- Umumiy va operatsion oro ishlov quyimlarni xisoblang.
- Trisakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini ta’mir o‘lchamlariga tiklash texnologik jarayonni loyihalang. Buning uchun:
- ishchi chizma va nuxson xaritasidan tiklanilayotgan trisakli val uchun texnologik talablarni aniqlang;
- texnologik jihoz, moslama va kesuvchi, xamda o‘lchash instrumentlarni
tanlang;
- texnologik jarayon operatsiyalaridagi o‘tishlar soni, ularning mazmuni va bajarish tartibini aniqlang;
- siliqlash rejimini belgilang.
a) siliqlash toshning aylanma tezligini aniqlang
1000* 60
КР
V
d КРnКР
bu erda: d – toshning diametri, mm
nKR – toshning aylanma chastotasi, min-1
b) dastgox ko‘rsatkichi bo‘yicha toshning aylanma tezligiga aniqlik kiriting va uning qiymatini belgilang – VKR.F m/min
v) detalning aylanish tezligini xisoblang.
1000* 60
dg ng
g
V
bu erda: dg – tirsakli val bo‘yin diametri, mm ng – detalning aylanish chastotasi min-1
g) dastgox ko‘rsatkichi bo‘yicha detlning aylanish tezligiga aniqlik kiriting va uning qiymatini belgilang – Vg m/min
- meyorlangan ko‘ndalang uzatmani - S, mm/ob aniqlang
- bo‘ylama daqiqa uzatmani xisoblang
Sm S * ng
j) bo‘yinlarni siliqlash mashina vaqtini xisoblang
h * a * k
t
M
n * S * t
g
-tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini siliqlash operatsion xaritasiga undagi o‘tishlarining mazmuni, dastgoh, moslama, instrumentlar, ishlov yuza o‘lcham va siliqlash rejimi ko‘rsatkichlari va ularning son qiymatlarini yozib chiqing.
5. ARZ-14 korxonasi sharoitida ishlab chiqilgan texnologik jarayon asosida
tirsakli valning o‘zak va shatun bo‘yinlarini o‘rnatilgan ta’mir o‘lcham kategoriyalari bo‘yicha siliqlang. Buning uchun:
- siliqlash dastgohini tuzilishi, uning ishlatish va boshqarish, hamda ushbu
dastgohda ishlash uchun kerakli bo‘lgan xafsizlik qoidalarni chuqur o‘rganib chiqing
- tirsakli valning tayanch yuzalari bo‘yicha dastgox moslamasiga o‘rnatib uni
qotiring
- dastgohni yoqing va tirsakli valning o‘zak xamda shatun bo‘yinlariga ketma ket belgilangan tartibda ta’mir o‘lchamlar bo‘yicha siliqlash ishlovini bering
- dastgohni o‘chiring va moslamadan tirsakli valni bo‘shatib oling
- tirsakli valning ishlov berilgan o‘zak va shatun bo‘yinlarini o‘lchang (2-lab ishiga qarang), shakl xatoliklarini xisoblang va ushbu o‘lchov, hamda xisob natijalarini chizmada ko‘rsatilgan talablar bilan solishtirib ishlov sifati bo‘yicha xulosa bering.
|
| |