• Tayanch tushuncha va iboralar
  • O’qitish usullari
  • LABORATORIYA BAJARISH DIDAKTIK MATERIALLAR
  • Fanlardan yaratiladigan didaktik vositalarga qo’yiladigan talablar
  • TOPSHIRIQLAR: Umumiy o’rta ta’lim maktablari Informatika kursiga oid (bitta mavzu misolida) o’rgatuvchi didaktik material tayyorlash. Foydalanilgan adabiyotlar
  • 7-laboratoriya mashg’ulot mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid o’rgatuvchi didaktik materiallar tayyorlash




    Download 39,71 Kb.
    Sana18.05.2024
    Hajmi39,71 Kb.
    #243019
    Bog'liq
    7-Tursunova Sanobar


    7-LABORATORIYA MASHG’ULOT
    Mavzu:Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid o’rgatuvchi didaktik materiallar tayyorlash.
    O’quv mashg’ulotining maqsadi: Umumiy o’rta ta’lim maktablarida Informatika kursiga oid o’rgatuvchi didaktik materiallar tayyorlash malakasini hosil qilish
    Tayanch tushuncha va iboralar:Didaktik materiallar, didaktik materiallarga qo’yiladigan talablar, didaktik materiallar turlari

    O’qitish vositalari – ma’ruza matni, tarqatma material, kompyuter
    slaydlari, doska, DTS, tayanch o’quv reja, Milliy o’quv dasturi, darslik.
    O’qitish usullari – tushuntirish, instruksiya berish, namoyish, kichik
    guruhlarda ishlash
    O’qitish shakllari – kollektiv ish, individual ish
    O’qitish sharoiti – kompyuter, multimedia proektor (yoki proektor va LCD panel)




    LABORATORIYA BAJARISH
    DIDAKTIK MATERIALLAR
    Didaktik materiallar – bu fanni o’qitishda foydalaniladigan tarqatma materiallar, modellar va maketlar, ko’rgazmalardir.
    O’qitish jarayonida o’qituvchi tomonidan qo’llaniladi-gan tarqatma materiallarga: kartochkalar, savolnomalar, yo’riqnomalar, qiziqarli savol va topshiriqlar, amaliy ishni tashkil etish bo’yicha texnologik xaritalar va xokazolar kiradi.
    Didaktik vositalarni o’quv jarayonida qo’llanilishi
    Ta’limni to’g’ri tashkil etishning asosiy komponentlaridan biri bu didaktik vositalar hisoblanadi.
    Didaktik vositalar – bu fanni o’qitishda zarur bo’lgan jihozlar, kompyuterli vositalar va texnik vositalar, asbob – uskunalar va mahsulotlardir.
    Didaktik vositalarni turlari:
    - o’rgatuvchi didaktik vositalar – o’quvchilarning bilim darajasi va qiziqishlaridan kelib chiqib yangi bilimlarni o’zlashtirishga yo’naltiradi;
    - test didaktik vositalar – egallangan bilim, malaka va ko’nikmalarni tekshirish yoki baholash maqsadlarida qo’llaniladi;
    - mashq qildirgichlar - avval o’zlashtirilgan o’quv materialini takrorlash va mustahkamlashga xizmat qiladi;
    - o’qituvchi ishtirokidagi virtual o’quv muhitini shakllantiruvchi didaktik vositalar.
    Fanlardan yaratiladigan didaktik vositalarga qo’yiladigan talablar:

    1. Didaktik vositalar – o’quv materialini taqdim etishning tushunarli, obrazli va harakatli komponentlarining o’zaro bog’liqligiga tayangan holda qurilishi.

    2. Didaktik vositalar o’quv materialini yuqori tartibli tuzilma ko’rinishida ta’minlashi. Fanlararo mantiqiy o’zaro bog’liqlikning hisobga olinishi.

    3. Didaktik vositalarda ta’lim oluvchiga o’quv materialini bosqichma-bosqich o’zlashtirganligini turli xildagi nazoratlarni amalga oshirish asosida aniqlash imkoniyatlarining yaratilishi (M: Taqdimot).

    .






    Quyida didaktik vositalarga qo’yiladigan psixologik talablar keltirilgan:


    TOPSHIRIQLAR:
    Umumiy o’rta ta’lim maktablari Informatika kursiga oid (bitta mavzu misolida) o’rgatuvchi didaktik material tayyorlash.
    Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Abdukarimov H., Suvonov O. Umumiy pedagogika: Texnologiya va amaliyot.
    2. Yuldashev U.Yu., Boqiev R.R., Zokirova F.M. Informatika o’qitish metodikasi. Toshkent, “Talqin”, 2005 y.
    3. Isoqov I., Qulmamatov S.I. Informatikani o’qitishda innovatsion texnologiyalar fanidan amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari. Guliston, GulDU, 2013 y.
    4. O`quv-metodik qo’llanma. T., 2012 y., 120 b.6.
    5. Isoqov I., Abdurahimov, D.,Toshtemirov, D.E. Informatika fanidan o’quv-uslubiy maj-mua. Guliston, GulDU, 2013 y., 337 b.

    6. Ishmuhamedov R., Abduqodirov A.A., Pardaev A. Ta`limda innovatsion texnologiya-lar(ta`lim muassasalari pedagog-o’qituvchilari uchun amaliy tavsiyalar). Toshkent 2008 y., 181 b.


    Download 39,71 Kb.




    Download 39,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    7-laboratoriya mashg’ulot mavzu: Informatika va axborot texnologiyalari faniga oid o’rgatuvchi didaktik materiallar tayyorlash

    Download 39,71 Kb.