|
Test turlari va test topshiriqlari shakllari
|
bet | 13/16 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 9,01 Mb. | | #228628 |
Bog'liq 7-ma’ruza Mavzu Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. Kh
Agar testlarni turkumlashda ularning qoʻllash maqsadi va vazifalariga asoslanadigan boʻlsak, psixologik testlardan boshqa barcha testlarni quyidagi uch guruxga ajratish mumkin:
intellektual rivojlanish darajasini aniqlovchi testlar;
pedagogik testlar;
muayyan kasbga yaroqlilikni aniqlovchi testlar.
Fanning mazmunidan kelib chiqqan holda biz faqat pedagogik test haqida toʻxtalamiz.Adabiyotlarda bunday test topshiriqlarining quyidagi shakllari bayon etiladi:
birdan-bir toʻg’ri javobi boʻlganyopiq topshiriqlar;
bir necha toʻg’ri javoblari nazarda tutilgan yopiq topshiriqlar;
bitta soʻz (yoki soʻzlar) tushirib qoldirilgan gapdan tashkiltopgan ochiq topshiriqlar;
toʻg’ri ketma-ketlikni aniqlash uchun topshiriqlar;
oʻzaro bog’liqlikni (muvofiqlikni) aniqlovchi topshiriqlar;
ayrim fanlar boʻyicha bilimlarning chuqurligini aniqlash boʻyicha topshiriqlari;
sonni toʻldirishga moʻljallangan topshiriqlar, bunda sonlar seriyasini topish usulini aniqlash va uni muayyan tartibda belgilash talab qilinadi;
qarama-qarshi munosabatlarni aniqlash testlari;
masalalar echishga qaratilgan (matematik, fizik va b.) topshiriqlar;
chizmalar va sxemalarni tushunishga qaratilgan topshiriqlar;
shakllar nisbatini aniqlashga qaratilgan topshiriqlar;
olingan axborotni oʻzlashtirish darajasini aniqlash topshiriqlari;
sinonimlar va antonimlarni farqlashga oid topshiriqlar;
analogiya (aynan oʻxshashlik)ga oid topshiriqlar;
oʻqilgan matnni tushunishga oid topshiriqlar;
koʻrsatmalarni bajarishga oid topshiriqlar;
bilimdonlikni aniqlashga doir topshiriqlar;
tafakkurni aniqlovchi testlar;
orfografik testlar;
til masalalariga doir topshiriqlar va boshqalar.
Mutaxassislik (umumtexnik) fanlardan test topshiriqlari tuzishda yopiq (bir yoki bir necha toʻg’ri javobli), ochiq, muvofiqlikni va toʻg’ri ketma-ketlikni aniqlashga oid test topshiriqlaridan foydalanish tavsiya etiladi. Bunda bir oʻquv maqsadiga erishganlikni turli test topshiriqlari yordamida aniqlash (invariant) testlar tuzish ham maqsadga muvofiqdir.
|
| |