7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish




Download 9,01 Mb.
bet4/16
Sana13.05.2024
Hajmi9,01 Mb.
#228628
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
7-ma’ruza Mavzu Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. Kh

Tezkor teskari aloqa va baholash. Har bir oʻquvchi topshiriqlarni bajarib boʻlgach, olgan bilimlari qanday baholanganligini deyarli biladi. Shu bilan birga, har bir onlayn ta’lim oluvchiga imtihonni qayta topshirish yoki testni qayta yechish imkoniyati beriladi.
MOOCning kamchiliklar
MOOC platformalarida bilim olish faqat oʻquvchi tashabbusi bilan amalga oshiriladi va bunda yuqori darajadagi motivatsiya va oʻz-oʻzini boshqarish ustuvorlik qilishi lozim. Shu sababdan, ta’limning bu turida quyidagi kamchiliklar kuzatilishi mumkin:

  • oʻquv materiallarini mustaqil va yakka holda oʻrganish. Masofaviy ta’lim kursining vazifasi — oʻquvchi mustaqil ta’lim olishi uchun unga barcha zarur ma’lumotlarni taqdim etish. Kunduzgi oʻqish sharoitida oʻquvchi ma’ruzadan keyin yoki ma’ruza vaqtida oʻqituvchiga bevosita murojaat qilishi mumkin, MOOC doirasida esa bunday imkoniyat mavjud emas. Yakka oʻqituvchi minglab oʻquvchilarning savollariga birdan javob bera olmaydi, shu sababli berilgan savolga oʻz vaqtida javob olishning imkoni boʻlmaydi;

  • topshiriqni bajarish jarayonini toʻliq nazorat qilib boʻlmaydi. Topshiriqlarni bajarish va yakuniy imtihonga oʻquvchi shaxsan javobgar hisoblanadi. Tizimni aldash mumkin, ammo bundan kim ziyon koʻradi?

MOOCning asosiy imkoniyatlari:
— oʻquv materiallarini ta’lim oluvchiga optimal variantda taqdim etish;
— kursdan oʻtish usullari, vaqt tanlashning moslashuvchanligi;
— oʻqituvchining ishtirokisiz mustaqil ravishda kursdan kursga oʻtish;
— kurs oʻqituvchisi va kurs yaratuvchisi rollarining har xilligi;
— ta’lim jamoasini shakllantirish (kurs doirasida).
— ta’lim oluvchi reytingini shakllantirishga yoʻnaltirilgan oʻyinningturli elementlari (nishonlar, mukofot va boshqalar)dan foydalanish;
— baholashning turli usullari va teskari aloqa tizimidan foydalanish;
— rasmiy va maxsus ta’lim muassasalari doirasida kredit va reyting birliklari tizimini shakllantirish.

Download 9,01 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Download 9,01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



7-ma’ruza Mavzu: Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. KhanAcademiya, Intuit va Coursera tizimlarida kontentlar yaratish. Onlayn nazorat dasturlari, MyTest, Ispring dasturlari va undan foydalanish

Download 9,01 Mb.