• Onlayn ta’limning aralash shakli
  • Erkin dars jadvali
  • Interfaollik.
  • Materiallarni tizimli taqdim etish




    Download 9,01 Mb.
    bet3/16
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,01 Mb.
    #228628
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    7-ma’ruza Mavzu Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. Kh

    Materiallarni tizimli taqdim etish. Zamonaviy texnika vositalari yordamida materiallar optimallashtiriladi hamda oson va qulay shaklda taqdim etiladi. Qisqa videolar uzun ma’ruzalarga nisbatan oʻquvchilar tomonidan yaxshi oʻzlashtirilganligi sababli, barcha mavzular kichik videolardan tashkil topgan. Matnli ma’ruzalar esa oʻzlashtirish oson boʻlgan qisqa boʻlaklarga boʻlinadi. Eng muhimi, metodik adabiyotlar sotib olish uchun mablag‘ sarflanmaydi.
    Onlayn ta’limning aralash shakli. Masofadan oʻqitish jarayoni xilma-xil materiallardan foydalanishni ham oʻz ichiga oladi. MOOC masofaviy oʻqitish kurslari faqatgina videolar bilan cheklanib qolmaydi, balki ulardan turli manbalarga yoʻnaltiruvchi qoʻshimcha murojaatlar: matnli hujjatlar, audiofayllar, ijtimoiy tarmoqlar va forumlardagi muhokamalar ham joy olgan. Bunday tizim materialni oʻzlashtirish darajasini oshiribgina qolmay, balki oʻquvchilarning ma’lumot oqimini boshqarish va zarur bilimlarni mustaqil ravishda olish qobiliyatini ham rivojlantiradi.
    Erkin dars jadvali. Har bir kurs vaqt bilan cheklangan boʻlib, oʻquvchi oʻziga qulay dars jadvalini tuzib olishi mumkin. Videodarslarni keyinroq koʻrish yoki tushunish qiyin boʻlgan darslarni qayta koʻrib chiqish mumkin. Uy vazifasi ham ixtiyoriy vaqt oralig‘ida va ixtiyoriy sur’atda bajarilishi mumkin.
    Interfaollik. Juda koʻp onlayn kurslarda oʻquvchilar bilan teskari aloqa oʻrnatishning imkoni boʻlmaydi. Ulardan farqli ravishda, MOOC platformalari kurs oʻqituvchisi hamda boshqa oʻquvchilar bilan aloqa qilish uchun koʻplab aloqa kanallarini taqdim etadi.
    Foydali aloqalar. Oʻquvchilar oʻz kurslarida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish imkoniyatiga ham ega. Ular bilimlarini oʻrtoqlashibgina qolmay, bir-birlarini tekshiruvchi sifatida ham ishtirok etishlari mumkin. Odatda, masofaviy ta’lim kursining har bir oʻquvchisi bir necha kursdoshlari ishlarini tekshirishi lozim. Oʻz navbatida, uning ishi ham bir necha kursdoshi tomonidan sinovdan oʻtkaziladi. Shu tariqa, kursga qiziquvchilar va belgilangan yoʻnalish boʻyicha oʻz malakasini oshirishni xohlovchilar orasidan guruh shakllantiriladi. Har bir ishtirokchi tanlagan kursi boʻyicha oʻz bilimlarini kengaytirish, foydali va qiziqarli aloqalar oʻrnatish kabi imkoniyatlarga ega boʻladi.

    Download 9,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 9,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materiallarni tizimli taqdim etish

    Download 9,01 Mb.