• MOOC platformalarida ta’lim olish usullarining quyidagi turlari mavjud
  • MOOC platformalarining turlari va vazifalari




    Download 9,01 Mb.
    bet5/16
    Sana13.05.2024
    Hajmi9,01 Mb.
    #228628
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    7-ma’ruza Mavzu Ochiq onlain kurslar va ulardan foydalanish. Kh

    MOOC platformalarining turlari va vazifalari
    Inson borki, bir umr bilim olishga, olgan bilimlarini rivojlantirishga va ular tufayli egallagan hayotiy tajribalarini boyitishga harakat qiladi. Bu borada MOOC zamonaviy pedagogik tushuncha va texnologiyalar asosida yaratilgan, ommaga moʻljallangan, bepul (qoʻshimcha ravishda pullik funksiya va imkoniyatlari ham mavjud) tizim boʻlib, internet orqali faoliyat yuritadi. Shu bilan bir qatorda, u oʻzida norasmiy ta’limning yangi shakl va usullarini mujassam etgan holda aralash ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalarini ham taqdim etadi. MOOC kurslari tarkiban boshqa ta’lim tizimlaridan farqli ravishda, asosan, videoma’ruzalar, matn, forum hamda bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlardan tashkil topgan.
    Zamonaviy texnika taraqqiyotining natijasi oʻlaroq, oʻquvchilar qoʻlida mobil telefon, planshet, noutbuklarning mavjudligi ularga masofadan turib ta’lim olish imkoniyatini beradi. MOOC kurslari orqali oʻquvchi yil davomida yoki qisqa sessiyalarda ta’lim olishi mumkin. Hozirgi paytda dunyoga mashhur Garvard va Massachusets singari nufuzli ta’lim muassasalari MOOC platformalari orqali turli yoʻnalish va darajadagi onlayn kurslarni taqdim etmoqda. MOOC kurslari bir vaqtning oʻzida minglab oʻquvchilarni roʻyxatdan oʻtkazish bilan birga, yil davomida qat’iy belgilangan yoki xohlagan vaqtda kursga a’zo boʻlib, undan ta’lim olish imkonini beradi.
    MOOC platformalarida ta’lim olish usullarining quyidagi turlari mavjud:
    • kurslarda oʻqish va sertifikat olish – bepul;
    • kurslarda oʻqish – bepul, sertifikat olish – pullik;
    • kurslarda oʻqish va sertifikat olish – pullik.
    Bugungi kunda MOOCning keng tarqalgan ikkita turi mavjud:
    cMOOCs (ingl. «connectivity MOOC» – bog‘langan MOOC). Asosiy tamoyillari — ommaviylik, ochiq roʻyxatdan oʻtish, ma’lumotlardan kursni tugatguncha foydalanish, ta’lim oluvchilarning teng huquqliligi, ya’ni talaba va oʻqituvchi — bitta jamoa. Bunday kurslarda ta’lim oluvchilarning oʻzaro munosabati alohida ahamiyat kasb etadi. Ta’lim bir-biri bilan bog‘langan onlayn guruhlarda olib boriladi va ta’lim oluvchilar blog, ijtimoiy tarmoq va hokazolar orqali bir-birlari bilan faol muloqotda boʻlishadi. Ta’limning bunday turi turli soha mutaxassislarini oʻxshash qiziqishlari negizida birlashtiradi, ta’lim oluvchilar orasidan yagona g‘oya ustida izlanishlar olib borayotgan shaxslarni hamkorlikka chaqiradi. Kamchiligi — ta’lim oluvchilar kurs oʻqituvchisi tomonidan baholanmaydi.

    Download 9,01 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 9,01 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MOOC platformalarining turlari va vazifalari

    Download 9,01 Mb.