• Nazorat savollari
  • Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash (suyuqlantirib qoplash)




    Download 335.26 Kb.
    bet6/6
    Sana17.12.2022
    Hajmi335.26 Kb.
    #35549
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    20 muhammad ali
    Jahongirov ETA 5
    Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash (suyuqlantirib qoplash). Flyus qatlami ostida avtomatik va yarimavtomatik payvandlash (suyuqlantirib qoplash) ilg‘or usullardan biri bo‘lib, ta’mirlash korxonalari amaliyotida mashinalarning eyilgan detallarini ta’mirlashda keng tarqalgan. Bu usulning qo‘lda elektr yoyi vositasida payvandlashdan farqi shundan iboratki, bunda elektr yoyi flyus bilan cheklangan bo‘shliqda yonadi (8.18-rasm). Manba 1dan ta’minlanuvchi elektr yoyi 6 ning yonish sohasiga o‘lchamlari 1-4 mm bo‘lgan donador flyus 3 nay 2 vositasida avtomatik ravishda to‘kiladi hamda uzatkich 4 orqali elektrod simi uzatiladi. Yuqori temperatura ta’sirida flyusning bir qismi erib, yoy atrofida undan elektrik gumbaz 5 hosil bo‘ladi, u esa detal 9 ustidagi erigan metall 8 ni havodagi azot va boshqa elementlarning ta’siridan himoya qiladi. Buning natijasida erigan metall yuqori plastiklikka ega bo‘ladi, chunki unda kislorod miqdori qo‘lda payvandlagandagiga nisbatan taxminan 20 marotaba, azot miqdori esa 3 marotaba kam bo‘ladi. Bundan tashqari, erigan flyus 7 qatlami metallning sachrashini va uning kuyishini kamaytiradi, suyuqlantirib quyilgan metall 8 yaxshi qoplama hosil qiladi, yoy issiqligidan va elektrod simidan foydalanishni yaxshilaydi. Sovishda hosil bo‘lgan shlak qatlami 7 erigan metallni sekin sovitadi va undagi struktura o‘zgarishlarini yaxshilaydi.
    Flyus qatlami ostida payvandlashda (subqlantirib qoplashda) metallning sachrashi va kuyishi natijasida isrof bo‘lishi 2-4% dan oshmaydi, qo‘lda payvandlanganda esa bu ko‘rsatkich 25...30% ga etadi. Elektrod simining chiqishi (mundshtuk 4 dan detal 9 gacha bo‘lgan masofa) ni 15..20 mm gacha kamaytirish hisobiga ish unumini 8-10 marotaba oshirish mumkin. Suyuqlantirib qoplash to‘g‘ri qutbli kuchlanish 25...40V bo‘lgan o‘zgarmas tokda olib boriladi. Odatda, suyuqlantirib qoplash stanogi sifatida tokarlik stanogidan foydalaniladi, unda reduktor yordamida shpindelning 0,2...5 min-1 aylanish chastotasini hosil qilish mumkin.

    Flyus qatlami ostida payvandlash (suyuqlantirib qoplash) ning kamchiligi elektr yoyini ko‘rib bo‘lmaslik hisoblanadi. Bu esa payvandlashda murakkab shaklga ega bo‘lgan choklarni olishni qiyinlashtiradi. Flyusning ko‘p sarf bo‘lishi va narxining yuqoriligi ham uning kamchiligi hisoblanadi.
    F l yu s v a e l e k t r o d l a r. Flyuslar donador moddalar aralashmasi bo‘lib, eriganda ta’mirlanadigan detalning sirtini qoplovchi shlak hosil qiladi. SHunday qilib, flyuslar quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
    - erigan metallni havodagi kislorob va azotning salbiy ta’siridan himoya qilish;
    - elektr yoyining turg‘un yonishini ta’minlash;
    - suyuq metallning qotish jarayonini sekinlashtirish va payvandlash davrida hosil bo‘ladigan gazlarning chok metalidan ajralib chiqishi uchun qulay sharoit tug‘dirish;
    - issiqlikning atrof –muhitiga tarqalishini, elektrod metali kuyishi va sachrash natijasida sarf bo‘lishini kamaytirish;

    • chok sirtida hosil bo‘ladigan shlaklarning oson ajralishi.





    7.19-rasmda flyuslarning tasnifi keltirilgan. Rasmdan ko‘rinib turibdiki, vazifasi, kimyoviy tarkibi va tayyorlash usuliga bog‘liq holda payvandlashda turli flyuslar ishlatiladi. Vazifasiga ko‘ra flyuslar uglerodli, kam legirlangan va yuqori darajada legirlangan po‘latlarni, rangli metall va qotishmalarni payvandlash uchun ishlatiladigan xillarga bo‘linadi. Ayrim flyuslar universal bo‘ladi, ular yuqori darajada legirlangan po‘latlarni payvandlashda ham ishlatilishi mumkin. Kimyoyaviy tarkibi bo‘yicha flyuslar marganetssiz, kremniy va margenits miqdori ko‘p bo‘lgan hamda kislorodsiz ftoridli xillarga bo‘linadi.


    Eritilgan flyuslar murakkab silikatlardan iborat bo‘lib, xususiyatlari bo‘yicha shishaga yaqin bo‘ladi. Ularning suyuqlanish temperaturasi 12000S atrofida. Ta’mirlash korxonalarida ko‘proq tarkibida 35...43% marganets oksidi bo‘lgan suyuq AN-348N, OSS-45 va AN-15 flyuslar ishlatiladi. Bu flyuslar elektr yoyining barqaror yonishiga va zararli aralashmalar ajralib chiqishining kamayishiga yordam beradi. Keramik (suyultirilmagan) flyuslar maydalangan komponentlar aralashmasining suyuq shisha bilan birikmasi bo‘lib, ko‘p xossalari bo‘yicha qalin qoplamali elektrodlarga o‘xshab ketadi. Keramik flyuslarning afzalliklariga chok metalini legirlash va yeyilishga chidamli qoplama hosil qilish kiradi. Bunday flyuslarning asosiy vazifasi yuqori darajada legirlangan po‘latlarni payvandlash va xususiy xossalarga ega bo‘lgan qattiq qotishmalarni suyuqlantirib qoplashdan iborat. Keramik flyus donachalarining o‘lchami 1-3mm atrofida bo‘ladi.
    Suyuqlantirib qoplashda ANK-3, ANK-18, ANK-19 va JSN-1 markali keramik flyuslar keng qo‘llaniladi. Elektrod metall simdan iborat bo‘lib, uning sirti maxsus qoplama bilan qoplanadi. Elektrod qoplamasi elektr yoyining yonishini barqarorlashtirish, erigan metallni havodagi kislorod va azotdan himoya qilish va chok metalini legirlash uchun xizmat qiladi. SHu bois elektrod qoplamalari tarkibiga barqarorlashtiruvchi, shlak hosil qiluvchi, gaz hosil qiluvchi, qaytaruvchi, legirlovchi va biriktiruvchi komponentlar qo‘shiladi. Ta’mirlash korxonalari amaliyotida Np -50G, Np -30x5, Np-45x4133F markali elektrodlar keng tarqalgan.
    YOrilgan detallarni ta’mirlashda diametri 2,5...5,5mm bo‘lgan kukun holdagi metalldan yasalgan simlar ko‘proq ishlatilmoqda. Ularda to‘ldiruvchi sifatida metall kukunlari aralashmasi, ferro qotishmalar, shlak hamda gaz hosil qiluvchilar va boshqa elementlar qo‘llanilmoqda. SHunday qilib, PP-AN1, PP-1DSK markali simlar yordamida qo‘shimcha himoya vositasisiz ham yaxshi sifatli choklarni hosil qilish mumkin. PP-3X13≈ 0, PP=3x4VZF=0 markali simlar esa yeyilishga chidamli, qo‘shimcha termik ishlov berilmagandagi qattiqligi HRC 56 bo‘lgan qatlam hosil qilish imkonini beradi.
    O‘rmalovchi zanjirli traktorlarning tayanch g‘altaklari, yo‘naltiruvchi g‘ildiraklari va shu kabi ko‘proq eyilgan detallarni ikki hamda undan ortiq elektrodli suyuqlantirib qoplash yordamida hamda po‘lat yoki metall kukunidan yasalgan lentasimon elektrodlarda suyuqlantirib qoplash yordamida ta’mirlash mumkin.
    Elektrodlarning o‘lchami va ularga qo‘yilgan umumiy texnik talablar Davlat standartlari bilan belgilab qo‘yilgan. Odatda, flyus qatlami ostida payvandlash uchun diametri 2-5 mm bo‘lgan simlar qo‘llaniladi. Kichik toklarda chuqurroq eritish uchun, payvandlash toki oshishi bilan elektrod simining uzatilish tezligini oshirish kerak.
    Payvandlash tokining va elektr yoyi kuchlanishining miqdori. Payvandlash toki oritishi bilan elektr yoyi gazlarining bosimi ortadi, erigan metall jadval ravishda elektr yoyi ostida siqib chiqarila boshlaydi, bu esa suyuq metall qatlamining kichiklashuviga va eritish chuqurligini oshirishga olib keladi. Mazkur jarayon barqaror kechishi uchun, payvandlash toki oshishi bilan elektrod simining uzatilish tezligini oshirish kerak.
    Nazorat savollari

    1. Mashina detallarini ta’mirlashning qanday usullarini bilasiz?

    2. Payvandlash bilan detallarni ta’mirlash orasida qanday bog‘liqlik bor?

    3. Mashina detallarini gaz alangasida payvandlash yo‘li bilan ta’mirlashning mohiyatini tushuntiring.

    4. Detallar qanday holatlarda metallash yo‘li bilan ta’mirlanadi?

    5. Detallar qanday belgilariga ko‘ra yaroqli va yaroqsizga ajratiladi?

    6. Darz ketgan va yorilgan detallar qanday ta’mirlanadi?

    Ta’mirlash jarayonida polimer materiallardan foydalanish mumkinmi?
    Download 335.26 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 335.26 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Flyus qatlami ostida avtomatik va yarim avtomatik payvandlash (suyuqlantirib qoplash)

    Download 335.26 Kb.